41
olish va tushgan naqd pullarni bankka topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha
operatsiyalarning buxgalteriya o‘tkazmalarini rasmiylashtirishdan iborat
Kassa operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi hisobvaraqlarda aks
ettiriladi:
5010 – “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”, 5020 – “Xorijiy
valyutadagi pul mablag‘lari”.
Tahlil natijalari ko‘rsatdiki, kassadagi naqd pullar “GISHT - SIFAT”
xususiy korxonasi pul mablag‘larining hajmida juda
kichik salmoqni egallagani
holda, korxonaning milliy valyuta va xorijiy valyutadagi joriy hisobraqamlaridagi
pul mablag‘larini pul mablag‘lariinng umumiy hajmida yuqori salmoqni egallashi
kuzatildi. Mazkur holat Korxonaning hisob-kitoblarini
naqd pulsiz amalga
oshirilayotganligi bilan izohlanadi.
To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha pul o‘tkazib berilganida quyidagi
buxgalteriya o‘tkazmalari rasmiylashtiriladi:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik»
D-t 6520-«Davlat maksadli fondlariga to‘lovlar»
D-t 6990-«Boshqa majburiyatlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Korxonalarning hisob-kitob schyotidagi O‘zbekistan
Respublikasi milliy
valyutasidagi pul mablag‘larining miqdori va harakatini hisobga olish uchun
5110 – “Hisob-kitob schyoti” hisobvaragidan foydalaniladi.
Korxonalarda pul mablag‘larini bilan to‘lovlarni akkreditiv bilan amalga
oshirishda 5510 – “Akkreditivlar» hisobaragi debetida hamda 5110 – “Hisob-
kitob schyoti”, 5210 – “Valyuta schyoti”, 6810 – “Qisqa muddatli kreditlar”
hisobvaraqlarining kredit qismida aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning
tashqarisida joylashgan
bankdagi xorijiy valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larining harakati va holati
to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumot 5210 – “Mamlakat ichidagi xorijiy valyuta
hisobvaraqlari” va 5220 – “Xorijdagi valyuta hisobvaraqlari”da aks etadi.
42
Xorijiy valyutani sotish va sotib olishda sodir bo‘ladigan
kursdagi farq
ijobiy bo‘lsa 9540 – “Kurs farqlaridan olingan daromadlar” hisobvarag‘ida, salbiy
bo‘lsa – 9620 – “Kurs farqlaridan zararlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi.