178
qilinganini so‘raydi. (qog‘ozdan–uy, rangli qog‘ozdan esa tomi, poloskadan truba, deraza,
eshiklar va hokazo). Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga
uychani ketma- ketlik asosida qurishni davom etadi. Qachonki bolalarga murakkab
konstruksiya berilsa, ularni tajribalarini hisobga olgan holda tarbiyachi bajarish usulini
to‘laligicha ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo‘lsa, bolalar o‘zlari
mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko‘rsatadi. Masalan,
yozuv kitobchalari yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan
bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalardan mustaqil bajarib, so‘ng uni
bezashni iltimos qiladi. Yilni oxirida bolalarda qog‘oz bilan ishlash tajribasi ortganligi uchun
tarbiyachi bolani xohishlari bo‘yicha qurish-yasash mashg‘uloti o‘tkazadi. Tarbiyachi bu
mashg‘ulotdan 1-2 kun oldin bolalarni qog‘ozdan yasalgan narsalarni ko‘rgazma qilib,
bolalarga ularni qanday yasalganligini eslatib qo‘yadi. Mashg‘ulot
davomida tarbiyachi
bolalar ishiga rahbarlik qilib tekshirib boradi. Tayyor bo‘lgan narsalarni tahlil qilganda
tarbiyachi asosiy e’tiborni to‘g‘ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi. Таbiiy materialdan
narsa yasashga o‘rgatish yilning ohirida boshlanadi. Masalan: yong‘oq po‘stidan tipratikan
yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi bolalarga tipratikanni o‘zini ko‘rsatadi. Yoki uning
rasmini ko‘rsatadi, uni tanasi igna bilan qoplanganligini, oyoqlari kaltaligini tushuntiradi.
Keyin mashg‘ulotda tayyor o‘yinchoq bilan rostakam tirik tipratikanni solishtiradi, so‘ng uni
qanday yasashni bir bir ko‘rsatadi. Uning tanasi yong‘oq po‘stidan, ignalari, yuzi plastilindan
yasaladi. Avval yong‘oq ustiga plastilin surtiladi, yuz tuzilishi va ignalarini yasaydi.
Mashg‘ulot davomida bolalarga maslaxat berib yordamlashadi. Bolalarning barcha yasagan
narsalari ma’lum bir maqsad uchun ishlatiladi. Albomlar–rasm uchun, yuk mashinasi.
Uychalar–o‘yinlar uchun. Shunda bolalarda qiziqish uyg‘onadi, shuning uchun narsalarni
qiziqib chiroyli toza bajaradilar. Qurish-yasash uchun kerak bo‘lgan materialni tayyorlash
tarbiyachidan ko‘p vaqtni talab etadi.
Tayyorlov guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish–yasashga o‘rgatishning vazifalari.
Mashg‘ulotda bolalar qog‘oz bilan ishlash ko‘nikma va malakasini egallab boradilar:
qog‘ozning turli tomonlariga buklash, diagonal bo‘ylab bo‘lish, tayyor andazani buklash
shablon bo‘yicha qismlarni qirqish. Tayyorlov guruhda bolalar
turli narsalar yasaydilar-
o‘yinchoqlar. Karton yordamida o‘yinchoqlar tayyorlanadi (masxaraboz , qo‘lini
qimirlayotgan quyon…) qutidan, karton va qog‘ozdan (avtomashina, yuk krani, traktor, uy)
qurish mumkin. Qog‘oz karton, tabiiy materialdan (ildiz, tayoqcha va boshqa lar) suvda
o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, (kemacha, barja) qurish mumkin. Tarbiyachi bu o‘yinchoqlarni
nima uchun qo‘llanilishini bolalarga o‘rgatadi. Tabiiy materiallardan narsa yasash
mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga shox-shabba, shishka, uruglardan foydalanib, bu
figuralarning alohida qismlarini turli usulda birlashtirishni (yelim, sim, gugurt cho‘pi,
plastilin bilan va…) o‘rgatadi. Bolalar turli shakllarni odam, hayvonlarni, qush, baliq,
kapalaklarni, archani urug‘i, yong‘oq postidan, o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha, tarbiyachining
topshirig‘i bo‘yicha yasaydilar.
Bolalarga yana shoxlar, ildizlarni tanish bo‘lgan ertak
qaxramonlariga o‘xshaganlarini topishni ham o‘rgatib boriladi. Bu faoliyat orqali bolalarni
fantaziya, tasavvurlarini rivojlanib boradi.
Qog‘ozni chizilgan chizik buylab buklash, andaza bo‘yicha ishlash malakasi mebel yasash
mashg‘ulotida shakllanib, mustahkamlanadi. Namunani ko‘zatgach bolalar undan nima
yasash mumkinligini aniqlaydilar. Bir stol atrofida o‘tirgan bolalar, ishni bo‘lib olib (bir bola,
divan, boshqasi kreslo va hokazo). Stol stulning oyoqlarini balandligini aniqlaydi. Xuddi shu
mavzu bo‘yicha yana bir mashg‘ulot o‘tkaziladi, bunda bolalar o‘zlari andaza qilib, uni
to‘g‘ri buklab turli mebellar yasaydilar. Bundan tashqari ular lineyka bilan chiziq chizish,
o‘zunlik, enini o‘lchashni ham o‘rganadi.
Tarbiyachi faqat chizg‘ich bilan qanday ishlashni ko‘rsatib beradi, kolgan kismini bolalar
mustaqil bajaradilar. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin bolalar bir- birlari bilan nima
yasashlarini gaplashib oladilar va kerakli materiallarni o‘z stollariga joylaydilar. Bunday
mashg‘ulotlar bolalarni qo‘l muskullarini rivojlantirib qolmay, balki ularni xotira, fikrlash,
ijodlarini ishdan oldin planlashtirish qobilyatlarini ham o‘stiradi.
Aytaylik, yangi yil
bayramiga bolalar mashg‘ulotda archa o‘yinchoqlarini yasaydilar. Bolalar namunani o‘zlari
tanlab, materiallarni tayyorlab, mustaqil bajaradilar. Bu mashg‘ulotda bolalar applikatsiya
mashg‘ulotida olgan bilimlarini qo‘llaydilar: qog‘ozni ko‘p buklab bir xil tipli figuralarni
qirqadilar. Tayyorlov guruhda tarbiyachi bolalarni oldingi guruhlarda olgan bilimlarini,
malakalarini mustahkamlaydi. Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha mavzu tanlab, kerakli
materiallarni tanlab, ishni nimadan boshlash, uning qismlarini qanday birlashtirishni mustaqil
bajara oladilar. Tarbiyachining yordami bilan bolalar avtomashina,
kartondan
harakatlanuvchi o‘yinchoqlar (quyon, matryoshka, ayiq va hokazo) ni asosiy qismga mayda
qismlarni ip bilan birlashtiradilar. Tarbiyachi yangi materialni tushuntirayotganda uning
qismlarini birlashtirishga bolalar diqqatini qaratadi, mavzuga ikki mashg‘ulot ajratiladi.
Birinchisida bolalar quyoncha va ayiqni qirqadilar, boshqa mashg‘ulotda hayvonlarni,
qo‘g‘irchoqlarni qirqadilar. Tabiiy materialdan narsa yasash mashg‘uloti ko‘pincha yozda va
kuzda oliб boriladi. Мashg‘ulotga bir necha kun qolganda tarbiyachi mavzu nomini aytib,
mavzuga oid materiallarni yig‘ishni iltimos qiladi. Мashg‘ulot davomida bolalar qanday qilib
qismlarni bir-biriga birlashtirayotganliklarini kuzatib boriladi. Bir stol atrofida o‘tirgan
bolalar birga fikrlashib, kompozitsiya tashkil qiladilar.
Tayyorlov guruhda bolalar katta texnik malakalarni talab qiluvchi ancha murakkab
konstruksiyalarni o‘zlashtirib beradilar. Shuning uchun tarbiyachi narsalar yasashni, uning
bajarilish usullarini aniq tushuntirib, ko‘rsatish uslubidan tez-tez foydalanadi. Tarbiyachi
balkonli uyni qurish mavzusida avval ko‘p qavatli balkonli uy konstruksiyasini tayyor holda
ko‘rsatadi, so‘ng ishni o‘zi ko‘rsatib, uyni qanday yasalishini qog‘ozni buklab, balkonlarini
yasash uchun qirqib, uni tomini qanday joylashishini ko‘rsatib beradi. Agar mashg‘ulotda
bolalar tanishish usulini qo‘llasalar, tarbiyachi faqat namunani kuzatish va qisman ko‘rsatish
bilan cheklanadi halos, yoki bolalar bilimini faollashtiruvchi savollar berishi mumkin. Archa
o‘yinchog‘ini yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga namunani ko‘rsatgach, uni qanday
qirqishni bolalardan so‘raydi. Ular bunga javob beradilar, so‘ng o‘zlari mustaqil bajaradilar.
Agar yasalayotgan narsa masalan: harakatlanuvchi o‘yinchoqlar, ko‘p
vaqtni olsa, bolalar
qiynalsalar, tarbiyachi mashg‘ulotni ikkiga bo‘lishi mumkin. Birinchi mashg‘ulotda
tarbiyachi kartondan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatishi, bugungi teatr o‘yiniga ham xuddi
shunday o‘yinchoqlar yasashligini aytib o‘tadi. Lekin bu o‘yinchoqni chizib berish lozim,
so‘ng bolalar hayvonchani o‘ylab topib chizib bo‘yaydilar. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar
tarbiyachining tushuntirishi va ko‘rsatmasi asosida o‘yinchoq yasaydilar. O‘yinchoq yasash
mashg‘uloti avvaldan tayyorlikni talab qiladi. Tarbiyachi bu ishga bolalarni jalb qiladi. Ular
material tayyorlashga yordamlashadilar: qog‘oz qirqadilar, shakli bo‘yicha joylashtiradilar,
qog‘ozni oldidan (mebelni oyog‘i uchun) truba qilib yopishtiradilar. Bolalar o‘z o‘ylaganlari
bo‘yicha mashg‘ulotning yaxshi o‘tishi avvldan tayyorgarlikka bog‘lik: bolalar qanchalik
materiallarni yasaydigan predmetlarini tez topsalar, nima yasashlarini oldindan bilsalar,
shunchalik mashg‘ulot qiziqarli bo‘ladi. Tarbiyachi mashg‘ulot uchun bolalar bilan turli
o‘lcham, turli shakldagi daraxt, gul, butalarning urug‘larini, shox, makkajo‘xorini doni,
180
beresta, mox va boshqa ko‘pgina tabiiy materiallarini yig‘adilar. Bolalar oldindan o‘ylagan
narsalari uchun materiallar yig‘adilar: yirik urug‘ tanasi uchun, mayda urug‘ boshi uchun,
turli shoxlar–qo‘l, oyoq, panjalar uchun. Tarbiyachi bolalarga yig‘gan materialdan narsalar
yasashni o‘rgatadi, ya’ni bolalar diqqatini shu materiallar hayvonlarni figuralariga o‘xshab
ketishiga (yugurayotgan kiyik,
tuya qush, odamlar va hokazo) qaratadi. Bu narsalarni
yasashda tarbiyachi ham ishtirok etishi mumkin. Bolalar tayyor figuralarni taglikka
o‘rnatayotganlarida tarbiyachi taglikni mix bilan teshib beradi yoki kapalaklarni qanotlarini
shishkaga joylashtirib beradi. Bu barcha yasalgan narsalardan ko‘rgazma uyushtiriladi. 8-
mart bayramiga, ota- onalar majlisiga bag‘ishlanadi. Bu ko‘rgazmalar bolalar ishini yanada
yaxshi bo‘lishiga yordam beradi va bolalarda javobgarlik hissini estetik didlarini yanada
o‘stiradilar.