Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va




Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/207
Sana05.01.2024
Hajmi12,1 Mb.
#130489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Bog'liq
MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover

Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va 
ketma-ketligi. 
Mahg`ulotlarni loyihalash fani mutaxasislik fani xisoblanadi. Dasturni 
amalga oshirish umumkasbiy “Maktabgacha ta`lim pedagogikasi”, maxsus 
fanlardan (“ Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi”, “Bolalarni tabiat bilan 
tanishtirish metodik
asi”, “Tasviriy faoliyat”, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tushunchalarini 
rivojlantirish nazariyasi va metodika
si”, “Bolalar adabiyoti”, “Kompyuter 
saboqlari”) fanlariga bog`lab olib boriladi. Ta`lim oluvchilarning nazariy 
bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko`nikmalarini rivojlantirish uchun o`quv 
materiallari turli usullarda taqdim etiladi. Ta`lim jarayonida o`qitishning 


an`anaviy va interfaol usullaridan foydalanganda ular izchil va ketma-ketlikda 
qo`llanishi lozim, bunda ta`lim metodlari va texnologiyalari mavzuning didaktik 
vazifasi hamda o`quv materialining mazmunidan kelib chiqgan holda tanlanadi. 


12 
Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar. 
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo`llashda fanni 
o`zlashtirish uchun omil bo`ladigan zamonaviy axborot texnologiyalarning 
ahamiyati va o`rni benihoyadir. O`quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida
axborot texnologiyalaridan foydalanish o`quvchilarning kasbiy tayyorgarligini 
oshirish va kasbiy ko`nikmalarini rivojlantirishda ham muhim omil bo`lib 
hisoblanadi. 
Interfaol metodlar ta`lim oluvchilarning faollashtiruvchi va mustaqil 
fikrlashga undovchi, ta`lim jarayonining markazida ta`lim oluvchi bo`lgan 
metodlar hisoblanadi. Bular: 
“Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”,“Baxs 
munozara”, “Davra suhbati” , “Muammoli vaziyat” metodlaridir. Bu metodlar 
qo`llanganda ta`lim beruvchi ta`lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi
dars jarayonida ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratiladi. 
Ta`lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib 
chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun dars oqilona tashkil 
etilishi, pedagog tomonidan ta`lim oluvchilarning qiziqishi o`rganilib, ta`lim 
jarayonida faolligi muttasil ta`minlanishi, o`quv materialini kichik-kichik 
bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochib berishda har bir uslubdan o`z 
o`rnida foydalanish, ta`lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga 
undash talab etiladi. 
Ana shunday faol ta`lim uslublaridan biri “Case study” 
hisoblanadi. Yana fanni o`qitishda “Hamkorlikda o`qitish”, “Tarmoqlar”, 
“Sinkveen”, “BBB”, “Romashka metodi”, “Baliq skeleti”, “O`rgimchak to`ri” kabi 
texnologiyalardan ,shuningdek, audio-, video-, kompyuter texnikasidan 
foydalaniladi. 

Download 12,1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va

Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish