|
Microsoft Word Ж. Зеваржон bmi
|
bet | 15/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalaridaBevosita(to’g’ri) xarajatlar-bu aniq tannarx obyektiga iqtisodiy mohiyatiga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri identifikatsiyalanadigan(olib borish mumkin bo’lgan) xarajatlardir, masalan stol ishlab chiqarishdagi taxtani aniq stol turiga olib borilishi mumkin. Xuddi shuningdek, agar u yoki bu stolni ishlashda muayyan ishchilarning sarflagan ish soatlari aniq bo’lsa, ish haqi xarajatlarini ham stol turlariga to’g’ridan- to’g’ri identifikatsiyalash mumkin. Shu bois, bu xarajatlarni bevosita(to’g’ri)xarajatlarga kiritishimiz mumkin.
Bilvosita xarajatlar (to’g’ri bo’lmagan) xarajatlar- bu aniq tannarx obyektiga iqtisodiy mohiyatiga ko’ra to’g’ridan–to’g’ri identifikatsiyalanmaydigan(olib borish mumkin bo’lmagan) xarajatlardir. Masalan, mahsulot sifati bo’yicha inspektorning ish haqi, ishlab chiqarish binosining ijara xarajatlarini u yoki bu mahsulot turiga to’g’ridan-to’g’ri olib borish imkoni yo’q va shu bois, bunday xarajatlar bilvosita xarajatlar sifatida tan olinishi lozim. Ba’zi xollarda ayrim turdagi xarajatlarni u yoki bu turdagi mahsulotlarga olib borish imkoni bo’lsada, ularning iqtisodiy salmoqliligi va hisob xarajatlarini kamaytirish maqsadida ular bilvosita xarajat sifatida hisobga olinadi. Masalan stol ishlab chiqarishda ishlatiladigan mix va boshqa yordamchi materiallarning qiymatini u yoki bu turdagi materiallar qiymatiga to’g’ridan –to’g’ri olib borish imkoni bo’lsada, ushbu xarajatlarning salmoqliligi tifayli va hisob kitoblarni qiyinlashtirmaslik maqsadida bilvosita xarajatlarga olib boriladi.
Bevosita va bilvosita xarajatlarni farqlash tannarx obyektiga bog’liq bo’ladi. Masalan, ishlab chiqarish asbob-uskunalariga xizmat ko’rsatuvchi ustaning ish haqi, agar tannarx obyekti ishlab chiqarish sexi bo’lsa, u bevosita xarajat bo’lishi mumkin, agar tannarx obyekti mahsulotlar bo’lsa, u holda ustaning ish haqi bilvosita xarajat
bo’ladi.
Tannarxning shakllanishi bevosita ushbu tasnifga tayanadi. Unga muvofiq hisobotlarda aks ettirilayotgan ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi, sotilgan mahsulot tannarxi o’z tarkibida bevosita va bilvosita xarajatlardan tarkib topadi. Bevosita xarajatlar tannarx obyektida to’g’ridan-to’g’ri o’tiradi. Bilvosita xarajatlar bir qancha tannarx obyektlariga taqsimlash bazalari asosida olib boriladi.
“Urganch yog’-moy”OAJda mahsulot tannarxi tarkibini ko’rib chiqamiz.
|
| |