• II-bo’lim. Syujеtli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazi 3-Mavzu: Kichik va o’rta guruhlarda syujеtli-rolli o’yinlar va
  • Mttda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanish cdr




    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet137/207
    Sana05.01.2024
    Hajmi12,1 Mb.
    #130489
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   207
    Bog'liq
    MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover

    SAVOL VA TOPSHIRIQ: 
    1. 
    Qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish haqida fikr 
    bildiring 
    2. 
    “Aqliy rivojlanish” sohasi, “Mayda motorika”, “Qo’l barmoqlari mayda 
    motorikasi
    ” kichik sohalarini ayting 
    3. 
    Konstuksiya qaysi guruhlarda o’rgatilinadi? 
     
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI: 
    1.O’zbekiston Rеspublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
    qo’yiladigan Davlat talablari”. 2018 yil 18 iyundagi 1-mh son qarori 
    2. O’zbеkiston Rеspublikasining Maktabgacha ta'lim vazirligining “Ilk qadam” davlat 
    o’quv dasturi 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori. 
    3.Z.A.Raxmonqulova, U. Raxmonqulov, N. Qurbonova “Maktabgacha yoshdagi 
    bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish” O`zRXTB. MMXQTMORO`MM 
    Toshkent “Bekinmachoq-plyus” 2012 
    4.F.Voxobova, D. Zaynuddinova “Rivojlantiruvchi o`yinlar” Toshkent “Bekinmachoq-
    plyus” 2009 yil 
    5.“MTT xujjatlari va ko’rgazmalari” telegram kanali 
     


    II-bo’lim. Syujеtli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazi 
    3-Mavzu: Kichik va o’rta guruhlarda syujеtli-rolli o’yinlar va 
    dramalashtirish markazida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish 
     
    Mavzu rejasi : 
     
    1 Kichik va o’rta guruhlarda syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazida o’yinli ta’lim 
    faoliyatini tashkil etishning ahamiyati
    2. Kichik va o’rta guruhlarda syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazida o’yinli 
    ta’lim faoliyatini tashkil etishning vazifalari 
     
    Guruhlarda xonalarni syujеtli rolli o’yinlar va drammalashtirish markaziga mos holda 
    jihozlash yo’riqnomasi: 
    1.Shirma 
    2.Marionetka-qo‘g‘irchoqlar (ipda o‘ynatadigan) 
    3.Qo‘lqopli, barmoqli, tayoqchali, soya teatr ertak qaxramonlari 
    4.Ertak qahramonlari liboslari 
    5.Niqoblari 
    6.Uycha maketi 
    7.Mazmunli o‘yinchoqlar 
    8.Rejissyorlik o‘yinlari uchun qaxramonlar (odamchalar, askarlar, multfilm personajlari) 
    9.Sahna uchun jixozlar (turli daraxtlar, tandir maketi va xokazo) 
     Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z 
    mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini 
    shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida 
    uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar 
    bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro 
    munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi 
    muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi. Syujetli-rolli o‘yinlar mazmunining o‘ziga xosligi 
    uning eng muhim xususiyatlaridan xisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan 
    D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va boshqalarning fikricha, syujetli–rolli 
    o‘yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi 
    rang-barang xatti-harakatlari
    , ko‘rinishlari – bolalar 
    o‘yinlarining asosiy mazmuni bo‘lib xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining namunasini 
    oladigan faoliyat turidir. 
    Syujet o‘yin faoliyatida asosiy komponent bo‘lib, u personajni, hayotiy vaziyatni, 
    harakat va personajlar munosabatini o‘z ichiga oladi. Syujetli-rolli o‘yinlar o‘z mazmun va 
    mohiyatiga ko‘ra jamoa o‘yini bo‘lib hisoblansada, yakka holda o‘ynalmaydi, degan fikrni 
    keltirib chig‘armasligi kerak. Syujetli-rolli o‘yinlar bolaning aqliy, ahloqiy, jismoniy 
    rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, 
    shakllanib boradi. 
    Syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi. 
    1 - bosqich. Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi syujetli o‘yinlar rivojlanishi darajasini 
    o‘rganishning asosiy vositasi quyidagilar: 


    182 
    - bolalar o‘yinlarini kuzatish, 
    - o‘yin rivojining asosiy yo‘nalishlari, o‘yin mavzusi, o‘yin mazmuni, bola o‘yin 
    faoliyatining rivoji, o‘yinda o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi bo‘yicha tavsifnoma 
    tuzish; 
    - o‘yinga rahbarlik maqsadini aniqlash. 
    2 – bosqich. Kattalarning o‘yin mavzui va mazmuniga ta’sir etishi:
    - o‘yin mavzui bo‘yicha sayohat va maqsadli sayrlar; 
    - suhbatlar; 
    - badiiy asarlar va hikoyalar o‘qib berish; 
    - illyo’srrativ rasmlar ko‘rsatish; 
    - mavzu bo‘yicha turli mashg‘ulotlar; 
    -tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari. 
    3 – bosqich. o‘yinga tayyorgarlik (o‘yin o‘ynash uchun maxsus joy, o‘yinchoqlar va o‘yin 
    materiallari): 
    - tayyor o‘yinchoqlarni tanlash; 
    - qo‘lda yasalgan o‘yinchoqlar. Bunda bolalarning mo’sraqil shug‘ullanishlari uchun o‘yin 
    zonasini tashkil etish. 
    4 – bosqich. Bolalarni o‘ynashga o‘rgatish (o‘yin jarayoni va boshqa narsalarni o‘yinda aks 
    ettirish): 
    - o‘yinchoq va uning o‘rnini bosuvchi buyumlar ta’sirini o‘rganish; 
    - o‘yinda xayoliy tasavvurlarni aks ettirishga o‘rgatish; 
    - o‘yinda so‘zlardan foydalanishga o‘rgatish; 
    - o‘yinda harakatlarni hisobga olish malakalarini shakllantirish; 
    - so‘z va harakat; 
    - harakat va o‘yin materiali, 
    - so‘z, harakat va o‘yin materiali o‘yinning tili xisoblanadi. 
    5 – bosqich. o‘yinda ahloqiy munosabatlarga ta’sir etish, bolalar jamoasi, xulq-atvor, 
    madaniyat, o‘yin faoliyatida o‘yin madaniyatini shakllantirish: 
    - ma’lum o‘yin mavzuiga nisbatan bolalarning his-tuyg‘ularini uyg‘otish; 
    - bolalarga o‘yinni avvaldan rejalashtirish elementlarini o‘rgatish; 
    - o‘yinda rol va o‘yinchoqlarni oqilona tag‘simlashga o‘rgatish; 
    - tengdoshlari bilan ahil o‘ynay olish madaniyatini tarbiyalash; 
    - ahil jamoani shakllantirish: mo’sraqil o‘ynash va o‘yinni oxiriga yetkazish, o‘yin 
    jarayonidagi kelishmovchilik, bahslarni oqilona hal eta olish malakalarini tarbiyalash; 
    - kattalarning o‘yinga ta’sir etishi – 
    maslahat berishi
    , tushunchalarini to‘ldirish, o‘yinga 
    to‘lag‘onli yordam berish; 
    - bolalarning o‘yin faoliyatlarini, ahloqiy munosabatlarni baholash. 

    Download 12,1 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   207




    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mttda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanish cdr

    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish