|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar
|
bet | 4/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 195,22 Kb. | | #250679 |
Resurslarni sinxronizatsiyasi. Sinxronlashtirish usuli umumiy resurslarga ega bo'lishni cheklashni talab etadi (axborot va tashqi qurilmalar). Eng ko'p tarqalgan sodda sinxronizatsiyalash turi- ikkilik simofori, umumiy resurslarga ega bo'lishni tanlash orqali ta'minlash. Demak, resursni semofor tomonidan ximoyalanishini talab etuvchi jarayon, toki semofor ega bo'lish mumkun boʻlguncha poylab turishga majbur, bu kutilayotgan resursni bo'shaganligiga guvoxlik beradi va resursni egallagach semaforni o'rnatadi. O'z navbatida, semafor tizimning tegishli resurslarni taqsimlash tizimiga qaytarish momentigacha bo'lgan vaqt oralig'ida, boshqa jarayonlar ham shundek resursga ega bo'lishni kutadilar. Hatolikka ko'p chidamlilikka ega tizimlar juft semoforga ega bo'lishi mumkun. Semaforning bu turi resurslarga bir vaqtning o'zida faqat ma'lum sonli jarayonlarga ega bo'lishga ruxsat beradi.
Masalalararo almashuv. Koʻpincha bir tizim ichida dasturlar o'rtasida axborot uzatishni ta'minlash zarur. Undan tashqari, ko'p ilovalarda tarmoq orqali boshqa tizimlar bilan muloqat qilish zarurati hosil bo'lib qoladi. Ichki aloqa ma'lumotlarni uzatish tizimi orqali amalga oshirish mumkun. Tashqi aloqani yoki datagramma (yetkazishni eng yaxshi usuli) orqali, yoki aloqa yo'llari orqali (kafolatlangan yetkazish) tashkillashtirish mumkun. U yoki bu usulni tanlash aloqa protokoliga bog'liq.
Axborotlarni taqsimlash. Real vaqtda ishlovchi amaliy dasturlarda vaqt bo'yicha eng uzog'i axborotlarni yeg'ish hisoblanadi. Axborotlar ko'pincha boshqa dasturlarni ishlashi uchun tizimga qandaydir o'zining vazifalarini bajarish uchun kerak. Ko'pchilik tizimlarda hotirani umumiy taqsimlanishiga ega bo'lishi inobatga olingan. Axborotlarga navbatni tashkillashtirish keng tarqalgan. Navbatlarni ko'p turi qo'llaniladi, ularning har birini oʻz avzaliklari mavjud.
Tashqi qurilma so'rovlariga ishlov berish. Real vaqtda har bir amaliy dastur ma'lum turdagi tashqi qurilma bilan bog'langan. Yadro kiritish - chiqarish hizmati bilan ta'minlashi kerak, ya'ni amaliy dasturlarga bu qurilmalardan o'qishni va ularga yozishni amalga oshirish orqali. Real vaqt ilovalari uchun ushbu ilovalarga o'ziga xos tashqi qurilma bo'lishi odatiydir. Yadro qurilma drayverlari bilan ishlashni yengillashtiruvchi servisni havola qilishi kerak. Masalan, yuqori darajadagi tillarda yozish imkoniyatini berishi - Si yoki Paskal kabi.
|
| |