• “Urganch yog’-moy” OAJda maxsulot tannarxi va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini takomillashtirish
  • “Urganch yog’-moy” OAJning moliyaviy natijalar 2012-2013 yillar dinamikasi tahlili.16




    Download 1,51 Mb.
    bet14/21
    Sana27.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266004
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bog'liq
    jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida

    “Urganch yog’-moy” OAJning moliyaviy natijalar 2012-2013 yillar dinamikasi tahlili.16


    2.1.3- jadval ( Ming so’m)





    Ko'rsatkichlar nomi



    yillar

    o'zgarishi


    (+;-)

    O’sish sur'ati



    2012


    2013


    1

    Sotishdan tushgan pul

    60561585

    71578107

    +11016522

    118,2

    2

    Sotilgan maxsulot tannarxi

    38993617

    46853733

    +7860116

    120,2

    3


    Sotishdan olingan foyda
    (1-2)

    21567968


    24724374


    +3156406


    114,6


    4

    Davr xarajatlari

    15045836

    18435228

    +3389392

    122,5

    5


    Asosiy faoliyatdan
    boshqa daromad

    539978


    379296


    -160682


    70,2


    6


    Asosiy faoliyat foydasi
    (3-4+5)

    7062110


    6668442


    -393668


    94,4


    7


    Moliyaviy faoliyat boshqa
    daromadi

    354780


    295693


    -59087


    83,3


    8


    Moliyaviy faoliyat bo'yicha
    xarajatlar

    1133226


    1344579


    +211353


    118,7


    9


    Daromad solig'i to’lagunga
    qadar foyda(6+7-8)

    6283664


    5619556


    -664108


    89,4


    10

    Foyda solig'i

    950836

    860939

    -89897

    90,5

    11

    Foydadan boshqa soliqlar

    425156

    377011

    -48145

    88,7

    12

    Sof foyda(9-10-11)

    4907672

    4381606

    -526066

    89,3




    16 “Urganch yog’-moy”OAJ moliyaviy hisob hisoboti asosida muallif ishlanmasi.
    2.1.3 - jadvalda sotishdan tushgan pul 2013 yilda 2012 yilga nisbatan o’sish sur’ati 118,2 % ni tashkil etgan, bu esa ijobiy holat deb baholanib, sotish hajmi oshganini, mahsulot ishlab chiqarish ko’payganini, mahsulot tannarxini kamaytirishga erishilganini izohlaydi. Sotilgan mahsulot tannarxi 2013 yil 2012 yilga nisbatan esa 120,2 % ni tashkil etib, bu mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganini ko’rsatadi. Sotishdan olingan foyda 114,6 % ni tashkil etgan. Davr xarajatlari 122,5
    % ni, asosiy faoliyatdan boshqa daromad 70,2 % ni, asosiy faoliyat foydasi 94,4 % ni, moliyaviy faoliyat boshqa daromadi 83,3 % ni, moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajat 118,7 % ni, daromad solig’I to’lagunga qadar foyda 89,4 % ni, sof foyda 89,3 % ni tashkil etgan.
    Jamiyatda rentabellik ko’rsatkichlari mos ravishda 12.5 foiz va 9.35 foizni tashkil qilgan. Bunga sabab, sof foydani davr xarajatlarini oshganligi bilan kamayishi deb izohlash mumkin.


        1. “Urganch yog’-moy” OAJda maxsulot tannarxi va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini takomillashtirish


    Mahsulot ishlab chiqarish harajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining qonuniyatidir. U mehnat unumdorligining tuxtovsiz o’sishi, mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va mehnat resurslaridan ratsional foydalanish, xujalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi.
    Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning har bir foizi absolyut hajmni oshirib yuboradi. Ya’ni korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini 1%ga kamaytirish evaziga korxona ancha miqdorda moliyaviy resurslarini iqtisod qilishga erishadi. Bu har qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb masalalrdan biri hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish harajatlarining pasaytirishning yullarini keltiramiz. Ishlab chiqarish harajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va mahsulot tayyorlash
    texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi.
    Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirish hamda qo’llanilayotgan texnikadan foydalanishni hisobiga ishlab chiqarish harajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida o’tgan va jonli mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan o’tgan mehnatni tejash xuddi shu miqdordagi xom - ashyo va materiallardan ko’proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
    Jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi, ya’ni har bir ishchiga hisoblanaganda ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilg’or texnologiya ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish asosida mehnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga olib keladi.
    Moddiy va pul mablag’larini sarflashda kat’iy iqtisodiy tejashga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga doir sarflarini kamaytirish, material shuningdek ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida ruy beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish xaqi fondini ratsional sarflash tsex va umumzavod harajatlarini kamaytirish - bularning barchasi u yoki bu darajasida mahsulotning arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi.
    Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish harajatlarini kamaishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yoqilg’i va energiya etkazib berishning uzilib qolishi ishlab chiqarish ritmini buzishga bekor turtib qolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va oqibat natijada unumsiz harajatlarga olib keladi. Korxona itisodiyotga xaddan tashqari normativdan ortiqcha zapaslarni bo’lishi xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zapas ko’payib ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi.
    Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga mehnatni tashkil etishda takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. Har qanday texnikadan xatto yangisidan xam ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik jarayonlarni mexanizatsiya va avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish kerak.
    Mahsulot tannarxini pasaytirishda hisobotning roli kattadir. Xisob olib borish yoqilg’i va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional foydalanishga yordam beradi, harajatlarni kamaytirish va korxona jamgarmasini oshirish imkonini beradi. Jamoaning kuchini yetishtiriladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan harajatlarni to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo’llarni aniqlash ortiqcha harajatlarning sababini ochib tashlash uchun bu harajatlarni doimi tahlil qilib turish kerak. Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini tahlil qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarni takomillashtirilishi uchun muxim ahamiyatga ega. Lekin tahlil faqatgina tannarxning pasaytirish rejasini bajarilishiga qo’yilgan baho bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish harajatlarini yanada kamaytirish uchun taxliliy va texnikaviy harakatlarni xam ko’rishi kerak.
    Mahsulot ishlab chiqarishni tahlil qilishda ishchilarning faol ishtirok etishlari uni pasaytirishning muxim yo’lidir.
    Xarajatlar korxonaga bog’liq bo’lmagan omillarga qarab o’zgaradi. Masalan; resurs narxi, har xil xizmat xaqining tebranishi korxona xohishidan qat’iy nazar harajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko’lami kengaysa, resurslar sarfi qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy etilganda harajatlar keskin qisqaradi. O’rtacha harajatlar mehnat unumdorligiga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mehnatni unumining ortishi ham moddiy ham mehnat sarfini qisqartiradi, bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit va mehnat unumdorligi harajatlari pasaytirish orqali foydani ko’paytiradi.
    Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning
    asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero mahsulot baxosi tarkibining asosiy
    elementlari bu harajat va foydadir. Binobarin xarajatlar qanchalik qisqarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi.
    Mahsulot tannarxi deb anashu mahsulotni ishab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni puldagi ifodasiga aytiladi.
    Tannarx obyektlariga olib borish usuliga qarab, u bevosita(to’g’ri) va bilvosita(egri) xarajatlarga bo’linadi.

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 1,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Urganch yog’-moy” OAJning moliyaviy natijalar 2012-2013 yillar dinamikasi tahlili.16

    Download 1,51 Mb.