Metrologiya 6-test | Ko'pchilikga kerak bo'lgan test | 2-qism




Download 379,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana19.12.2023
Hajmi379,52 Kb.
#123149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
#Moodule course 2 Subject- metrologiya
aniq va mavxum otlar, 2 5197634611185721400, Nutq turlari va shakllari, 15-амалий, Reja Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari, Assotsiatsiyalar-metodi (2), Baliq-skeleti-metodi (2), Birgalikda-oqiymiz (2), maluotnoma.... tersu, Sobitjon IAKT, 11-sinf-Ona-tili-ish-reja, 9-amaliy mashg\'ulot (1), Mavzu Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivoj, DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA, Mehnat unumdorligi iqtisodiy o`sish omili sifatida
Metrologiya 6-test | Ko'pchilikga kerak bo'lgan test | 2-qism 
 
23 Majmuiy o‘lchash deb nimaga aytiladi? 
Javob: Bir nechta nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib 
chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish. 
24 O‘lchash vositasining ishonchliligi deganda nimani tushunasiz? 


Javob: O‘lchash vositasining ma`lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z 
metrologik xususiyatlarini saqlashi va bo‘zilmasdan ishlash ehtimolligini baholash 
25........................ standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy 
mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari 
mumkin bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi. 
Javob: Mintaqaviy 
26 O’lchashlar natijasi hatoligining ishonchli chegaralari – 
Javob: o’lchashlar hatoligining eng katta va eng kichik qiymatlari bo’lib, bular chegaralagan 
oraliqda o’lchashlar natijasi hato-ligining izlanayotgan qiymati berilgan ehtimollik bilan 
joylashadi. 
27 Asbobning xususiy energii sarfi nima va nimaga bog‘liq? 
Javob: Bu asbobning zanjirdan iste`mol qiluvchi quvvati bo‘lib, o‘lchash asbobi¬ning tizimiga 
va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq 
28 Bilvosita o‘lchash - 
Javob: Bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchana-yotgan katalik orasida bo‘lgan ma`lum 
bog‘lanish asosida kattalikning qiymatini topish. 
29 Mos kelish usuli - 
Javob: O‘lchanadigan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi 
belgilar yoki signallarning ustma-ust tushish usuli. 
30 Quyida ko‘rsatilgan oddiy ta`riflarning qaysi biri “Kattalikning xaqiqiy qiymati” 
tushunchasiga mos keladi? 
Javob: Tajriba orqali topilgan qiymat chin qiymatga shu darajada yaqinki, berilgan o‘lchash 
masalasida buning o‘rnida foydalanish mumkin. 
31 Yorug‘lik kuchi birligi - 
Javob: Kandela. 
32 Bevosita baholash usuli - 
Javob: bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. 


33 St`yudent koeffisienti qanday tanlanadi? 
Javob: O‘lchashlar soni va qabul qilingan ishonchli ehtimollik qiymati bo‘yicha maxsus 
jadvaldan olinadi 
34 Keltirilgan xatolikning formulasini toping? 
Javob: βk =Δ / Axmax *100 %. 
35 Murakkab qonuniyat bo’yicha o’zgaradigan hatoliklar deganda – 
Javob: bir nechta muntazam hatoliklarnnig birgalikdagi ta’siri natijasida sodir bo’lad 
36 Ma’lumotni tavsiflashga ko‘ra o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: – 
Javob:
Raqamli o‘lchash vositalari 
Tok va kuchlanish o'lchash vositalari 
Shkalali o‘lchash vositalari. 
O‘ziyozar o‘lchash vositalari. 
37 Ishonchlilik deganda nimani tushunasiz? 
Javob: Ishonchlilik – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon (kriteriya) 
hisoblanadi. 
38 Kuchaytirgich qanday qurilma? 
Javob: Kuchaytirgich aktiv masshtabli o‘zgartkich (to‘rt qutbli qurilma) bo‘lib, unda kirish 
signali yordamchi ta`minlovchi manba energiyasi hisobiga kuchaytiriladi. 
39 O‘lchash metodini nazariy jihatdan to‘la asoslanmaganligidan hosil bo‘ladi yoki noto‘g‘ri 
formulalar ishlatishdan hosil bo‘ladigan xatolik 
Javob: Metodik xatolik. 
40 O’lchashning muntazam hatoligi deganda – 


Javob: biror kattalikning takroriy o’lchash natijasida doimiy qoladigan yoki qonuniy ravishda 
o’zgaradigan o’lchash hatoligining tashkil etuvchisi 
41 O‘lchash deb nimaga aytiladi? 
Javob: O‘lchash deganda shunday aniqlash, anglash jarayoni tushuniladiki, unda biror noma`lum 
kattalik fizik eksperiment yordamida uning solishtirish asosi uchun qabul qilingan qiymati bilan 
o‘zaro solishtiriladi. 
42 O’lchashlar natijalarining yaqinliligi deganda – 
Javob: bir kattalikning o’zini bir xil sharoitlarda, bir xil puxtalik va usul bilan bir xil vositalar 
yordamida takror o’lchash natijalarining bir-biriga yaqinligi. 
43 Ko‘rsatkichlarda qaytaruvchanlik nima bilan tavsiflanadi? 
Javob: O‘lchash natijalarining o‘rtacha kvadratiik og‘ishi bilan 
44 Absolyut xatolik formulasini toping 
Javob: Δ=Ax - A0 
Metrologiya 7-test | 100% 
1 Kuchlanish bo‘lgichlari qanday maqsadda ishlatiladi? 
Javob: O‘zgarmas tok potensiometrlarining o‘lchash diapazonini kengaytirishda ishlatiladi 
2 Milliy etalonlar markazi qachon tashkil qilingan - 
Javob: 2001 yil. 
3 Kuchaytirgich qanday qurilma? 
Javob: Kuchaytirgich aktiv masshtabli o‘zgartkich (to‘rt qutbli qurilma) bo‘lib, unda kirish 
signali yordamchi ta`minlovchi manba energiyasi hisobiga kuchaytiriladi. 
4 O‘lchash deb nimaga aytiladi? 


Javob: O‘lchash deganda shunday aniqlash, anglash jarayoni tushuniladiki, unda biror noma`lum 
kattalik fizik eksperiment yordamida uning solishtirish asosi uchun qabul qilingan qiymati bilan 
o‘zaro solishtiriladi. 
5 O‘rindoshlik usuli - 
Javob: O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchovi orqali yaratilgan aniq qiymatli kattalik bilan o‘rin 
almashinishiga aytiladi. 
6 O‘lchash vositasiga ….. kiradi. 
Javob: Kattaliklar o‘lchovlari, o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash asboblari, qurilmalar, o‘lchash 
sistemalari. 
7 O‘lchash usullari nechtaga bo‘linadi? 
Javob: 2ta 
8 Etalonlarning qanday turlari mavjud? 
Javob :Davlat etaloni, birlamchi etalon, maxsus etalon, ikkilamchi etalon, nusxa etalon, guvoh 
etaloni, taqqoslash etaloni, ishchi etalon. 
9 Qo‘shaloq o‘zgarmas tok ko‘prigining sezgirligi nimaga bog‘liq? 
Javob: Nol-ko‘rsatkichning sezgirligiga, ko‘prik zanjirining parametrlariga va ish tokining 
qiymatiga bog‘liq. 
10 ..................... deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash 
vositasiga aytiladi. 
Javob: O‘lchov. 

Download 379,52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 379,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metrologiya 6-test | Ko'pchilikga kerak bo'lgan test | 2-qism

Download 379,52 Kb.
Pdf ko'rish