|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar
|
bet | 5/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 195,22 Kb. | | #250679 |
Muhim holatlarga ishlov berish. Muhim holat - bu dasturni bajarilishida yuzaga keluvchi voqeadir. U sinxron bo'lishi mumkun, agarda uni sodir bo'lishini bashoratlash mumkun bo'lsa, masalan, nolga bo'lish kabi. Asinxron ham bo'lishi mumkun, agarda bashoratsiz (o'z holicha, to'satdan, kutilmagan holda) hosil boʻlsa, masalan, kuchlanish qiymatini tushib ketishi kabi. Bundek turdagi voqeaga ishlov berishga imkoniyatni havola qilish real vaqt amaliy dasturlariga tez va bashorat qila olinadigan darajada ichki va tashqi voqealarga javob berishga imkon yaratadi. Muhim holatga ishlov berishning ikki usuli mavjut - holat qiymatini hatolik shartlarni aniqlash uchun ishlatish va muhim holatlarni ishlov beruvchini odatiy uzilishlarni uzish va ularni tuzatish uchun ishlatish.
Real vaqt operatsion tizimlarini loyihalash muhiti
Amaliy dasturlarni loyihalashtiruvchisi uchun u ishlaydigan tizimning ochiqligi va u foydalanadigan standartlar juda ham muhim. Ochiq tizimni loyihalashtiruvchining mustaqilligini (bog'liq emasligini) bildiradi. Standartlar amaliy dasturlarni oson ko'chiriladigan va boshqa tizimlar bilan o'zaro moslangan qiladi. Shu ma'noda operatsion tizimlar standartlariga diqqatni qaratish kerak bo'ladi - POSIX (Portadle Operating System interface for unIX). U ilovalarni turli platformalar o'rtasida ko'chirilishlarni ta'minlashga mo'ljallangan. Bu standartning juda muhim qismlaridan biri real vaqt ilovalarini mobilligini ta'minlashga bag'ishlangan. Buning uchun zarur bo'lgan dasturiy interfeyslar standartlashtiriladi: dispetcherlash va jaroyonlarni sinxronizatsiyalash, kiritish - chiqarishni ta'minlash, " iplarni " va jarayonlarni ta'minlash, taymerlarni, uzilishlarni boshqarish, real vaqt nuqtaiy nazaridan amaliy profilni. Bu standart ko'p tarqalmoqda va operatsion tizimning yashovchanligini kafolatlashni oshiradi.
Voqealarga etibor vaqti. Tatbiq sohasiga bog'liq holda voqeaga etiborni harakterli vaqti bir necha milli sekunddan bir necha soatgacha bo'lishi mumkun. Vaqtlar jiddiy farqlanadi, shuning uchun har bir masalaga mos keluvchi apparat vositalarining quvvati kerak bo'ladi. Voqea tizimga uzilishga so'rov (IRQ) yordamida xabar beriladi, shuning uchun asosiy koʻrsatgich uzilishga tizimning etibor vaqti boʻladi (interrupt latency). Hozirgi vaqtda bu koʻrsatgichni o'lchashning umumiy qabul qilingan usuli yo'q, shuning uchun real vaqt tizimlarini ishlab chiqaruvchilari o'rtasida muxokama qilinayotgan masaladir.
Tizimni etibor vaqtini bashorat qilish uchun qanday vaqtlarni bilish kerakligini ko'rib chiqamiz.
Ob'ektda sodir bo'layotgan voqealar datchiklar tomonidan qayd qilinadi, ulardan axborotlar tizimning (interfeyslar) kiritish/chiqarish axborotni modullariga uzatiladi. Kiritish/chiqarish modullari datchiklardan olgach va ularni o'zgartirib, boshqaruvchi kompyuterga ob'ektda voqea sodir bo'lganligi haqida signal berib uzilishga so'rov hosil qiladi. Kiritish/chiqarish modulidan signalni qabul qilib, operatsion tizim bu voqeaga ishlov beruvchi dasturni ishga tushirishi kerak.
Voqea sodir bo'lishidan to bu voqeaga ishlov beruvchi dasturdagi birinchi buyruqini bajarishigachan ketgan vaqt oralig'i voqeaga tizimning etibor vaqti deb ataladi. Real vaqt tizimini loyihalashtirish jarayonida loyihalashtiruvchilar bu vaqt oraligʻini hisoblashni bilishlari kerak.
Ob'ektdagi voqeadan harakatlar zanjirini bajarish vaqti uzilishni hosil qilinguncha RTOS ga bog'liq emas. Bu vaqtni butunlay apparatura aniqlaydi, uzilishga so'rov hosil bo'lganidan to ishlov beruvchining birinchi buyrug'ini bajarguncha bo'lgan vaqt oralig'i butunlay operatsion tizim (OT) xususiyati va kompyuter arxitekturasi bilan aniqlanadi (yoki bogʻliq). Bu vaqtni tizim uchun eng yomon holat uchun baholash kerak, qachonki protsessor yuklangan bo'lsa, bu vaqtda boshqa uzilishlar sodir bo'lishi mumkun. Etibor vaqtini baholash uchun mahsus testlash natijalari yaxshi asos bo'lib hizmat qilishi mumkun.
|
| |