4-Mavzu: “Mening shahrim – mening mahallam” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini
tashkil etish. Badiiy-ijodiy mavzudagi syujеtli-rolli o’yinlarni markazlarda tashkil
etish.
Reja:
1. Voqeaband–ijroli o‘yinlar.
2. Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
3. “Mening shahrim, mening mahallam” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini
tashkil etish.
Boladagi
ijodkorlik layoqatini, o‘yin uchun g‘oyalar o‘ylab topishini, yangi o‘yinlar
tashkil etish istagini rag‘batlantirish. Bolani tengdoshlari bilan ahil o‘ynashga, o‘yinchoqlari
bilan o‘rtoqlashishga odatlantirish.
Bolaga
o‘yinlarda o‘z imkoniyatini
haqqoniy
baholashga va
achchiqlanmasdan mag‘lubiyatni tan olishni o‘rgatib borish.
Voqeaband–ijroli o‘yinlar. Bolaning o‘yin jarayonida
atrof-olamni idrok etishga,
insoniy munosabatlarni anglashga, kasblar haqidagi tushunchalarini yanada boyib borishiga
e’tibor berish lozim.
Bolaga badiiy asarlar, teleko‘rsatuvlar, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar,
sayohatlardan olgan
taassurotlari asosida o‘yin mavzusini rivojlantirishni o‘rgatish. O‘yinlarda voqealar, hayotiy
vaziyatlar, kattalar mehnatiga taqlid qilish, ishtirokchilar soniga qarab,
turli axborot
manbalaridan (kino, adabiyot, ekskursiya) foydalanib o‘yin mazmunini kengaytirish va
boyitish, o‘yinda o‘rinbosar narsalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Bolani o‘yin mavzusi bo‘yicha
tengdoshlari bilan kelishishga; rollarni to‘g‘ri
taqsimlashga, tengdoshlariga o‘yin qoidalarini tushuntirishga, kerakli jihozlarni
tayyorlashga, harakatlar ketma- ketligiga rioya etishga, birgalikda uyushib harakat qilishga;
bir-biriga
yon berishga, o‘yin davomida yuzaga keladigan ba’zi ziddiyatlarni mustaqil
bartaraf qilishga o‘rgatishda davometish.
Bolaga o‘yin syujetiga mos tarzda qanday harakatlanish lozimligini oldindan
kelishish, mo‘ljallash, birlashuvchi syujet yo‘nalishi (tanish o‘yinni
yangicha fikrlar bilan
boyitish; ishtirokchilar, anjomlarni o‘zgartirish, o‘rinbosar narsalarni kiritish yoki rollar
tarkibini kengaytirish v.b.) hisobiga rivojlantirish orqali o‘yinni
yanada qiziqarliroq
bo‘lishiga erishishnio‘rgatish.
Bolaning ijodiy jihatdan o‘zini namoyon qilishiga, yangi o‘yinlarning yuzaga kelishi
va rivojlanishiga; o‘yin uchun zarur bo‘lgan qurilmalarni jamoa bo‘lib yasashiga,
ishni
rejalashtirishiga, mo‘ljallangan ishni oxirigacha etkazishiga sharoit yaratish. Mashg‘ulotlar
davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llashga o‘rgatish.
O‘yinchoqlarni o‘z joyiga yig‘ishtirib qo‘yishga odatlantirish.