|
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibidagi to’g’ri va egri xarajatlar, ularning hisobi va maxsulot tannarxiga o’tkazilish tartibi
|
bet | 10/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibidagi to’g’ri va egri xarajatlar, ularning hisobi va maxsulot tannarxiga o’tkazilish tartibi.
Maxsulot tannarxi - maxsulot, ishlab chiqarish, ish va xizmatlar xarajatlar xisobini yuritishning puldagi ifodasidir.
Buxgalteriya xisobi milliy andozalarining “Tovar moddiy zaxiralari”deb nomlangan 4-sonli BXMSda tannarx tarifi quyidagicha keltirilgan:
Tashkilotning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar- moddiy zahiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.7
Xarajatlar xisobini to’g’ri va oqilona tashkil etish , va eng avvalo, moliya-xo’jalik faoliyatini xisobini yuritishni tashkil etish me’yoriy usuli deb atalgan usulni joriy etish korxonalar uchun eng muhim muammolardan biridir.
Buning zarurligi qator xujjatlarda ko’rsatib o’tilgan, xususan, O’zbekiston Respublikasida Buxgalteriya xisobining milliy andozalariga taalluqli “Tovar-moddiy zaxiralar” deb atalgan 4-bobda shunday deyilgan: “
7 O’zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 4-sonli BHMS tovar-moddiy zahiralar(yangi tahrirda) 4 bob 27-bandi
Tovar-moddiy zahiralar (mahsulot (ishlar, xizmatlar)) tannarxini aniqlash usullari ularning turi, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi, tovar-moddiy zahiralar nomenklaturasiga bog’liqdir.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo’lib: oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usuli ham qo’llaniladi8.
Biroq, hozirda korxonalarda amalda bo’lgan tannarxi boshqarish amaliyoti ko’p jixatdan zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Chunki, u muntazam tusga ega emas va xarajatlar kamayishini ta’minlaydi. O’tkazilgan tadqiqotlar tannarxi boshqarishni tubdan yaxshilash uchun uni xarajatlarini boshkarishnig asosiy elementlaridan biri yalpi me’yoriy tizimi sifatida tashkil etish zarurligini ko’rsatmoqda . Shunday qilib zarurki, unda mazkur tizim haqiqatdan ham umumiy va yaxlid bo’ladi, u barcha boshqaruv darajalarini qamrab olishi va me’yoriy usulga asoslanmog’i darkor. Me’yoriy usulga asoslanish shundan iboratki, bunda boshqarilayotgan ob’ektga ta’sir ko’rsatish to’g’risidagi qaror me’yoriy ko’rsatkichlar chekinishlar ro’y bergan haqidagi axborotlar asosida qabul qilinadi. Me’yoriy usulga xos bo’lgan xarajatlar me’yorlaridan cheklanishlarni muntazam ravishda aniqlab borish ortiqcha xarajatlar (salbiy cheklanishlar)ni
bartaraf
|
etish
|
yuzasidan
|
tashkiliy, texnologik ma’muriy
|
va iqtisodiy
|
choralar
yordam
|
ko’rish
beradi.
|
imkonini
|
beradi hamda natijada tannarxning
|
kamayishiga
|
Tannarxning me’yoriy xisobi u yaratayotgan axborotga avtamatik tarzda ishlov berish umumiy ko’p maqsadni ko’zlagan xolda tartibga solishni hamda xarajatlarni xozirda va istiqbolda boshqarishda amaldagi me’yor va me’yoriylardan foydalanishni ta’minlaydi.
8 O’zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 4-sonli BHMS tovar-moddiy zahiralar(yangi tahrirda) 5- bob 30-bandi
Korxona ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnalogiyasidagi o’ziga xosliklarni o’rganish shuni ko’rsatdiki, me’yoriy usul o’z xususiyatlariga, imkoniyatlariga va qamrov darajasiga ko’ra «Ishlab chiqarish xarajatlarini xisobiga olish usuli» dan ancha chuqur va keng qamrovlidir. Aynan shuning uchun ham u qishloq xo’jaligi tuzilmalarining ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyati xisobini yuritishni tashkil etish usuli sifatida qo’llanishi mumkin. Me’yoriy xisob joriy etilishini taxlil qilish shuni ko’rsatmoqdaki, uning tarqalish xududi hali etarli emas. U qisman ziroatchilikda, chorvachilikda va yordamchi ishlab chiqarishda qo’llanadigan. Garchi tannarx va boshqa ko’rsatkichlarni shakllantirish ko’p jixatidan shunga bog’liq bo’lsa ham undan ta’minot-tayyorlov, moliya-sotuv va tashkiliy soxalarda foydalanilmaydi. Masalan, ta’minot - tayyorlov soxasini me’yoriy xisobga olish, yetkazib berish xajmi, olingan xom ashyo va materiallar sifati, yo’l -tayyorlov xarajatlari, tushirish va yuklash xarajatlari va haqozolarni axborot bilan qo’llab-quvvatlashdan iborat. Shunday vaziyatda me’yoriy xisob to’liq bo’lmaydi, aniqlangan chekinish va o’zgarishlar esa xar doim ham ta’sir qiluvchi omillar bilan mos kelaveradi.
Ilg’or me’yoriy bazalar mavjud bo’lishi me’yoriy metodni joriy etishning eng asosiy shartidir. Buning uchun qishloq xo’jaligi tuzilmalaridan yagona me’yoriy xo’jalik tashkil etiladi. Chunki me’yoriy kalkulyatsiyalarni to’g’ri tashkil etish yana shunga bog’liqdir. Korxonada maxsulot tannarxi faqat bir marta va yilning oxirida aniqlanishi tufayli joriy yilning o’zida ayrim ishlar va xizmatlar tannarxini agro - texnik va texnologik kartalar asosida xisoblab chiqish lozim.
Me’yoriy xo’jaligida norma va me’yorlar me’yorlashtiriladi, me’yorlar xarakati, nazorat va uning sifatini taxlil qilish xisobi yuritiladi. Buning uchun me’yoriy xo’jalik aholi to’g’risida ichki xisobot shakllarini joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Unda amaldagi norma va me’yoriylar, eskirgan normalarni ularni yangilash muddatini, qamrov darajasida ( me’yorlashtirish
darajasi) hamda davr oxiriga kelib normalar va me’yoriylar bilan amalga
oshirilgan barcha jaroyonlarni ko’rsatgan xolda qayta ko’rib chiqishga oid tadbirlar aks etiriladi.
Yaxshi tashkil etilgan mehnatdan va moddiy boyliklardan oqilona foydalanish (mehnat, urug’lar, ozuqalar, o’g’itlar, yonilg’i-moylash materiali, o’simliklarning ximoyalashning kimyoviy usullari, veterinariya dori-darmonlar, prepartlar va hakozolarga haq to’lash uchun pul mablag’larini sarflash) ustidan tezkor iqtisodiy nazorat tizimi me’yoriy xisob sharoitda birinchi darajali ahamiyatga egadir. Endi me’yoriy usulning tashkil etuvchi elementlariga batafsil to’xtalamiz:
ishlab chiqarish bo’yicha texnalogik qartalarni va tashkiliy – texnikaviy qartalarni ishlab chiqarish (qishloq xo’jalik ishlarining ayrim qizg’in davrlari) xamda ekin maydoni va birligiga sarflangan xarajatlarni aniqlash; ayrim ish turlari, ishlab chiqarishning texnalogik bosqichlari (yoki ularning bir qismi), me’yoriy vazifalari asosida uzoq davom etmaydigan davr uchun tarkibiy xo’jalik bo’limalariga qishloq xo’jaligi davrlari uchun meyoriy xisob-kitoblarni (tezkor va qisqa muddatli vazifalar) tuzish;
amalda bajarilgan va mexanizatsiyalashtirilgan odatda, qo’lda bajariladigan ishlar, mehnat sarfi va mehnatga haq to’lash fondi xarajatlari xajmiy xisobga olish: xisobga olish va me’yoriy xisob-kitoblar ma’lumotlari asosida amalda bajarilgan, lekin me’yoriylardan ko’zda tutilmagan, shuningdek, bajarilmagan, lekin tegishli tartibda qayd etilgan ishlar xajmini aniqlash: mehnat sarfi, mehnatga haq to’lash fondida xisoblab yozilgan mablag’lar, yonilg’i-moylash materiallari sarfi, maxsulotlar, ishlar va xizmatlar tannarxining me’yoriy xisob-kitoblari asosida amalda bajarilgan ish uchun yordamchi va xizmat xajmini aniqlash:
buxgalteriya xisobi registrlarida xar bir qishloq xo’jaligi ekini (bir turdagi ekinlar) bo’yicha joriy (amaldagi) xarajatlardan chekinishni xisob-kitoblar moddalari asosida xamda ularning vujudga kelish joylari, sabablarini, shuningdek, xatti-xarakatlari ushbu chekinishlarga olib kelgan aniq shaxslar (ortiqcha sarf xarajatlarda aybdor bo’lganlar yoki tejamkorlik tashabuskorlari)ni aniqlagan xolda
qayd etish: xarajatlarning norma asosida o’zgarish xajmini aniqlash va ularni
buxgalteriya xisobi registrining «Me’yoriy xisob-kitoblar asosida ustunida aks ettirish:
yil oxirida (urug’lar, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlarning haqiqiy tannarxi xisob-kitob qilganidan so’ng)me’yoriy va amaldagi tannarx o’rtasidagi farqlarni aniqlash xamda ularni buxgalteriya xisobi registirida aks ettirish.
Maxsulot ishlab chiqarishda sarf-xarajatlarni maxsulot turlari bo’yicha (xisobga olish ob’ektlari bo’yicha) me’yoriy usulda xisobga olish ikki yo’nalishda, yangi xarajatlarni joriy (amaldagi) me’yorlar doirasida xisobga olish va me’yordan chekinishlarini uning aniq sabablari, vujudga kelish joyi va ma’sul shaxslarni ko’rsatgan xolda xisobga olish yo’nalishlarida amalga oshirilmog’i lozim.
Bunday cheklashlar xisob xujjatlarining yoki chekinishlarni qayd etish jarayonlarining tegishli tartibida bo’linishlariga olib keladi. Xususan, me’yoriy xisob-kitoblarda ko’zda tutilgan mehnat sarfi va pul-moddiy xarajatlarini amalga oshirishda,odatdagi xolatda zarur bo’lgan birlamchi xujjatlar tuziladi, ularda xarajatlarning haqiqiy miqdorlari ( me’yorlar doirasida) aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish uchun moddiy boyliklar va ish haqi to’lash uchun pul mablag’larining me’yordan yuqori darajada sarflanishi rangli qog’ozdan yoki uzunasiga rangli chiziq tortilgan qog’ozdan tayyorlangan maxsus signal (dastlabki) xujjatlari bilan rasmiylashtirilishi zarur. Ularda yo’l qo’yilgan chekinishlarning joyi, sabablari va uning muayyan aybdorlari ko’rsatiladi. Signal xujjatlariga, albatta, korxona raxbari yoki uning o’rinbosari imzo chekadi. Shuningdek, bunda qayd etishning boshqa usullari ham qo’llanishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarining jamlama xisobi me’yoriy usulda 20, 23-sonli bosh xisobraqamlarga nisbatan o’rnatilgan moddalar nomenklaturasi asosida va boshqa usulda normadan chekinishlar va o’zgarishlarni norma doirasida xarajatlarga taqsimlash asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun vazifa - ushbu xarajatlarni tartibga solingan aks ettirishini dastlabki xisob darajasida yoki xatto jamlama - yig’ma (guruhlangan) xisob bo’lgan ishlab chiqarish xisobi darajasida
qoldirmasdan uni taxliliy xisob registrlari darajasiga yetkazishdan iboratdir.
Shunday qilib, me’yoriy usul xisob va nazoratining usullar tizimidir, shuningdek u qishloq xo’jaligida xarajatlarni boshqarishning muhim vositasidir. Uni tezroq amalga joriy etish uchun quyidagi tartib bo’yicha batafsil ishlab chiqilishi zarur:
maxsulot ishlab chiqarishda xarajatlar xisobini yuritish uchun me’yoriy usulni qo’llashning umumiy tavsifi va mazkur usulni korxonalarda qo’llashning o’ziga xosliklari;
qishloq xo’jaligi korxonalari sharoitida me’yoriy baza va me’yoriy tannarxning xisob-kitob qilish (me’yoriy bazaning ro’li va ahamiyati, me’yoriy baza byurosini tashkil etish va uning faoliyatini yo’lga qo’yish);
birlamchi xujjatlar tavsifi va uni me’yoriy usul sharoitida qo’llash tartibi (birlamchi jamlama xujjatlarni qo’llashning o’ziga xosliklari, norma o’zgarishi va undan chekinishlar haqidagi axborotlarni qayd etish tartibi);
me’yoriy usulni ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish sifati va muddati ustidan tezroq nazorat o’rnatish, xujjatlar bilan rasmiylashtirish texnikasi va mehnat , unga haq to’lash, urug’larni sarflash, ozuqa, yonilg’i moylash materiallari va boshqa moddiy boyliklar sarfi, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini me’yoriy usulda xisobga olish, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar, ishlab chiqarilgan maxsulotning jamlama xisobini tashkil etish);
korxona tuzilmalarining sanoat, yordamchi va xizmat ko’rsatish tarmoqlarida me’yoriy usulni qo’llash tavsifi: maxsulotlarini qayta ishlash , shuningdek, xo’jalik extiyoji uchun boshqa materiallarni tayyorlash va uni boshqa tomonga sotish xarajatlarining me’yoriy xisobini tashkil etish. Sarf xarajatlar moddalari bo’yicha me’yoriy xisobot yuritish va tezkor nazorat o’rnatish texnologiyasi, shuningdek, xarajatlarning jamlama (taxliliy va sintetik) xisobi texnikasi mohiyatini aniqlash.
Endi yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar sarfini me’yoriy usulida xisobga olishga kelsak, unda bu bo’limning ushbu qismida yuk tashish ishlarida yuk mashinalrirdan foydalanish, ta’mirlash - mexanika ustaxonasi hamda boshqa yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar ish ustidan ( xar biri bo’yicha alohida)
tezkor nazorat o’rnatish shakli, xisob yuritshni tashkil etish qoidalari va uning tartibini bayon qilish lozim. Ayni paytida texnologik jarayonlar va xo’jalik operatsiyalarining o’ziga xosliklari ularning turlariga qarab alohida xisobga olinmog’i lozim:
Me’yoriy usul sharoitida ishlab chiqarishini samarali boshkarish uchun zarur bulgan tezkor iqtisodiy nazoratini amalga oshirishning asosiy tavsiflari :
Xarajatlarni me’yoriy usulda xisobga olishga doir ma’lumotlardan korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining xo’jalik xisobidagi faoliyati yakunlarini chiqarish maksadida foydalanish: sarf xarajat normalarining bajarilish ustidan tezkor nazorat o’rnatish va taxlil qilish: xarajatlarni taxlil qilish, normadan chekinish sabablari va unga yo’l qo’yilganligi uchun javobgar bo’lgan shaxslarni aniqlash, ishga xo’jalik xisob-kitoblarini natijalarini aniqlash va ishlab chiqarish jarayonida ularni takomillashtirib borish uchun xo’jalikda tasdiqlangan me’yorlardan foydalanish: pul moddiy boyliklarining sarflanishi, ish haqi yozish va xokazolarga doir birlamchi xujjatlarni bevosita rasmiylashtirish jarayonida tegishli qarorlar qabul qilish va tezkor nazoratini tashkil etish:
Taxliliy va sentetik xisobda ishlab chiqarish xarajatlarining xisob-kitob moddalari, xisob ob’ektlari, norma va me’yoriylardan chekinish joyini bunga aybdor bo’lgan shaxslarni ko’rsatgan xolda guruhlashuvni ta’minlashini ko’zda tutgan xolda xar bir ish uchastkasida kiruvchi va ishlanuvchi axborotlar to’plami shakllantirilishi lozim. Shunday qilib, me’yoriy xisob faqat xarajatlar xisobi va maxsulot tannarxi xisob-kitobi bilan cheklanib qolmaydi . U me’yoriylardan chekinishni xisobga olishni mehnatni moddiy ta’minlash, undan samarali foydalanish, texnika va uskunalarning mavjudligi, ishlab chiqarilgan maxsulotni sotish va sof daromad ( foyda) olishni nazorat qilish bilan organik ravishda bog’langan xolda, xo’jalikning butun tezkor faoliyatini qamrab oladi.
“Urganch yog’-moy” OAJning asosiy faoliyat turi hisoblangan maxsulot (ish, xizmat)lar, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi axborotlarni
umumlashtirish jamiyatning hisob siyosatida 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetida amalga oshirish ko’rsatilgan.
2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetining debeti bo’yicha maxsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar va yaroqsiz maxsulot hisobiga yo’qotishlar aks ettiriladi.
Maxsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schetiga ishlab chiqarish zaxiralari, mehnatga xaq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schetlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetiga 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schetining kreditidan hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetiga 2510 «Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari»schetidan hisobdan chiqariladi.
Yaroqsiz maxsulot hisobiga yo’qotishlar 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetiga 2610 «Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz maxsulotlar» schetidan hisobdan chiqariladi.
2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schetining kreditida tugallangan maxsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning xaqiqiy tannarx summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schetidan 2810
«Ombordagi tayyor maxsulotlar», 9110 «Sotilgan tayyor maxsulotlarning tannarxi, 9130 «Bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxi» schetlarining debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
2010 – «Asosiy ishlab chiqarish»scheti bo’yicha oy oxiridagi qoldik tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko’rsatadi.
Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan maxsulotlarning turlari
bo’yicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari bo’yicha guruhlanishi shuningdek, kalkulyatsion hisob aloxida schetlar tizimida amalga
oshiriladi. Ushbu schetlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini xar bir korxona o’zining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa belgilari bo’yicha guruhlanishi hamda schetlar tizimida hisobga olinmasa, 2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schetining analitik hisobi xam korxonaning aloxida bo’linmalari bo’yicha yuritiladi.
Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schetlar (2000)ning bog’lanishi.
Bevosita maxsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da qatnashadigan asosiy vositalarning eskirishi
Debet Kredit
2010 0211-0299
Maxsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishga taalluqli bo’lgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi.
Debet Kredit
2010 0510-0590
To’g’ri material xarajatlari maxsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishga hisobdan chiqariladi
Debet Kredit
2010 1010-1090
O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor maxsulotlarni qayta ishlash uchun asosiy ishlab chiqarish tsexlariga chiqarish
Debet Kredit
2010 2110
Yordamchi tsexlarning xarajatlarini asosiy ishlab chiqarishning maxsuloti va xizmatlari tannarxiga kiritish
Debet Kredit
2010 2310
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibidagi to’g’ri va egri xarajatlar, ularning hisobi va maxsulot tannarxiga o’tkazilish tartibi
|