• Ornatilgan tizimda operatsion tizim vazifasi.
  • Tizimli
  • Foydalanuvchi resurslari
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar




    Download 195,22 Kb.
    bet6/9
    Sana22.05.2024
    Hajmi195,22 Kb.
    #250679
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Kontekstning o'tish vaqti. Real vaqt operatsion tizimida parallellik joylashtirilgan, bir necha voqealarga ishlov berish imkoniyati, shuning uchun barcha real vaqt operatsion tizimlari ko'p masalali hisoblanadi. Buning uchun, parallel voqealarga ishlov berishda tizimning harajatlarini to'g'ri baholay olishni bilish uchun, tizimlar boshqarishni masaladan masalaga berishga harajat qilgan vaqtni bilish kerak bo'ladi, ya'ni kontekstning o'tish vaqti.
    Yuqoridagi bandlarda real vaqt tizimlari qurilishiga asos boʻladigan kompyuter qurilmalari bayon qilingan. Bu mikroprotsessorli tizimlar, signal protsessorlari, o'rnatilgan tizim o'rnatilgan tizim kontrollerlari. Qurilmalarining alohida xususiyatlari tufayli RV OT quyidagilarni bajara olishi kerak:

    • disksiz amalga oshirilganda ishga tushirilishi va ishlashi (bajariladigan kodning hajmi katta bo'lmasligi muhim);

    • iloji boricha ko'p protsessorlarni quvvatlash;

    • iloji boricha ko'p mahsus qurilmadar turini quvvatlash;

    • dasturiy ta'minotni yaratish va sozlash uchun mahsus instrumentariyga ega bo'lishi.


    O'rnatilgan tizimda operatsion tizim vazifasi.
    Operatsion tizim (OT) - bu kompyuter dasturi bo'lib, boshqa dasturlarni bajarilishi uchun muhitni ta'minlovchi va ularga protsessor hamda kiritish - chiqarish qurilmalar imkoniyatiga ega bo'lishni ta'minlovchidir. Shundek qilib, o'rnatilgan tizimda operatsion tizimning asosiy vazifasi boshqariluvchi ob'ektining hozirdagi holatiga bog'liq holda kompyuter resurslarini operativ boshqarishdan iborat. Tizimli (instrumental) va foydalanuvchining (amaliy) resurslariga ajratiladi.
    Tizimli resurslar - bu protsessorni va operativ hotirani ishlash vaqti, turli tashqi qurilmalar imkoniyati va ularni ish vaqti. Foydalanuvchi oʻzining yechimlarida ko'pincha yuqori bosqichli, resursni amaliy tushunchalariga tayanadi.
    Foydalanuvchi resurslari - bu tizimga boʻlgan talablar, ob'ektlar atamalarida yoki amaliy xudud vazifalarida ifodalangan. Bu fayl yoki jadval, grafik tizimda chizish uchun darcha, bosma tizimida hujjat, karnaydagi musiqa, ishga tushirilgan topshiriq, hotiradagi massiv bo'lishi mumkun, Ko'pincha foydalanuvchi resursini havola qilish uchun tizimli resurs to'g'ri kelishi (masalan, axborotlarni saqlash ombori sifatidagi fayl) bo'ladi. Biroq umumiy holda har bir foydalanuvchi resursiga bir necha bir hil tizimli resurslarni birlashtiruvchi va ularni ishlatilish koidasini beruvchi ma'lum tizimli modul mos kelishi kerak. Optimal loyihalash uchun qanday tizimli resurslarga uning amaliy so'rovlari oʻzgartirilishini foydalanuvchi tushinishi kerak.
    Resurslarni boshqarishning ananaviy muammosi shudan iboratki, apparat tarkiblar turlidir, shunga foydalanuvchi uchun bir hil tizimlar, lekin joriy etilish nuqtaiy nazaridan turli bo'lgan resurslar bir hil boshqarilishi zarurdir. Masalan, aynan qaysi rusumli qattiq diskka faylli tizim yaratish uchun ishlatilishi, faylli tizimning aynan qaysi tarkibi konfiguratsion faylni saqlash uchun ishlatilishi, u agarda ochilgan boʻlsa va undan navbatdagi blokni oʻqish kerak bo'lsa - u aynan qanday atalishi va qaysi faylli tizimda bo'lganligi tizimga farqi bo'lmasligi kerak. Demak, OT resurslarga interfeysni (murojat usulini) unifikatsiyalashni ta'minlashi va bu murojatni joriy etilishidan interfeysni ajratishi kerak.
    Qaysi resurslarga ega bo'lish havola qilinishiga bog'liq holda tizimli va amaliy interfeyslarga ajratiladi. Shu bilan bog'liq holda API (Application Programming Interface) tushunchasi paydo boʻldi - amaliy dasturlash interfeysi (amaliy dasturlarda ishlatish uchun havola qilinadigan funksiyalar to'plami va axborotlar tarkibi). Misol bo'lib, Create Thread -funksiya, Win32 APL qismi bo'lishi mumkun, u foydalanuvchi resursi - oqimga unifikatsiyalashtirilgan ega bo'lishni havola qiladi.
    OT ikkinchi vazifasi-resurslarni taqsimlash. Tizim shundek qilishi zarurki, biri necha masala xoxishiy resurs tomonidan bir - biriga halaqit qilmasdan ishlatilishi mumkun boʻlsin. Eng muhim resurslardan biri protsessor vaqti. Turli masalalar tomonidan protsessorni birgalikda ishlatilishini ta'minlashdan tashqari, OT hotirani taqsimlaydi va fayllarga hamda qurilmalarga ega bo'lishni boshqaradi.


    Download 195,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 195,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar

    Download 195,22 Kb.