• 2. Korxona, bo‘linma, sex, ish joyining tavsifi
  • 3. Baxtsiz hodisaning shart-sharoitlari
  •  Jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) haqida




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/207
    Sana17.05.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #239473
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   207
    Bog'liq
    5c78e023dfdea

    1. Jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) haqida 
    ma’lumotlar 
    Ismi-sharifi, tug‘ilgan yili, kasbi, lavozimi
    umumiy va kasb bo‘yicha (shu jumladan, ushbu 
    korxonadagi) ish staji, mehnatni muhofaza qilish 
    bo‘yicha o‘qitish, yo‘riqnomalar, berish, bilimlarni 
    tekshirish vaqti, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, 
    qaramog‘idagi oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar 


    (ismi-sharifi, tug‘ilgan yili, jabrlanuvchi bilan 
    qarindoshlik munosabatlari). 
    Izoh. 
    Guruhiy baxtsiz hodisalar tekshirilganda 
    har bir jabrlanuvchi haqida alohida ma’lumotlar 
    ko‘rsatiladi. Oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar faqat 
    o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar tekshirilganda 
    ko‘rsatiladi. 
    2. Korxona, bo‘linma, sex, ish joyining tavsifi 
    Baxtsiz hodisa yuz bergan joyni qisqacha 
    tavsiflab, jabrlanuvchiga qaysi xavfli va zararli ishlab 
    chiqarish omillari ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini 
    ko‘rsatish kerak. 
    Agar baxtsiz hodisa ob’ektdagi halokat natijasida 
    yuz bergan bo‘lsa dalolatnomaga quyidagilar 
    qo‘shimcha qilib kiritiladi: 
    ob’ekt tavsifi (qozonlar va ko‘tarma inshoatlar 
    ob’ektlari uchun ob’ekt nomi va xili, uning asosiy 
    o‘lchovlari, zavod bergan tartib raqami, tayyorlovchi 
    zavod, tayyorlangan va o‘rnatilgan yili, so‘nggi 


    tekshiruvdan o‘tgani, shuningdek, tayinlangan 
    tekshiruvdan o‘tish muddati): 
    halokat toifasi va tavsifi haqida ma’lumotlar: 
    nobud bo‘lgan mahsulotlar (natura ifodasida va 
    so‘m hisobida), halokat natijasida etkazilgan zarar 
    (so‘m hisobida). 
    3. Baxtsiz hodisaning shart-sharoitlari

    Baxtsiz 
    hodisa 
    yuz 
    berishigacha 
    nimalar 
    bo‘lgani, mehnat jarayoni qanday kechgani, bu 
    jarayonga kim boshchilik qilganini ko‘rsatish, 
    jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga 
    aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning xatti-
    harakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligini bayon 
    qilish, jarohatlanishga sabab bo‘lgan xavfli (zararli) 
    ishlab chiqarish omili, mashina, asbob yoki uskunani 
    ko‘rsatish zarur. 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   207




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish