• Sahnalashtirilgan o‘yinlar
  • Mttda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanish cdr




    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet139/207
    Sana05.01.2024
    Hajmi12,1 Mb.
    #130489
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   207
    Bog'liq
    MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover

    Voqeaband–rolli o‘yinlar. Bolaga o‘yin mazmuniga mos tarzda turli xildagi rollar 
    ijro etishni, anjomlar, qurilish materiallaridan foydalanish, o‘yin uchun etishmayotgan 
    narsalarni (teatr bileti uchun chipta, xarid uchun pullar) mustaqil olish va yasashni o‘rgatish. 
    Bolani o‘yin jarayonida atrof-borliq haqidagi tasavvurlaridan, kundalik hayotdan, adabiy asar 
    va multfilmlardan olgan taassurotlaridan ijodiy foydalanishga undash. O‘yin davomida, o‘z 
    g‘oyasini tengdoshlarining g‘oyalariga moslashtirgan holda o‘yinni kengaytirish qobiliyatini 
    rivojlantirish; barcha o‘yin ishtirokchilarining harakatlarini rejalashtirish va muhokama 
    qilish, kelishish ko‘nikmalarini shakllantirishda davom etish.Hamkorlik va o‘zaro yordamga 
    asoslangan munosabatlarni shakllantirish. Xayrxohlik, tengdoshlariga yordam berish
    o‘yinda o‘rtoqlarining manfaatlari, fikrlari, xohish istaklari bilan hisoblashish kabi yaxshi 
    odatlarni tarbiyalash, bahsli o‘rinlarni xushmuomalalik bilan hal qilishga o‘rgatish. 
    Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Teatrlashtirilgan o‘yinlar orqali bolada teatr san’atiga 
    bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish. 
    Bolaga sahnalashtirish uchun ertak, she’r va qo‘shiqlarni mustaqil tanlash, bo‘lg‘usi spektakl 
    uchun zarur anjom va dekoratsiyalarni tayyorlash, rollarni o‘zaro taqsimlash imkoni 
    berishlozim. 
    Ijro etayotgan obrazini etkaza bilishda ijodiy mustaqillik, estetik did va talaffuzdagi 
    aniqlikni rivojlantirish. Ifoda vositalaridan (gavda holati, imo-ishora, yuz ifodasi, ohang, 
    harakat) foydalanishga o‘rgatishda davometish. 
    Teatrlashtirilgan o‘yinlarda teatrning turli xillari (barmoqlar teatri, teatr, rasmlar teatri, 
    qo‘lqopli teatr, qo‘g‘irchoq teatri)dan keng foydalanish. 
    Ta’limiy o‘yinlar. Bolaning ta’limiy o‘yinlarga qiziqishini kengaytirish va chuqurlashtirish, 
    uning irodasini mustahkamlaydigan, chaqqon, ziyrak va hushyor bo‘lishga undaydigan 
    o‘yinlardan keng foydalanish. 
    Bolada turli ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish, etakchilik rolini bajarish malakasini 
    rivojlantirish. Ta’limiy o‘yin jarayonida tengdoshlari bilan hamkorlikda xarita va sxemalarni 
    tanlash tartibi haqida kelishib olishga, o‘z harakatlarini boshqa o‘yin ishtirokchilari 
    harakatlari bilan muvoffiqlashtirishga o‘rgatish. O‘yinda topqirlik, ziyraklik, sabr-toqatlilik, 
    do‘stlik, o‘zaro yordam, vazifani mustaqil va maromiga etkazib bajarish malakasini 
    rivojlantirish. 
    Bolani ayrim ta’limiy o‘yinlarni 
    o‘ylab topishga jalb qilish. 
    Sensor qobiliyatlarni rivojlantirish va mustahkamlash. 



    Download 12,1 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   207




    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mttda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanish cdr

    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish