|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar
|
bet | 8/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 195,22 Kb. | | #250679 |
1003.1c standarti (Threads) protsessor ichida ko'p oqimli ishlov berishni quvvatlash funksiyasiga tegishli - oqimni boshqarish, ustunlikni hisobga olgan holda rejalashtirish, sinxronizatsiya ob'ektlari.
1003.21 standarti taqsimlangan real vaqt tizimlariga va taqsimlangan muloqat funksiyasini ishga tushiradi, boshqarish bloklarini jo'natish, sinxron va asinxronli operatsiyalarni, cheklangan bloklashlar, ma'lumotlar ustunligi, ma'lumotlar belgilari va protokollarni joriy etish.
1003.2h standarti tizimni ish faoliyatiga javobgar servislarga tegishli: jurnallashtirish, oʻqish / yuklanishni oshishi, tarkibni qayta tuzish.
DO - 178B standarti
DO - 178B standarti aeronavtika bo'yicha radiotexnik komissiya tomonidan yaratilgan (RTCA - Radio Technical Commission for Aeronautics) bort aviatsiya tizimlarini loyihalashtirish uchun [DO178B].
Standart tomonidan buzilishning jiddiyligini beshta bosqichi inobatga olingan va ularning har biriga dasturiy ta'minotiga talablar to'plami belgilangan, u butun tizimni ishga layoqatligni buzilishni ushbu jiddiylik bosqichi yuzaga kelganda kafolatlashi kerak.
Standart quyidagi sertifikatsiyalash bosqislarini belgilagan: A (katastrofik), V (havfli), S (jiddiy), D (jiddiy boʻlmagan), Ye (ta'sir etmaydigan).
ARINC - 658 standarti.
ARINC - 658 standarti (Avionics Application Software Standarface) ARINC kompaniyasi tomonidan 1997 yili loyihalashtirilgan. Bu standart aviatsiya kompyuterining operatsion tizimi va amaliy dasturiy ta'minot o'rtasidagi universal dasturiy interfeys ekanligini aniqlab bergan APEX (Application / Executive). Amaliy dasturiy ta'minoi va operatsion tizim servislari o'rtasidagi interfeysiga bo'lgan talablar shundek aniqlanadiki, amaliy dasturiy ta'minotga dispetcherlashtirishni nazorat qilish, aloqa va ichki ishlov beruvchi elementlar holatini hal qilishi kerak bo'ladi.
OSEK standarti
OSEK / VDX standarti - standartlar kombinatsiyasi, ular azaltdan alohida ikki avtomobil konsorsiumlarida loyihalashtirilgan, keyinchalik ular qo'shilib ketgan. Dastlab OSEK / VDX loyiha operatsion tizimning ochiq arxitekturasi uchun standart va avtomobil sanoatida ishlatiladigan tizimlar uchun API standartini yaratishga mo'ljallangan. Biroq loyihalashtirilgan standart ancha abstrakt bo'lib chiqdi va ishlatilishi faqat avtomobil sanoati bilan cheklanib qolmaqda.
Standartni qabul qilgan konsorsiumning oxirgi tarkibiga yetakchi Germaniyalik avtomobil ishlab chiqaruvchilari ham kirdi - BMW, Bosch, Daimler Benz (xozir Daimler Chrysler), Opel, Siemens Volkswagen, shuningdek Karlerue (Germaniya) universiteti.
|
| |