-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va




Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/207
Sana05.01.2024
Hajmi12,1 Mb.
#130489
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   207
Bog'liq
MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover

 


2-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va 
matеmatika markazini tashkil etish 
 
O’quv mashg’uloti rejasi 
 
1Katta va tayyorlov guruhlarda qurilish, konstruksiyalash va matematika markazini tashkil 
etish haqida tushuncha. 
2 Katta va tayyorlov guruhlarda qurilish, konstruksiyalash va matematika markazini tashkil 
etishning maqsad va vazifalari 
 
Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagi qurilish 
elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xolda inshootlar 
bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar,ferma va shu kabilar. 
Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘pnarsalarni o‘zlashtirib oladilar. U 
bolalarning matematik qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, ijtimoiy 
ko‘nikmalarni 
egallashga yordamlashadi, muammolarni xal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, 
ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish 
mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli 
narsalarni – o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini 
qo‘shib 
qo‘yish 
mumkin. 
Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy hayotdan olingan 
kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xoxish-istak uyg‘otish uchun albatta kerakli kiyimlar 
va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo‘layotganini 
anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga yordam 
beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari matematika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan 
usullarning shakllari turli-tumandir. Bu shakllarning har biri didaktik yo‘nalganligi, 
bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individualma-individual ish nisbati, pedagogik 
rahbarlik xususiyatlari bilan shartlangan holda o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Ko‘pincha 
bitta mashg‘ulotni amalga oshirish bolalarning bilishga oid faoliyatlarini tashkillashtirishning 
bir necha ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Masalan, umumiy shakl guruh bilan uyg‘unlikda 
yetarlicha samarador va sifatli oliy natijalarni beradi. Maktabgacha yoshdagilar bilan 
eksperimental ish quyidagi bosqichlar doirasida olib borildi: 
1-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki elementar matematik 
bilimlar, ko‘nikma va malakalarining egallanishi; 
2-bosqich – bilimlarni nazorat qilish (mustahkamlash); 
3-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faollik jarayonini 
rivojlantirish va ular egallagan bilimlar asosidagi tajriba, ko‘nikmalarini 
shakllantirish. 
Bu jarayonda maqsadga muvofiq ravishda quyidagi uslubiy tamoyillar tadqiqot 
ishining tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asos sifatida xizmat qildi: 
1.Og‘zaki – ertak, hikoya, tushuntirishlar. 
2.Ko‘rgazmali – illyustratsiya, tarqatma materiallar. 
3.Amaliy kubiklar,legolar, konstruktorlar, geometrik shakllar yasash va ulardan 
amalda foydalanish. 
4.Turli matematik tushunchalarni mustahkamlash. 


174 
5. Ijodiy-mustaqil–jamoaviy (guruhda tarbiyachi nazorati ostida, qurish yasash 
ishlarida). 
Og‘zaki, ko‘rgazmali usullarga oid uslubiy tamoyillar ta’limning birinchi bosqichida 6-7 
yoshli bolalarda qo‘llanildi. Geometrik shakllar, sanoq va miqdor, 
kattalik, fazoviy tasavvurlar va vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni o‘rgatish ishlarini sekin-
asta mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha topshiriqni murakkablashtirgancha olib boorish ancha 
natijadorlikka olib keldi. Har bir mashg‘ulotda bolalarda matematika bilan 
muloqotdan quvnoq 
kayfiyat 
yaratishga 
urindik. 
Bolalarnikiga mehmonga 
ertak 
qahramonlaridan Zumradoyning kelishi muammolarni hal etish uchun yordam so‘rashi 
bolalarga matematik masalalarni hal etish uchun qiziqish uyg‘otdi. Bolajonlarga bu 
mashg‘ulot quvonch baxsh etadi, ularni matematik tushunchalardan foydalanishga, ularni bir 
biridan farqlashga o‘rgatadi. Bunday mashg‘ulotlarga ko‘pincha ertak qahramonlari tashrif 
buyuradi va bolalar bilan o‘ynashga kirishadi. Demak, tarbiyachi bunday mashg‘ulotlarni 
to‘g‘ri tashkil qilish orqali bolalarda matematik tasavvurlarning va tushunchalarning 
shakllanishi, ularni amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta 
va katta guruhlarda bilib olgan matematik bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu guruhda tahsil 
yangi, ancha murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy 
malakalarini egallaydilar. Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, 
balki ular bilan ikki amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal 
qilishni, o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar. 
Tajriba sinov 
ishlari 
natijasi shuni 
ko‘rsatdiki, maktabgacha 
ta’lim muassasalari 
tarbiyalanuvchilari yoshiga mos ko‘rgazmali, og‘zaki va turli uslubiy tamoyillarni 
qo‘llashni taklif qilamiz. Masalan, bolalarga soat tasviri tushirilgan chiroyli illyustratsiyani 
ko‘rsatamiz. 
Tarbiyachi 
hikoya 
qilyapti: 
“Devorda 
qadimiy 
soat 
osig‘liq 
turipti (tarbiyachi nog‘oraga bir marta uradi). Biroq soat chiqillab yurishi kerak, tik-
tak (tarbiyachi nog‘oraga bir necha bor uradi). Bolalar biz sizlar bilan nog‘ora cholg‘usida 
soat qanday yurayotganini eshitdik, qutichada yomg‘ir qanday yog‘ishini eshitish ham 
mumkin. Tarbiyachi so‘zlaydi: “Zumrad sayrga chiqdi, to‘satdan uning kaftiga yomg‘ir 
tomchisi tushdi (tarbiyachi qutichaga urib, tovush chiqaradi). Bulut quyosh yuzini qopladi va 
Zumrad 
kaftiga 
bir 
necha yomg‘ir 
tomchilari 
tushdi 
(tarbiyachi 
qutichaga bir necha marta uradi). 
Avvaliga tomchilar 
siyrak 
tushdi (tarbiyachi buni qutichada siyrak zarblar bilan tasvirlaydi), keyin esa yanada 
ko‘payaverdi. Yomg‘ir kuchaydi (tarbiyachi tez-tez zarb beradi). Zumrad soyabonini ochdi 
va yomg‘irning tugashini kutib turdi. Tez orada quyosh mo‘raladi va yomg‘ir tindi”. Keyin 
tarbiyachi 
bolalardan qanday 
yomg‘ir bo‘lganini aniqlashtiradi. Bolalar javob 
qiladilar: “Kuchli, katta, ko‘p, kam, kichik”, tarbiyachi esa soatga e’tibor qaratadi: “Bolalar, 
qaranglar: men qaysi asbob yordamida yomg‘ir tomchilarini yetkazdim? Bu asbob soat deb 
nomlanadi, avvaliga necha tomchi, ikkinchi martagachi? Eslab ko‘ramizmi?”. Shunday qilib, 
sanoq, miqdor, 
tezlik, 
kattalik 
tushunchalarini 
mustahkamlaymiz, 
bolalarga 
uni ko‘rib chiqish va tovush chiqarishini yana bir bor tinglashni taklif qilamiz. 
Keyingi mashg‘ulotlarda bolalarga matematik topishmoqlar taklif qildik. 
Tarbiyachi turli suratlarni tasvirlagancha tayoqcha bilan qutichaga urdi, bolalar esa 
yomg‘irning qanday - kuchli yoki kuchsiz yog‘ayotganini aniqlashlari kerak bo‘ladi. 
Bolalar bilan matematik-didaktik o‘yinlar o‘tkazish ham mumkin. Bolaning matematik 
qobiliyatini rivojlantirgancha tayyorlov guruhida muayyan mazmun va 


qoidalari bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni olib boramiz. Katta guruhdan yaxshi 
tanish bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni yodga olamiz va bir necha mashg‘ulotda 
takrorlaymiz. Keyin sekin-asta ularni murakkablashtiramiz va ular yangi shaklni olgancha 
harakatli o‘yinlar 
bo‘ladi. Bolalar “Ajoyib xaltacha” matematik-didaktik o‘yinida 
geometrik shakllarni paypaslab, uning nomini topadilar, keyin ularga shu shakllar yordamida 
yaxlit figuralar hosil qilish taklif qilinadi. Tayyorlov guruhda matematik-didaktik o‘yinlar 
mazmuni birmuncha murakkablashtiriladi. Biz yangi “Shaklli domino”, “Pazl”, “10 ni hosil 
qil”, “Kun va tun”, “Qo‘shnilarini top”, “Tangramma” o‘yinlarini taklif qilamiz. Sekin-
asta bolalarda matematikani idrok etish tajribasi boyitildi. Bolalarda esa o‘zlari sevgan 
matematik o‘yin-mashg‘ulotlar o‘tkazildi, do‘stlari bilan mustaqil harakat qilish istagi paydo 
bo‘ldi. 
Matematik tushunchalarni o‘rganish jarayonida tayyorlov guruhdagi 6-7 yoshli bolalar 
oldiga yangi, yanada murakkab vazifalarni qo‘ydik. Tanish shakllar asosida 
konstruktorlik ishlarni bajarishga o‘rgatdik. Bu ulardan muayyan malakalarni talab 
qildi. Agar o‘rta guruhda matematik amallarni bajarish vaqtida diqqat talab qilinsa, 
katta va tayyorlov guruhda ular oldiga yangi: umumiy dinamikaga, tezlikka amal qilish, 
konstruksiyalashni o‘z vaqtida boshlab, tugatish vazifalari qo‘yiladi. Biroq, shunday bolalar 
borki, ular umumiy tezlikka amal qila olmaydilar. Misol tariqasida Azima va Botirjon bir 
vaqtda 
konstruksiyalashni 
boshladilar, 
keyin 
Azima 
kuzatuvchiga 
quloq 
tutmasdan Botirjondan o‘zib ketdi. Tahsilning oxirgi yilida barcha bolalar uchun matematik 
amallarni bajarish usullari yana ham murakkablashtirildi, amallarni bajarish malakalari 
mustahkamlandi va takomillashtirildi. Bolalar son sanoq, miqdor, fazoviy tasavvurlar, vaqt, 
geometric shakllar, kattalik tushunchalari bilan tanishadilar. Keyingi bosqich – bolalarni 
matematika daftaridagi kataklarga sonlar va ularning elementlarini to‘g‘ri yozishga 
o‘rgatishdan iborat. Ushbu bosqichda daftar kataklarining kattalashtirilgan shakllari tanlandi.
Texnik usullar. Raqamlar bilan tanishtirishda bolalarga dastavval raqamlarni 
yozishga, to‘g‘ri o‘tirish va ruchkani to‘g‘ri tutishga o‘rganadilar. O‘tirg‘ichning 
o‘rtasiga o‘tirish, tanani erkin va to‘g‘ri tutish zarur. Multimediadan foydalanib 
bolalarga animatsiyali raqamlarning chiqishlarini tomosha qilishni tashkil etish kerak. 
Shundan keyin ularga tanish bo‘lgan raqamlar nomini aytsak, bolalarni ilg‘ab olishi va esida 
saqlashi oson kechadi. 
Bugungi kunda olib borilayotgan har bir tadqiqotning vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
- mavzuga oid pedagogik manbalarni o‘rganish, taxlil qilish va 
umumlashtirish; 
- muammoning nazariya va amaliyotdagi axvolini o‘rganish xamda taxlil 
qilish; 
- maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarida 
bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni va metodikasini ishlab 
chikish; 
- bolalar bilimini shakllantirishga yunaltirilgan pedagogik tizimning 
samaradorligini amaliy tajribada sinab kurish; 
- Tadqiqot natijalari asosida respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari 
xodimlari va ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar yaratish. 
Sonlar va raqamlar xususida tarbiyalanuvchilarga tushunchalar berildi. Dastlab, sonlar 
qanday kelib chiqishi, ular nimani anglatishi xususida ma’lumot berildi. 


176 
Shundan so‘ng, geometrik shakllarni ushlab ko‘rishlari, burchaklariga qo‘llari bilan 
tegishlariga ruxsat berildi. Uchburchak so‘zma-so‘z tarjima qilinganda uchta burchak degan 
ma’noni anglatishi gapirib berildi. Shundan so‘ng geometrik shakllar dan pedagog 
tarbiyachilar o‘z amaliyotida keng foydalanadigan bir necha shakllardan 
yaxlit 
tasvir 
chizish taklif qilindi. Matematika mashg‘ulotlarini integratsiyalash o‘zaro hamfikrlilik, bir 
biriga qarab rasm chizish, o‘rtoqlarining harakatlariga e’tiborli bo‘lish tuyg‘usini 
rivojlantirishga 
imkon beradi. 
Matematik 
fikrlash bola 
miyasining 
intellectual 
faollashuvi vazifalarini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi, natijada barcha bolalar aqliy 
jihatdan 
faollashadi. 
Ularda 
fantaziya 
va 
ijodiy 
qobiliyat, matematik 
nutq 
rivojlantiradi, matematikani tushunish va sevishga o‘rgatadi. Matematika mashg‘ulotlari 
jarayonida 
sanashni o‘zlashtirish borasida, misollarni 
yechish 
barobarida 
bolalar 
misollarning tuzilishini yaxshiroq tushuna boradilar, ularning ko‘p yoki kamligini, 
mazmunini farqlaydilar va o‘zlari uchun yangi bo‘lgan matematika olamiga kirib boradilar. 
Matematika mashg‘ulotlarida 
tarbiyalanuvchilarni 
sonlar 
bilan 
tanishtirishda 
raqamlarni eslab qolish maqsadida ularni belgilash uchun rangli aylanalardan, sanoq 
cho‘plaridan foydalanadilar, keyinroq bolalar rangli aylanalar va sanoq cho‘plarsiz 
mustaqil uddaladilar. Tarbiyalanuvchilarning matematika mashg‘ulotlarini 
o‘zlashtirishlarini hamda ular tomonidan erishilayotgan muvaffaqiyatlarni monitoring 
qilish shart deb hisoblaymiz, chunki u nafaqat bolalarning muvaffaqiyatlarini 
baholashni, balki pedagogning o‘zini va korreksion jarayonning barcha ishtirokchilari 
faoliyati samaradorligi darajasini tahlil qilish imkonini beradi. Pedagog esa, olingan 
natijalardan kelib chiqib, bolalar, pedagoglar, ota-onalar bilan ishlashda tanlangan 
usullar, texnologiyalarning to‘g‘riligi yuzasidan xulosa qilish imkoni tug‘iladi va 
zaruriyat bo‘lganida o‘quv dasturini mukammallashiga erishiladi. 
Mashg‘ulotlarning natijasi bolalarning o‘zlashtirish darajasi va ochiq mashg‘ulotlarda 
ko‘rinadi. Aynan shunda bolalar mas’uliyatli, intizomli, e’tiborli bo‘lishga 
o‘rganadilar. Agar kuzatuvchilar nafaqat bolalar, balki sevimli ota-onalar bo‘lsa, 
unda muvaffaqiyatdan quvonch ikki barobarga ortadi. Bu yo‘nalishda birmuncha 
mahsuldori, bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim muassasasida yuzaga kelgan, 
jamoaviy sharoitda maxsus matematik qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
qo‘shimcha ta’lim va ijodiy ishlash konsepsiyasi bo‘ldi. Bugungi kunda bu loyihaviy 
usul maktabgacha ta’lim faoliyatida ta’limning innovatsion usuli hisoblanadi. Bu 
usullar mashg‘ulotni faollashtiradi, ularni hissiy jihatdan maftunkor va yorqin qiladi. 
Mazkur texnologiyaning maktabgacha pedagogikada mavjud bo‘lgan boshqa 
texnologiyalardan farqi shundan iborat. 
Loyixaviy mashg‘ulotlar quyidagicha amalga oshiriladi. O‘yinli, 
kommunikativ, bilishga oid-tadqiqotchilik, matematik va harakatli faoliyat, bolalar va 
kattalar bilan muloqot tarzida. Bunda tarbiyalanuvchilarda o‘zaro harakat, ijtimoiy va 
emotsional intellekt 
rivojlanadi
, tengdoshlari bilan birgalikda faoliyat yuritish 
ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, tasavvur va ijodiy faollik rivojlanadi, matematik 
zukkolik, miqdor, sanoq, vaqt, geometrik shakllar, vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish, 
harakatlar uyg‘unligi, matematik qobiliyatlar rivojlanadi. Matematikadan eng sodda 
tasavvurlar shakllantiriladi, har bir bolaning individual chiziqlari, irodaning 
mavjudligi, emotsionallik, diqqati jamlanganligi namoyon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchida 
o‘z kuchiga ishonmaslik, tortinchoqlik, juratsizlik bartaraf etiladi. 


 Maktabgacha ta’lim muassasasida turli xil o‘yinchoqlarni yasash uchun qog‘ozdan tabiat 
materialidan keng foydalaniladi. Bolalarga qog‘ozning turli xil turlari beriladi: vatman, 
karton, yupqa va turli qog‘ozlar. Tarbiyachi bolalar bilan birga 
tabiiy materiallarni tayyorlab

bir yil ichida ularni g‘amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong‘oqlar 
teradilar. Mevalar urug‘i yaxshilab yuvilib quritiladi, bunday urug‘lar maxsus kutilarda 
saqlanadi. Bu xildagi qo‘llanmalarni yasash uchun quyidagi materiallardan ham 
foydalaniladi: qog‘oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho‘pi, yelim, qaychi. 
Qog‘oz tabiat va tashlandik, materiallari. Bu materiallar bolalar bog‘chasida turli-tuman 
o‘yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo‘libgina 
qolmay, balki qiziqarli va bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-
xil turlardagi qog‘ozlar bilan ishlaydilar. Xilma-xil tabiat materiallari manzarali daraxt 
mevalari, shox-shabbalar va boshqalar. Tarbiyachi bolalar birgalikda tabiat materiallarini 
oldindan tayyorlab boradi. Masalan: urug‘lar, danaklar, yaxshilab yuvilib, quritilib yig‘iladi. 
eman va kashtan yong‘oqlarining daraxtdan to‘kilishi bilan terib oladilar. Chinor va yasen 
дарахтининг уруғи эса qishda yig‘iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda 
saqlanadi. Shuningdek, ulardan o‘yinchoklar yasashda, yordamchi materiallar, qog‘oz, 
karton, plastilin, simlar, yelim va mexnat qurolllari, qaychi, bigiz, igna va boshqalar 
qo‘llaniladi.

Download 12,1 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   207




Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va

Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish