|
Real vaqt operatsion tizimlarining standartlari
|
bet | 7/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 195,22 Kb. | | #250679 |
Real vaqt operatsion tizimlarining standartlari
Real vaqt operatsion tizimlarining ro'yxatidagi katta farqlar va mavjut mikrokontrollerlarning sonini ko'pligi real vaqt tizimlar sohasida standartlashtirishni oldingi planga chiqaradi.
Real vaqt operatsion tizimlarining bir qanchasi yaratilib bo'lgach standartlar paydo bo'la boshladi. Standart kiritilishining asosiy maqsadi - dasturiy ta'minotni bir tizimdan boshqasiga olib o'tishni yengillashtirishdir. Eng avval ishlab chiqarilgan va keng tarqalgan real vaqt operatsion tizimi standarti POSIX standartidir (IEEE 1003.1). POSIX standartining dastlabki varianti 1990 yili paydo bo'ldi va UNIX - tizimi uchun mo'ljallangan edi. POSIX spesifikatsiyasi amaliy dasturlarning va operatsion tizimning standart muloqat mexanizmini aniqlab beradi va hozirgi vaqtda 30 dan ortiq to'plam standartni o'z ichiga oladi. RV OT uchun ulardan yettitasi eng muhimdir (1003.1a, 1003.1b, 1003.1s, 1003.1d, 1003.1j, 1003.21, 1003.2h), lekin tijorat OT da keng quvvatlashni birinchi uchtasi oldi (a, b, s).
POSIX standarti.
POSIX standarti operatsion tizimlar servislariga standar interfeys kabi yaratilgan edi. Bu standart o'tqazish mumkun bo'lgan ilovalarni yaratish imkoniyatini beradi. Keyinchalik bu standart real vaqt ish tartibi xususiyatlari bilan kengaytirilgan [POSIX]. Hozirgi vaqtda RV OT uchun POSIX standarti IEEE Std 1003.n standartining qarindosh oilasi sifatida qaralmoqda.
1003.1a standarti (OS Definition) OT asos interfeyslaridan tashkil topgan jarayonlarni quvvatlash, topshiriqlarni, signallarni, foydalanuvchi guruxlarini, faylli tizimni, faylli atributlarni boshqarish, faylli qurilmalarni boshqarish, fayllarni bloklash, kiritish - chiqarish qurilmalarini, mahsus vazifalarga mo'ljallangan qurilmalarni, tizimli axborotlar bazasini, kanallarni, FIFO navbatlarini, shuningdek S tilini quvvatlash.
1003.1b standarti (Realtime Extensions) real vaqtni kengaytirishni o'z ichiga oladi- real vaqt signallari, bajarishlarni rejalashtirish (ustunlikni hisobga olgan holda, siklik rejalashtirish), taymerlar, sinxron va asinxron kiritish - chiqarish, ustunlik bilan kiritish chiqarish, fayllarni sinxronizatsiyalash, hotirani, taqsimlangan hotirani, ma'lumotlarni uzatishni, semaforlarni bloklashni.
|
| |