51
* xom-ashyo va materiallar baholarining oshishi natijasida ishlab
chiqarilayotgan tovarlarning tannarxi ko‘payadi;
* importning qimmatlashishi natijasida korxonaning ishlab chiqarishni texnik
va texnologik jihatdan qayta qurollantirish imkoniyati pasayadi;
* korxona tomonidan amalga oshirilayotgan
investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishda murakkabliklar yuzaga keladi. Jumladan, mahsulotlarni
sotishdan olingan so‘mdagi tushmlar xorijiy valyutada
olingan kreditlarni
qaytarishga etmaydi;
* korxonalarning milliy valyutada yozilgan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga
chiqarish yo‘li bilan resurslar jalb qilish imkoniyatini cheklanib qolishiga olib
keladi. Bu esa, ularning moliyalashtirish manbalarini shakllantirish jarayoniga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar kompaniyalari
tomonidan rivojlanayotgan
mamlakatlar
iqtisodiyotiga
investitsiyalar
kiritishda
milliy
valyutaning
qadrsizlanish sur’ati hisobga olinadi. Xususan, milliy valyutada yozilgan qimmatli
qog‘ozlarga investitsiya qilishda milliy valyutaning qadrsizlanish sur’ati albatta
inobatga olinadi. Buning sababi shundaki, milliy valyutaning qadrsizlanish sur’ati
yuqori bo‘lsa,u holda, milliy valyutada yozilgan qimmatli qog‘ozlarga qilingan
investitsiyalarning real
qiymati keskin pasayishi va, hatto, umuman yo‘qoliishi
mumkin.
SHuningdek, milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori bo‘lishi
xorijlik investorlar bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonalarning faoliyatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Xorijlik hamkor foydasini va dividendini milliy valyutada oladi
va ularni xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilib, keyin o‘zining
mamlakatiga
repatriatsiya qiladi. Bunday sharoitda milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining
yuqori bo‘lishi xorijlik hamkor oladigan foyda va dividendning xorijiy valyutadagi
ekvivalentini kamayib borishiga olib keladi. Bu esa, albatta, xorijlik hamkorlarning
e’tirozlariga sabab bo‘ladi.
Milliy valyutaning qadrsizlanishi korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan tashqi omil hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish vazifasi barcha
52
mamlakatlarda Markaziy bank zimmasiga yuklangan (Singapur, Saudiya
Arabistoni va Lixtenshteyndan tashqari, chunki, mazkur
mamlakatlarda Markaziy
bank mavjud emas).
YUqorida bildirilgan fikrlardan xulosa qilish mumkinki, “Pul mablag‘lari va
valyuta operatsiyalari hisobi”ni o‘rganishda qo‘llaniladigan bir nechta metodlarga
asoslangan metodikada sof foydani milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atiga
bog‘liq ravishda korrektirovka qilish respublikamiz
korxonalari uchun ham,
xorijlik investorlar uchun ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.