10
Fanning vazifasi: Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga ta`lim berish
jarayonini takomillashtirish, bo`lajak tarbiyachining
ilmiy va uslubiy
ta`minlanganligini, uning kasbiy tayyorgarligini oshirish;
O`quvchilarda mashg`ulotlarni loyihalashda bolalarni o`rganish jarayoniga
jalb qilish, muloqotga kirishish,bolalarga taklif qilinadigan savol va vazifalar
turlari va bolalarni baholash kabi ko`nikma va malakalarni takomillashtirish.
Bolaga yo`naltirilgan ta`limda ko`proq o`rganish ( o`rganuvchilarga) qaratilishi,
ta`lim tamoyilini tarbiyachiga yo`naltirilgan ta`limdan bolaga yo`naltirilgan
ta`limga o`zgartirish.Maktabgacha ta`lim
muassasasi ishining mazmuni,
me`yoriy hujjatlarning yuritilishi, turli metodlarni qo`llab mashg`ulotlarni
samarali tashkil etish shu bilan birga nazorat va taxlil ish usullarini o`rgatishdan
iborat.
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga
qo’yiladigan talablar
Bilimlar:
Maktabgacha ta’lim tashkilotida mahg`ulotlarni loyihalashning
o’ziga
xos xususiyatlari; “Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga
qo`yilgan davlat talablari” asosida maktabgacha ta’lim muassasalarining turli
yosh guruhlarida ushbu fan bo’yicha loyihalar ustida ishlash va
mashg`ulotlarda olingan bilimlarni hayotiy tajribada qo`llash, bolaning bilimini
baholash, turli xil tadqiqotlar kommunikatsiyalar
va yangi bilimlar uchun
texnologiyalar qo`llash usullarini o’rgatish. O’quv mashg’ulotlarini turli
shakllarda suhbat, amaliy ish, seminar, bahs-
munozara, ilg’or
pedagogik,
innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanib o’tkazish.
Ko’nikmalar: Quyidagi ko’nikma va malakalar rivojlantiriladi: bolalar bilan
ishlashni
loyihalash;
adabiyotlardan
foydalanish;
mujassamlashgan,
noan’anaviy va integratsiyalashgan mashg’ulot ishlanmalarini tuzish;
mashg`ulotlarni loyihalashda turli metodlardan foydalanish;
mavzuga mos
ko’rgazmali qurollar tayyorlash; mashg’ulot davomida bolalarni qiziqtirish va
faollas
htirish, ijobiy munosabatlarga
diqqatni qaratish; mashg’ulotni
yakunlashda bolalar ishini tahlil qilish va rag’batlantirish; bolajonlarga
mashg’ulotda va mashg’ulotdan tashqarida yakkama-yakka yondosha olish;
bolalarning mustaqil shug’ullanishga va topshiriqlarni oxirigacha sifatli bajarish,
turli
muammolar yechimini hal qilish, o’z ustida ishlash, izlanish,
mustaqil
mutolaa qilish, ijod qilish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishdir.