44
* investitsion faoliyat – pul mablag‘larining asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan harakati;
* moliyaviy faoliyat – uzoq muddatli kreditlar olish,
uzoq muddatli qarz
mablag‘larini jalb qilish, qisqa va uzoq muddatli moliyaviy quyilmalarni amalga
oshirish, dividendlar to‘lash.
Pul oqimini bevosita metod bo‘yicha hisoblash korxonaning to‘lovga
qobilligini baholash hamda pul mablag‘larining kirimi va chiqimi ustidan tezkor
nazoratni amalga oshirish imkonini beradi.
Pul mablag‘larini bilvosita metod bo‘yicha tahlil
qilish joriy davrda sof pul
oqimini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda olingan foyda bilan pul
mablag‘lari qoldig‘ining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash aniqlash
imkonini beradi.
Mazkur metod olingan moliyaviy natijalarni sof foydani korrektirovka qilish
maqsadida qayta hisoblashlarga asoslangan.
Sof pul mablag‘lari miqdori bilan olingan moliyaviy natijalar miqdori
o‘rtasidagi farqning yuzaga kelishining asosiy sababi shundaki, moliyaviy natijalar
hisoblash
prinsipiga muvofiq shakllanadi, pul mablag‘lari miqdorining o‘zgarishi
kassa usuli bilan aniqlanadi.
Bundan tashqari, foydaga ta’sir qiladigan alohida daromad va xarajat
turlarining shakllanishi pul mablag‘lari kirimi va chiqimining o‘zgarishiga olib
kelmaydi. Masalan, amortizatsiyani hisoblash foydaning shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatmaydi, ammo pul mablag‘lari chiqimining oshishiga olib kelmaydi.
SHuningdek, joriy davrda debitor qarzdorlikning to‘lanishi moliyaviy natijalarga
ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo pul mablag‘lari oqimining ko‘payishiga olib keladi.
Bilvosita metodda bir qator tuzatishlar (korrektirovka)
amalga oshiriladi va
ularni uch guruhga ajratish mumkin:
1. Operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘lari kirimi va chiqimining hisobiga,
daromad va xarajatlarni aks ettirish vaqtlarining mos kelmasligi bilan bog‘liq
bo‘lgan, tuzatishlar.
45
2. Sof foyda ko‘rsatkichiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan, ammo pul
mablag‘larining harakatiga ta’sir etadigan xo‘jalik operatsiyalari bilan bog‘liq
bo‘lgan tuzatishlar.
3. Sof foyda miqdoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan, ammo pul mablag‘lari
harakatiga ta’sir etmaydigan operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan tuzatishlar.
Biz quyida pul oqimini bilvosita metod bo‘yicha tahlil qilish tartibini shartli
misolda ko‘rib chiqamitz. Buning uchun dastlab korxona buxgalteriya balansining
ma’lumotlarini keltiramiz.