• BMIning tarkibiy tuzilishi
  • 1.1. Mehnat ta’limida zamonaviy axborot va pedagogic roli va ahamiyati
  • Bitiruv malakaviy ish izlanishining amaliy ahamiyati




    Download 3.34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/27
    Sana17.12.2023
    Hajmi3.34 Mb.
    #121580
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    bmi
    Buxoro davlat universiteti fizika matimatika fakulteti texnologi-fayllar.org, Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari,, Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fa
    Bitiruv malakaviy ish izlanishining amaliy ahamiyati 
    Ta`lim jarayonida o`quvchilarga yangi texnika va ilg`or texnologiya 
    yutug`larini amalda qo`llanilgan sohalar misolida ma`lumot berish haqida ishlab 
    chiqilgan tavsiyalar; 
    Maktablarda mehnat ta`limi mashg`ulotlarida yangi texnika va ilg`or 
    texnologiya yutug`lariga oid ma`lumotlar asosida ma`lumotlarni yuqori saviyada 
    o`zlashtirib olishlariga va ta`lim sifatini oshirishga yordam berish maqsadida dars 
    ishlanmalari ishlab chiqiladi. 
    BMIning tarkibiy tuzilishi:  BMI kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan 
    adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 


    7
    I-bob. Mehnat ta`limi darslarini yangi pedagogic texnologiya asosida 
    o’qitishning didaktik asoslari 
    1.1. Mehnat ta’limida zamonaviy axborot va pedagogic roli va ahamiyati 
    Mehnat ta`limi fanidan davlat ta`lim standartida o’quvchilar mehnat ta`limi 
    faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart: 
    mehnat jarayoni haqida dunyoqarashga ega bo`lish; 
    umummehnat bilim, ko`nikma va malakalariga ega bo`lish; 
    kasb-hunarlar haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish; 
    xalq xo`jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalari to`g`risida 
    bilimlarga ega bo`lish; 
    turli materiallarga boshlang`ich badiiy ishlov berish ko`nikmalariga ega 
    bo`lish; 
    milliy mehnat an`analari, urf-odatlarini bilish; 
    buyumni texnologik xaritasini tayyorlash ko`nikmalariga ega bo`lish; 
    Mazkur Davlat ta`lim standartida umumiy o`rta ta`lim maktablarida mehnat 
    ta`limi va kasb tanlashga yo`naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni 
    bitirgan o`quvchilarning mehnat va kasb tanlashga tayyorgarlik darajasining 
    me`yorlari ifodalanadi. 
    Ushbu standart umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun mehnat ta`limi fanidan 
    o`quv dasturi, darslik, qo`llanma va boshqa rasmiy me`yoriy materiallarni ishlab 
    chiqish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish 
    uchun asos sifatida xizmat qiladigan me`yoriy hujjatdir. 
    Mehnat talimining maqsadi o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari
    jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko`nikmalari 
    va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni 
    mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o`rgatish, ongli 
    ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga 
    oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo`lida mehnat faoliyatiga 


    8
    qo`shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan 
    iborat.
    Mehnat ta`limining vazifalari: turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga 
    taalluqli dastlabki ma`lumotlarni o`rgatish, o`lchash tekshirish asboblaridan, 
    ma`lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan 
    mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga 
    o`rgatish; 
    Xalq xo`jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar 
    to`g`risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat 
    orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish; 
    mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, 
    texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, 
    sanitariya-gigiena qoidalari asoslarini; 
    o`quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli
    raqobatbardosh iste`mol mollari, mehnat mahsulotlari etishtirish va etishtirilgan 
    mahsulotlarni istemolchilarga etkazish vositalarini o`rgatish, ish boshqaruv 
    (menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va 
    rivojlantirib borish; 
    o`quvchilapni bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga 
    nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida 
    tarbiyalash; 
    xalq hunarmandchiligi kasblarini o`rgatish orqali xalqning milliy ruhini, 
    yashash tarzini, an`analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy 
    yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o`rgatish, ulardan o`z amaliy 
    faoliyatlarida foydalanish ko`nikmalarini mustahkamlash; 
    yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika, jihozlarning 
    qo`llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida hamda jahon tajribalariga 
    mos holda o`rganishlarini ta`minlash; 
    turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qo`llaniladigan asbob-uskunalar, 
    jihozlar, moslamalardan foydalanishni o`rgatish; 


    9
    o`quvchilarda umummehnat ko`nikma va malakalarini shakllantirish, ularning 
    qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko`ra, kasb-hunar turlarini tanlashga 
    asos bo`ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va 
    rivojlantirish. 

    Download 3.34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 3.34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ish izlanishining amaliy ahamiyati

    Download 3.34 Mb.
    Pdf ko'rish