186
Zardo‘zlikda qadimdan patila degan asbob ishlatiladi.Patila qattiq yog‘ochdan ,
uzunligi 20sm bo‘lgan, to‘rt qirrali va nafs qilib tarashlangan, ichini kovlab qo‘rg‘oshin
quyib vazminlashtirilgan bo‘ladi.Unga to‘rt qavat qilib zar ip o‘raladi. Zardo‘zlikda
angishvona ham ishlatiladi. Zardo‘zlikda ikki xil qaychi ishlatiladi. Tuya bo‘yin qaychidan
gul qirqishda ishlatiladi. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan oddiy qaychi ham ishlatiladi.
Tarbiyachi bolalar bilan
zardevor, zardo‘zi to‘n, do‘ppi, ko‘ylaklarni ko‘rib chiqadilar.
Kashta- bezak turi. Qo‘lda yoki mashinada belbog‘, do‘ppi, gulko‘rpa, zardevor,
kirpech, palak, so‘zana, ko‘ylak, shuningdek kamar, mahsiga tikiladi.
Kashtada turli
handasiy shakllar, o‘simlik va gullar, hayvonlar tasviri aks ettiriladi. Kashta tikuvchi
hunarmand — kashtachi yoki kashtado‘z deb ataladi.
Kashtado‘zlik kashtachilik — kashta tikish kasbi. Amaliy bezak san’atining keng tarqalgan
qadimiy turi. Asosan, ayollar tomonidan bajariladi. Kashta qo‘lda va mashinada tikiladi.
Kirpech, dorpech, so‘zana, choyshab kabi badiiy buyumlarni kashtado‘zlar tayyorlaydilar.
SHahrisabzda yo‘rma,
kanda-xayol, iroqi, Toshkentda bosma chok, Samarqand, Buxoro,
Nurotada ko‘proq yo‘rma chokda tikadilar. Kashtado‘zlar, asosan, islimiy naqshni (matoni
hoshiyalashda ham) qo‘llaydilar. Naqsh mujassamotini kashtado‘zlarga maxsus, xalq
amaliy san’ati ustalari chizib beradilar. SHu sababli kashta ganchkorlik,
naqqoshlik
naqshlariga o‘xshab ketadi. Kashtado‘zlikda eng keng tarqalgan choklar — popur, iroqi,
ilmoq, chamak, baxya, yo‘rma, xomdo‘zi va boshqalar.
Kashtada o‘simlik, gullar, hayvonlar tasviri aks ettiriladi. Kashta tikuvchi hunurmand
– kashtachi yoki kashtado‘z deb ataladi.
Kashtachilik – amaliy bezak turining eng keng tarqalgan qadimiy turi. Asosan ayollar
tomonidan bajariladi. Kashta tikish uchun ham gul, rasm chizishni bilish kerak.
Kirpech, dorpech, so‘zana, choyshab kabi badiiy buyumlarni kashtado‘zlar
tayyorlaydilar. Kashtado‘zlik ishlarida asosan islimiy naqshlarni qo‘llaydilar. Islimiy
naqshlardan biri – o‘simliksimon naqshdir. Mana ko‘ring bu islimiy naqsh (tarbiyachi islimiy
naqsh namunasini ko‘rsatadi). Bu naqsh band, kurtakli butalardan tashkil topib, bir-biri bilan
chirmashib ketib, o‘simliklarning o‘xshashlik tasvirini beradi. Kashtado‘zlar Toshkentda
bosma chok, SHahrisabzda yo‘rma chok, iroqi, Samarqand, Buxoroda ham ko‘proq yo‘rma
chokda kashta tikadilar. Kashtado‘zlikda eng ko‘p tarqalgan choklar – popur, iroqi, ilmoq,
chaqmoq, baxya, yo‘rma, zanjir va boshqalar.
Men sizlarga kashta tikilgan choyshab, zardevor, kirpech, palaklarning rangli
tasvirdagi suratlaridan namunalar ko‘rsataman. Mana ular, kelinglar, birma-bir ko‘rib
chiqamiz.
Tarbiyachi suratlar asosida bolalar bilan suhbatlashadi.