|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar
|
bet | 2/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 195,22 Kb. | | #250679 |
VxWorks. Tizimni loyihalashtiruvchilari asosiy urg'uni ishonchlilikka va buzilishga barqarorlikka qaratganlar, shuning uchun ushbu operatsion tizim AQSh kosmik elektronikasi uchun standart bo'lib qoldi. VxWorks operatsion tizimi Wind River kompaniyasining maxsuloti shuningdek Yevropa Kosmik Agentligining (ESA) suniy yo'ldoshlarida qo'llaniladi va Halqaro Kosmik Stansiya chelnoqida ham ishlatiladi.
Tizimning kamchiliklariga sekin modernizatsiya qilinishi kiradi. Asosiy urg'u eski tekshirilgan dastur va drayverlarga qilinadi. Yangi qurilmalarni quvvatlashda muammo hosil bo'ladi.
Bu yetarli darajada qimmat operatsion tizim. Uni tanlash ishlab chiqariladigan maxsulotlar soni juda koʻp boʻlganda yoki juda yuqori ishonchlilik talab etilgan maxsulotda oqlanadi.
Linux. Ushbu tizimning asosiy farq qiluvchi tomonlari tizim yadrosining o'zi kabi dastlabki kodlarni to'liq ochiqligida va shuningdek ko'pchilik amaliy dasturlarini ham ochiqligida. Ushbu operatsion tizim butunlay tekin. Loyihalashtirish alohida loyihalashtiruvchilar tomonidan va qiziqishi bor firmalar tomnidan ham olib boriladi.
Tizimning avzalligiga kutubxonaning juda ko'p sonligi va dastlabki kodi ochiq dasturlar borligni kiritish mumkun. Tayyor modullarni ishlatish oʻzining dasturiy ta'minotini loyihalashtirishni jiddiy osonlashtirishga va tezlatishga imkon beradi. Tizimning boshqa avzalligi loyihalashtiruvchilarning rivojlangan jamoasi borligidir.
Real vaqt yadroning standart tarkibida inobatga olinmagan. Tizim faqat foydalanuvchi ilovalarini uzishi mumkun. Lekin yadroni tarkiblashtirilganda tizimli vazifalarni bajarilishini uzishga imkon beruvchi ko'rsatgichlarni qo'shish mumkun. Shundek qilib " yumshoq real vaqt " joriy etiladi. Etiborga kam vaqt talab etiladigan tizimlar uchun ushbu operatsion tizim to'g'ri kelmaydi.
Tizimning kamchiligiga quvvatlash hizmati yo'qligini kiritish mumkun. Barcha yuzaga kelgan muammolarni va savollarni o'z kuchingiz bilan yechishga to'g'ri keladi.
Windows CE 6.0. Mobil telefonlarda, GPS - navigatorlarda va boshqa multimediali qurilmalarda keng qo'llaniladi.
Ushbu operatsion tizimning afsalliklariga ilovalarni loyihalashtirishning oddiyligini kiritish mumkun. Microsoft mobil qurilmalar uchun loyihalashtirish vosita Visual Studio paketini kiritishi sharofati tufayli tizim loyihalashtiruvchilariga talablar jiddiy kamaydi. Visual Studio bilan ishlashni biluvchi dasturchilar boshqa operatsion tizimlarga ilovalar yozuvchi dasturchilarga nisbattan malakasi past bo'lishi mumkun.
QNX. QNX operatsion tizimini tijorat uchun emas ishlatilishi tekinga tarqatiladi. Tizimni tijorat maqsadida ishlatilishining narxi aniq masalaga bog'liq.
QNX asosida tibbiyot qurilmalarini, sanoat qurilmalarini, tarmoq yo'naltirgichlarini, bort tizimlarini boshqari uchun yuqori ishonchli yechimlar quriladi. QNX harbiy sanoatda ham keng tarqaldi QNX.
Tizimning kamchiligiga quyidagi holatni kiritish mumkun, QNX Neutrino litsenziyasi QNX Neutrino ning dastlabki kodida amalga oshirilgan maxsulotlarni QSS kompaniyasining yozma ruxsatnomasisiz sertifikatsiyalashni oʻtqazishni taqiqlaydi.
|
| |