|
Microsoft Word Ж. Зеваржон bmi
|
bet | 4/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalaridaBitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asosi BMIning mavzusini yoritishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning xalqaro miqyosda yuqori baholanayotgan va ijobiy natijalarini mamlakatning taraqqiyoti tajribasi tasdiqlanayotgan tanlangan asarlari to’plamiga kiritilgan kitoblaridan, ko’plab maqola va chiqishlarida bozor iqtisodiyotiga o’tish borasidagi vazifalari haqidagi asarlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining me’yoriy hujjatlaridan, ommaviy axborot vositalari materiallaridan keng foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1-BOB Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahsulot tannarxini shakllantirishda to’g’ri va egri harajatlarning xususiyatlari.
Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini shakllantirishning
nazariy asoslari
Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012-yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O’zbekistonni 2009-yilda ijtimoiy-iqtisodiy tivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishi bo’lib qoladi.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqyisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tamonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.4
Oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirish bo’yicha qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko’lamda rag’batlantirish tizimi nazarda tutilgan va imtiyozlar berilgan.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan.5
Ushbu dastur asosida ”Urganch yog’-moy” OAJ da mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan. Ushbu dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:
energiya resurslarini iqtisod qilish,
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari — T.: O’zbekiston, 2009. 30-31- betlar.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari —
T.: O’zbekiston, 2009. 35-37- betlar.
texnik jarayonlarni optimallashtirish,
modernizatsiya qilish va texnik tadbirlar o’tkazish xisobiga xom-ashyo materiallar sarfini belgilangan me’yorlardan kamaytish,
texnologik jarayonlarni optimallashtirish xisobiga texnologik yo’qotishlarni kamaytirish,
ishlab chiqarishga egri xarajatlarni pasaytirish,
davr xarajatlarini qisqartirish,
boshqa xarajatlarni tejash xisobiga.6
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kimga va qancha to’lash korxona rahbarlarini o’yga toldiruvchi eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Sotsialistik tuzum rahbarlar oldiga bunday muammolarni qo’ymagan, odatda barcha kishilar vazirliklar tomonidan belgilanadigan va davlat byudjetidan to’lanadigan, egallagan lavozimiga mos o’zgarmas, bir xil maosh olar edi. Hozirgi paytda hayotimizga kirib kelayotgan kapitalistik munosabatlar xodimlar mexnatining samaradorligini baholash va ularga haq to’lash masalasini birinchi o’ringa olib chiqmoqda. Mehnati uchun juda arzimas haq oladigan xodim yaxshiroq ish topgan zahotiyoq ishdan bo’shab va hattoki raqobatchi tomon xizmatiga o’tib, o’zining sobiq ish beruvchilarini ancha tashvishga solib qo’yishi mumkin.
Oqibatda korxonani faoliyatining samaradorligi ma’lum bir vaqtda kamayadi. Chunki yangi xodim topguncha uning vazifalari sobiq xamkasblar zimmasiga yuklanadi yoki ularni xech kim bajarmaydi .
Xodimlarga haddan tashqari ko’p haq to’laganda, korxona rivojlanishi uchun sarflanadigan foyda kam qoladi (yoki umuman qolmaydi ) .
Ko’rinib turibdiki, tushumning ma’lum bir miqdorida uch element bir-biri bilan uzviy bog’liq. Demak, ish haqi miqdori oshirilganda, yo xarajatlarni kamaytirish zarur, yo foyda o’z-o’zidan kamayadi. Xarajatlarni kamaytirishning turli usullari mavjud, biroq ulardan birini asosli ravishda tanlash uchun xisobga
6 “Uganch yog’-moy”OAJda ishlab chiqariladigan maxsulotlar tannarxini kamaytarish borasida 2013-yilda belgilangan chora-tadbirlar dasturi.
olish ma’lumotlariga tayanish zarur. Bu jixatdan korxonada mavjud ma’lumotlar, odatda buxgalterlik ma’lumotlari bilan chegaralanadi .
Tabiiyki, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun bunday ma’lumotlar etarli emas. Amerikalik D.Xarris 1936 yillardayoq bunday vaziyatdan chiqish yo’lini topgan edi.
U to’g’ri xarajatlar xisobini yuritishni anglatuvchi “direkt - kosting” (yoki direkt-kost) (direkt-costing) tushunchasini muomalaga kiritdi. ( Direkt - kosting -tarjima qilganda unga boshqarish xisobi ma’nosi berilib , quyidagi funktsiyalar belgilangan: xarajatlarni to’g’ri va qo’shimcha xarajatlarga ajratish, umuman korxonaning, tuzilmaviy bo’linmalarning, xar bir xodimning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek korxona xodimlarining faoliyatini korxona uchun zarur yo’nalishda rag’batlantiruvchi mehnatga haq to’lash tizimini yaratish).
O’zgaruvchan xarajatlarni xisobga olishni u “veriebl kosting” (virebl - costing) deb nomlagan.
Xar qanday boshqaruv qarori faqat ob’ektiv ma’lumotlarga asolangan xolda qabul qilinishi mumkin .
Raxbar har doim uning korxonasi qanchalik samarali faoliyat yuritayotganligi, olinayotgan tushum yoki ishlab chiqarish xarajatlarining dinamikasi, ishlab chiqarilayotgan maxsulot (sotilayotgan tovarlar, taklif etilayotgan xizmatlar) miqdoriga mavsumiy omillarning ta’siri to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi lozim . Korxona xo’jalik faoliyatini doimiy ravishda taxlil qilib borish, o’zgaruvchan bozor sharoitlariga tezda qayta moslashish imkonini beradi. Bundan tashqari, boshqaruv xisobi kompaniyaning ichki nazorat tizimini, uning alohida tuzilmaviy bo’linmalari va ularning xodimlari ustidan nazoratni keskin kuchaytiradi. Yanada samaraliroq rejalashtirish, shuningdek, rejalar ijrosini nazorat qilish imkoniyati paydo bo’ladi .
Yaxshi shakllantirilgan tashkiliy tuzilma xodimlar bilan samarali
ishlash uchun ham asos hisoblanadi. Korxonada har bir mutaxassisni o’rni va funktsiyalari aniq belgilangan holdagina xodimlarni tanlash xarajatlari o’zini oqlaydi.
Shundan so’ng boshqaruv xisobini yuritish tizimi o’z samarasini bera boshlaydi. Korxona, uning tuzilmaviy bo’linmalari va har bir xodimning ish samaradorligini esa faqat uning yordamidagina xolisona baholash mumkin .
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda muhim kategoriya xisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning barcha sohasida asosiy maksad-foyda olish va uni ko’tarishdir. Rivojlangan mamlakatlarda ma’lum miqdorda foyda olmasdan faoliyat yurituvchi korxonalar ham mavjud. Shunday bo’lsa ham foyda bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy ro’l o’ynaydi. Foyda kategoriyasi iqtisodiy nazariyaning ob’ekti sifatida bir necha yuz yillardan beri hamda uning mohiyati va shakllari to’g’risida hozirgacha talkin etib kelinadi.
Iqtisodiy nazariyaga oid ko’pgina adabiyotlarda foyda kategoriyasi daromad, kapital, foiz, ularning stavkalari bilan bog’lik holda bayon etiladi. Foydaning yalpi sarflar chegirilgan umumiy tushumini aks ettiradi. Chegiriladigan sarflar tarkibiga ish haqi, ijara to’lovi, material uchun xarajatlar, yoqilg’i, yig’ma buyumlar, amortizatsiya, ssuda bo’yicha foizlar, soliqlar, zaxiralar va haqozalar kiradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda foyda ishlab chiqarish omillaridan foydalanishdan kelgan daromad deb ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish omillari asosan mehnat, er va kapital hisoblanadi.
|
| |