• Mashina va uskunalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahlili Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Hisobot yili
  •  Ishlab chiqarish jihozlarining vaqti va quvvati bo‘yicha




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet343/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    12.7. Ishlab chiqarish jihozlarining vaqti va quvvati bo‘yicha 
    foydalanish tahlili 
    Ishlab chiqarish jihozlaridan vaqt va quvvat bo‘yicha foydalanish 
    tahlilida korxona asosiy fondlari va ularning tarkibida mashina va usku-
    nalar, stanoklar ish vaqtidan foydalanishning darajasiga, quvvatlarning 
    foydali ish koeffitsentlariga, foydalanishning real holatiga baho beriladi. 
    Mashina va uskunalar ish vaqtidan samarali foydalanishda ularning 
    jami sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibidagi salmog‘iga va 
    ularning ish samarasiga ahamiyat beriladi. 
    Mashina va uskunalarning jami ishlagan vaqti hamda mashina va 
    uskunalar ish vaqtidan olingan samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash 
    asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi 
    omillar tahlil etiladi hamda uni o‘stirishning ichki imkoniyatlari 
    belgilanadi. 
    Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ularni tahlil etishning uslubiy 
    asoslarini ko‘rib o‘tish mumkin. 
     
    118-jadval 
    Mashina va uskunalardan samarali foydalanish
    ko‘rsatkichlari tahlili
     
    Ko‘rsatkichlar 
    O‘tgan yil 
    Hisobot yili 
    Farqi 
    (+, –) 
    Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming 
    so‘m hisobida 
    2113430 
    2553967 
    +440537 
    Ishlangan stanok soatlar, ming stanok soat 
    128780 
    120280 
    -8500 
    Bir stanok soatda ishlab chiqarilgan mahsulot 
    hajmi, ming so‘m 
    16,41 
    21,23 
    +04,82 
    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan 
    xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda o‘tgan yilga nisbatan 
    mahsulot ishlab chiqarish hajmi 440537 ming so‘mga o‘sgan bo‘lsa, 
    buning aksi o‘laroq, jami ishlangan stanok soatlar hajmi 8500 ming 
    stanok soatga qisqargan. Buning natijasida esa bir stanok soatda ishlab 
    chiqarilgan mahsulot hajmi o‘tgan yilgi 16,41 ming so‘mdan hisobot 
    yiliga kelib 21,23 ming so‘mga ko‘tarilgan.


    468
    Uskunalar (ishlab chiqarish uskunalari, mashinalar) vaqt jihatdan 
    kalendar, rejim va yillik ish vaqti fondlariga bo‘linadi. 
    Kalendar vaqt fondi koeffitsiyenti mashina, uskunalarni yil davo-
    mida ishlagan vaqt fondini kalendar bo‘yicha vaqt fondiga bo‘lish orqali 
    aniqlanadi. Uskunalarning rejim vaqt fondidan foydalanish koeffitsiyen-
    tini aniqlash uchun yillik vaqt fondini rejim vaqt fondiga bo‘lish lozim. 
     
    119-jadval 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ishlab chiqarish jihozlarining vaqti va quvvati bo‘yicha

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish