• 1.2.Aqilli texnalogiyalarda sensorlardan foydalanish
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg'ona filiali dasturiy injineringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti Axborot xavfsizligi kafedrasi




    Download 1.47 Mb.
    bet2/9
    Sana17.01.2024
    Hajmi1.47 Mb.
    #139928
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Individual Loyiha Saida
    123123123 rasskraska, 1-Ma`ruza, qidiruv algoritmlari, 631-19 guruh Toshboyev Jaloliddin KT 5-lab, 6-Maruza.Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari, Labaratoriya ishi 3 Mobil ilovalarini ishlab chiqish Orifjanov Shavkatbek, Smart city, amaliyot 10, Laboratoriya ishi 11-12, ehtimollar test belgilangan, ЗАДАНИЕ 3 , 9-ma\'ruza 2021-2022 IRT, xisob ishchi dastur 2019-2020, (KOICA) Application Guideline 2022, KOMPYUTER NAZORATI PRINTSIPLARI

    I BOB. AQILLI TEXNALOGIYALAR

    1.1.Aqilli texnalogiyalar haqida umumiy ma’lumot


    Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini komp'yuter, aloqa tizimi, ma'lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi.
    Bugungi kunda axborot texnologiyalarini shartli ravishda saqlovchi, rasionallashtiruvchi va yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni va vaqtni tejaydi. Rasionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo‘la oladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonning tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat. Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallash- tirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
    Korxona boshqaruvi uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy vazifalari kerakli ma'lumotlarni qidirish, to‘plash, qayta ishlash, saqlash, yangi ma'lumotlarni ishlab chiqish va optimallashtirishning turli xil muammolarini hal etishdan iboratdir. Vazifa nafaqat vaqtni sarflaydigan, muntazam takrorlanadigan, ma'lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini tanlash va avtomatlashtirish, balki samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan yangi ma'lumotlarni olish uchun ularni qayta ishlash orqali ham amalga oshiriladi.
    So‘nggi o‘n yil ichida axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish, boshqaruvda sezilarli darajada imkoniyatlarni yaratmoqda, chunki ular barcha darajadagi menejerlarga va korxonalarning rahbarlariga eng yaxshi va muqobil boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning so‘nggi usullari bilan ta'minlanib kelinmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini boshqaruvga tatbiq etish xarajatlari nafaqat to‘lash, balki daromad olish imkonini ham bermoqda. Ma'lumki, yirik g‘arbiy korporatsiyalar korporativ axborot tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun har yili yillik aylanma mablag‘larining 1,5 dan 4 foizi miqdorida sarflaydi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari boshqa turdagi texnologiyalarning funksional tarkibiy qismlari (masalan, ishlab chiqarish, tashkiliy, ijtimoiy) va ularning intellektual yadrosi rolini o‘ynaydi.
    Axborot texnologiyalari yordamida korxonani boshqarish uchun ob'ektni batafsil tahlil qilish, boshqaruv vazifalari va tuzilmasini o‘rganish, shuningdek, axborot oqimlarini boshqarishni taqozo etadi. So‘rov materiallarini tahlil qilish asosida axborotni boshqarish modeli ishlab chiqilib, u axborotni qayta ishlash vazifalari va yangi axborot oqimlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatadi. Quyidagi 1-rasmda axborot-kommunikasiya texnologiyalarining asosiy funksiyalarini ko‘rish mumkin.
    Korxonalarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jalb qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
    1.Operasion nazorat qilish tamoyili (real vaqtda boshqaruvga asoslanadi).
    2.Boshlang‘ich boshqaruv tamoyili (nazorat qilish ob'ektining holati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, uning holatini modellashtirish va prognozlashtirish, nazorat qilish tadbirlarini rejalashtirish, ularni amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish uchun bevosita qo‘llab-quvvatlash, ijrochilarga ularning yechimlarini taqdim etish va vaqtida bajarilishini nazorat qilishdan iboratdir).
    3. Korxonalarda tashqi va ichki muhit ta'siri o‘zgarishini hisobga olib nazorat qilish tamoyili.
    4. Vertikal va gorizontal aloqa liniyalari va korxona oqimlarining o‘zaro bog‘liqligini amalga oshirish imkonini beradigan tarmoqni boshqarish tamoyili.
    Ta'kidlash kerakki hozirgi vaqtda korxona boshqaruvida quyidagi axborotni boshqarish tizimlari ishlatiladi:
    1. ERP (Enterprise resource planning). ERP tizimi bu – ERP strategiyasini, ya'ni ishlab chiqarish va turli operatsiyalarni integratsiyalash, mehnat resurslarini boshqarish, moliyaviy menejment va aktivlar boshqaruvining tashkiliy strategiyasini amalga oshiruvchi maxsus dasturiy paket. Ushbu strategiya dasturiy ta'minotning maxsus integratsiyalashgan to‘plami orqali tashkilot resurslarini doimiy ravishda muvozanatlashtirishga va optimallashtirishga qaratilgan, bu esa faoliyatning barcha yo‘nalishlari uchun ma'lumot va jarayonlarning umumiy modelini taqdim etadi. Bugungi kunda aksariyat tashkilotlar turli biznes muammolarni hal qilishda bir qator xavfsiz tizimlardan foydalanishmoqda. Shunga qaramay, ushbu tizimlar o‘rtasida konsolidasiya, ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va almashinish jarayoni qo‘lda amalga oshiriladi, bu esa o‘z o‘rnida mehnat xarajatlarini ko‘payishiga va inson omili ta'sirining kuchayishiga olib keladi. Biz taklif qilayotgan integrasion bazaning asosiy platformasi ushbu muammolarni bartaraf qilishda yordam berishi mumkin. Mutaxassislarimiz kerakli bilim va ko‘nikmalarga, bulutli texnologiyalarning tendensiyalari bo‘yicha yetarlicha ma'lumotga, integrasion bazaning asosiy platformasidan foydalangan holda tashkilotning ERP-tizimi infratuzilmasini yaratish va shu kabi yechimlarni amalga oshirishda professional tajribaga ega. Bugungi kunda aksariyat tashkilotlar turli biznes muammolarni hal qilishda bir qator xavfsiz tizimlardan foydalanishmoqda. Shunga qaramay, ushbu tizimlar o‘rtasida konsolidasiya, ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va almashinish jarayoni qo‘lda amalga oshiriladi, bu esa o‘z o‘rnida mehnat xarajatlarini ko‘payishiga va inson omili ta'sirining kuchayishiga olib keladi. Biz taklif qilayotgan integrasion bazaning asosiy platformasi ushbu muammolarni bartaraf qilishda yordam berishi mumkin. Mutaxassislarimiz kerakli bilim va ko‘nikmalarga, bulutli texnologiyalarning tendensiyalari bo‘yicha yetarlicha ma'lumotga, integrasion bazaning asosiy platformasidan foydalangan holda tashkilotning ERP-tizimi infratuzilmasini yaratish va shu kabi yechimlarni amalga oshirishda professional tajribaga ega.
    2. CRM (Customer Relationship Management) tizimlari. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari nuqtai nazaridan qaraganda CRM – bu xodimni mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish vositasi bo‘lib, tashkilotlarga ularning o‘zaro aloqasini qayd qilish, daromad olish imkoniyatlarini mumkin qadar kengaytirish va tashkiliy, me'yoriy qoidalarga rioya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Berilgan axborot-kommunikasiya texnologiyalari mijozlar bilan ularning xususiy ehtiyojlarini izohlash orqali uzoq muddatli va daromadli o‘zaro munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. CRM-tizimi mijoz haqidagi ma'lumotlarni aniqlashtirishni amalga oshiruvchi komp'yuter dasturi bo‘lib, ushbu tizim yordamida yangi mijozlarni jalb qilish va avvalgi mijozlarni yo‘qotmaslik, xarajatlarni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va natijada savdo hajmi va daromadni ko‘paytirish, tashkilot raqobatbardoshliligini oshirish kabi maqsadlarda qo‘llaniladi.
    CRM-tizimi mijoz va sheriklar bilan hamkorlikning aniq va ravshan jarayonini tashkil etish, samarali marketing va savdo tashkil etish, mijozlar sodiqligini shakllantirish, tashkilot barcha xodimlari ishini kelishilgan tarzda nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida zamonaviy CRM-tizimi quyidagi komponentlarga ega bo‘lishi zarur:

    • aloqa va mijozlar bazasini boshqarish;

    • savdoni boshqarish;

    • telefon orqali savdo (telemarketing);

    • vaqtni boshqarish (taym-menejment);

    • mijozlarga xizmat ko‘rsatish (sotuvdan keyingi xizmat);

    • marketingni boshqarish (so‘rovnoma, anketa to‘ldirish);

    • yuqori rahbariyat uchun hisobot;

    • boshqa axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanish;

    • ma'lumotlarni bir-biriga moslashtirish;

    • elektron savdoni boshqarish (tashkilot veb-sayti bilan bog‘lanish, mijozlar va sheriklar uchun portal);

    • mobil savdoni boshqarish (komp'yuter, noutbuk yoki uzoqdan foydalana olish).

    3. BI (Business Intelligence) korxonaning analitik faoliyati uchun axborotni qo‘llab-quvvatlash tizimidir. Ushbu tizim analitik ma'lumotlar to‘plami va axborotni qayta ishlash vositalaridan iborat. Bundan tashqari OLPS tizimlari (On Line Processing Systems) ham korxonada axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanishida muhim tizim hisoblanib, ular ERP va boshqa tizimlardan ma'lumotlarni to‘plash uchun va to‘plangan ma'lumotlarning keyingi tahlili uchun foydalaniladigan ma'lumotlar omboridir.

    1.2.Aqilli texnalogiyalarda sensorlardan foydalanish


    Sensorlar va asosiy foydalanilgan texnalogiyalar:
    Sensor asosan fizik hodisani elektr signaliga aylantiradigan qurilma. Sensor atrofdagilardan ogohlantirishlarni oladi va keyin javob sifatida elektr signalini beradi. Shuning uchun sensor energiya konverterining bir turi .O'zini sezish tamoyili uzatish jarayonida energiya talab qilinadigan axborot uzatishning muayyan holatidir. Shuning uchun sensor real hayot va elektron qurilmalar o'rtasidagi interfeys vazifasini bajaradi.
    Javob elektr signalidir, demak, signal elektr qurilmalari tomonidan boshqarilishi, kuchaytirilishi va o'zgartirilishi mumkin. Shuning uchun, chiqish signali kuchlanish, oqim yoki zaryad shaklida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ular amplitutada, chastotada, fazada yoki raqamli kodda ekstrapolyatsiya qilinishi mumkin. Ushbu chiqish formati tufayli sensor kirish xususiyatlarini va elektr chiqish xususiyatlarini o'z ichiga oladi.

    Download 1.47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg'ona filiali dasturiy injineringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti Axborot xavfsizligi kafedrasi

    Download 1.47 Mb.