• Real vaqt operatsion tizimlarini ishlatilish muhiti.
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar




    Download 195,22 Kb.
    bet3/9
    Sana22.05.2024
    Hajmi195,22 Kb.
    #250679
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    LynxOS. Operatsion tizim qattiq real vaqt ish tartibida ishlaydigan o'rnatilgan tizimlarning dasturiy ta'minotini yaratish uchun mo'ljallangan. LynxOS etibor vaqtiga yuqori talabli ilovalarni ishga tushirishga imkon beradi. Tizim koʻp masalali va koʻp oqimli ilovalarni quvvatlaydi. Loyihalashtirishni maqsadli tizimning (self - hosted) oʻzida ham amalga oshirish mumkun va shuningdek instrumental kompyuterda (host) ham amalga oshirish mumkun, tayyor dasturiy ta'minot maqsadli tizimda (target) ishlaydi.
    Afsalliklariga shuningdek tizimning Linux uchun kompilatsiyalangan binarli fayllarni ishga tushirish xususiyatini va ularga zarur bo'lgan dinamik kutubxonani aniq yuklashini kiritish mumkun. Bu xususiyati loyihalashni jiddiy soddalashtirishi mumkun, chunki Linux operatsion tizimi uchun tayyor bo'lgan koʻplab kutubxonalarga va komponentlarga ega bo'lishni havola qiladi.
    LynxOS uchun ilovalarni yaratish vositalarini keng spektri yetarli darajada mavjud. Tijorat uchun va shuningdek bepul loyihalashtirish vositalari ham mavjud. Turli operatsion tizimlar va host - operatsion tizimlar quvvatlanadi.

    Real vaqt operatsion tizimlarini ishlatilish muhiti.
    Real vaqt tizimlarini ishlatilish muhitiga qo’yiladigan talablar quyidagilar:

    • tizimning uncha katta bo'lmagan hotirasi - uning o'rnatish mumkun bo'lishi uchun;

    • tizim hotirada to'liq rezident bo'lishi kerak, sababi hotira betlarini o'zgartirish yoki sug'irib olishni bartaraft etish uchun;

    • tizim ko'p masalaliy boʻlishi kerak - tizimning barcha resurslarini maksimal ravishda samarali ishlatilishini ta'minlash uchun;

    • uzilishlarga hizmat ko'rsatishning ustunlikka egalik yadroning mavjutligi. Qandaydir ustunlikka ega bo'lgan ishga tushirishga tayyor jarayon, nisbatan ancha past ustunlikka ega jarayondan albatta navbatda yuqori turish xuquqiga ega, yuqori ustunlikka ega jarayonni oʻzgartirib bajarishga tezda qo'yib yuborilishi uzilishga ustunlikni bildiradi. Yadro har qanday servis ishini yuqori ustunlikka ega masala kelishi bilan toʻxtatadi. Bu tizimni basharotlash mumkuniligiga kafolat beradi;

    • ustunlikka ega dispetcher - amaliy dasturni loyihalashtiruvchiga har bir yuklanuvchi modulga tizimga bo'ysinmaydigan ustunlik tayinlash imkoniyatini beradi.

    Ustunliklarni tayinlash bajarilishga tayyor dasturlarni ishga tushirish navbatini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu turdagi dispetcherlashga alternativi boʻlib " karusel " turidagi dispetcherlash hizmat qiladi, unda har bir bajarilishga tayyor dasturga ishga tushirilishga bir xil imkoniyat beriladi. Bu usulni ishlatilganda qaysi dastur qachon bajarilishi boʻyicha nazoratni amalga oshirib boʻlmaydi. Real vaqt muhitida bundek holatga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Asosiga ustunlikni tayinlash tamoili qo'yilgan dispetcherlash va uzilishga ustunligi mavjud yadroni borligi, amaliy dasturlarni loyihalashtiruvchisiga tizimni to'liq nazorat qilish imkoniyatini beradi. Agarda ustunligi yuqori voqea sodir boʻlsa, tizim ustunligi past masalaga ishlov berishni to'xtatadi va yangi kelgan so'rovga javob beradi.


    Yuqorida bayon qilingan xususiyatlarni birgalikda bo'lishi real vaqtda ishlatishga eng samarali muhit yaratadi.
    Bajarish muhiti xususiyatlaridan tashqari, real vaqt operatsion tizim (RV OT) yadrosi havola qiladigan servisni ham ko'rib chiqish zarur. Real vaqtda har qandek bajarish muhitining asosi bo'lib yadro yoki masalalarni boshqarish dispetcheri hizmat qiladi. Yadro maqsadli kompternning apparat vositalarini boshqaradi: markaziy protsessorni, hotirani va kiritish - chiqarish qurilmalarni; barcha boshqa tizimlarni ishlashini va amaliy harakterga ega dasturlarni nazorat qiladi.
    Real vaqt tizimlarida dispetcher maqsadli kompyuterning apparat vositalari bilan amaliy dasturiy ta'minot o'rtasidagi joyni egallaydi. Yadro (Kernel) bilan operatsion tizimning aniq chegarasi yo'q. Ularni odatda vazifalar to'plamining imkoniyati bilan ajratadilar. Yadro foydalanuvchiga masalani rejalashtirish va sinxronlash, masalalar o'rtasidagi kommunikatsiya, xotirani boshqarish kabi asos vazifalarni havola qiladi. Operatsion tizim bunga qo'shimcha faylli tizim, tarmoqni quvvatlash, operatorli interfeys va boshqa yuqori darajali vositalarga ega. Dispetcher ilovalarni real vaqtda ishlashi uchun muhim bo'lgan mahsus servisni ta'minlaydi. Yadro tomonidan havola qilinadigan servis amaliy dasturlarga tizimning masalan quyidagi resurslariga ega bo'lishini ta'minlaydi, hotira yoki kiritish - chiqarish qurilmalariga.

    Download 195,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 195,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti operatsion tizimlar

    Download 195,22 Kb.