190
5-Mavzu: Turli yosh guruhlarda “G’aroyib dunyo” oy mavzusi bo’yicha o’yinli ta’lim
faoliyatini tashkil etish.
Reja:
1. O’tgan zamonga sayoxat. Tarixiy muzeyga sayoxat haqida
2. “G’aroyib dunyo” oy mavzusi bo’yicha o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish
.
O’tgan zamonga sayoxat. Tarixiy muzeyga sayoxat haqida
Maqsad: Bolalarga o’tgan zamonga sayoxat davomida milliy urf odatlar va qadryatlar haqida
umumiy bilim malakasini mustaxkamlash ajdodlarimizning yashash tarsi ularni foydalangan
buyumlari haqida o’z zamonasining urf odatlari, maishiy
buyumlari haqida umumiy
ma’lumot berish.
Bolalarni aqliy qobilyatlarini o’stirish tevarak atrofdagi buyumlar voqeyalarni zamon
o’zgarishlari texnikalar rivojlangan davrda yangi maishiy buyumlardan pilisos bilan
tanishtirish.
Bolalarga rasm chizish orqali o’z tasavvurini boyitish
ranglarda foydalana olishga
o’rgatish. Mustaqilijodiy fikrlash qobilyatini tasviriy faoliyat jarayonida ishining rejalash
oxirigacha yetkazib harakat qilish malakasini rivojlantirish topshiriqlari
orqali mantiqiy
fikrlashni takomillashtirish.
Berilgan vazifalar aniq va ravon chiroyli chiza olishga o’rgatib borish.
E’tiborga molik jixat: Bolalarni pilisos bilan tanishtirish bilan malaka va ko’nikmalar
shakllanadi, o’yinlar amalda bajariladi.
Faoliyatning borishi: Bolajonlar mana bugun sizlar bilan qishlog’imizda joylashgan bizga
yaqin bo’lgan tarixiy muzeyga sayoxatga boramiz. Biz avlod va ajdodlarimizning yashagan
davrini o’z zamonamizdagi buyumlar jaqida ularni o’z ko’zimiz bilan ko’rib zamonlarni bir
biri bilan taqqoslaymiz. Men muzey hodimlari bilan kirishimiz uchun ruxsat oldim. Hozir biz
bolajonlar sayoxatga mashinada emas balki ot aravada boramiz bir birimizni qo’limizni
ushlagan holda ot aravalarda sayoxatga ketmoqdamiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar qaranglar yo’llarimiz loy o’ydim chuqur noteks bolajonlar qish fasli
bo’lganligi uchun har bir honadondan tutunlar chiqib atrof olamni o’z tasirini ko’rsatmoqda.
Mana tarixiy muzeyga ham yetib keldim. Bolalar qiynalmadinglarmi yo’q opajon
qiynalmadik.
Tarbiyachi: Mana tarixiy muzeyga ham yetib keldik. Marhamat kelinglar
Muzey hodimlari iliq kutib oldilar. Bolajonlar ota-bobomiz
yashagan sharoitni
ko’ryabsizlarmi. Mana shunday sharoitga ham shukrona qilib yashaganlar. Bolajonlar uylarni
devorlari guvaladan sariq loylardan qurilgan uy ichlarida paxollar solib ustidan kigizlar solib
o’tirganlar.
Mana bolajonlar, ularni yashash sharoitlarini ko’ryabsizlar-a
ular sandallarda
o’tirishgan. O’choqlarda pirmiz choy qaynatib ichganlar. Ularni yashash sharoitlari juda ham
qiyinchilik bilan yashaganlar. Ularni tozalash uchun daraxt novdalaridan sava cho’plardan
uydagi kiygizlarni savalashgan. Ular davrida xattot supurgi bo’lmagan, keyinchalik
supurgilar paydo bo’lgan.