• Universal shahar ilovasi
  • Haydovchisiz avtomobillar
  • Aqlli to‘xtash joylari
  • Aqlli yoritgich
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg'ona filiali dasturiy injineringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti Axborot xavfsizligi kafedrasi




    Download 1.47 Mb.
    bet5/9
    Sana17.01.2024
    Hajmi1.47 Mb.
    #139928
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Individual Loyiha Saida
    123123123 rasskraska, 1-Ma`ruza, qidiruv algoritmlari, 631-19 guruh Toshboyev Jaloliddin KT 5-lab, 6-Maruza.Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari, Labaratoriya ishi 3 Mobil ilovalarini ishlab chiqish Orifjanov Shavkatbek, Smart city, amaliyot 10, Laboratoriya ishi 11-12, ehtimollar test belgilangan, ЗАДАНИЕ 3 , 9-ma\'ruza 2021-2022 IRT, xisob ishchi dastur 2019-2020, (KOICA) Application Guideline 2022, KOMPYUTER NAZORATI PRINTSIPLARI
    Shaharni nima aqlli qiladi?
    Data-markaz
    Ma'lumotlarning yagona bazasi turli axborotni kerak bo‘lganida bir-biri bilan taqqoslashi va undan foydalanishi mumkin. Masalan, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilinganida jabrlangan kishining joylashgan joyi haqida, kasalxonaga yotqizilganida esa – uning tibbiy daftarchasi haqida ma'lumot olish mumkin. Ko‘chada kimdir to‘pponchadan o‘q uzganida esa axborot gumonlanuvchi shaxsning kameradan olingan rasmi bilan avtomatik tarzda politsiyachilarga kelib tushishi mumkin.
    Universal shahar ilovasi
    Shaharliklar uchun kerakli barcha ma'lumotlar ilovada birlashtirilishi mumkin. U orqali aqlli shaharda yashaydigan kishi taksi chaqirishi, to‘lovlarni amalga oshirishi, hukumat vakillariga yo‘ldagi o‘nqir-cho‘nqir joylar haqida xabar berishi, aynan shu fursatda shaharning qaysi qismida tirbandliklar va to‘xtash joyidagi bo‘sh o‘rinlar haqida bilib olishi mumkin. Aynan shunday dastur hozirda Chikagoda ishlaydi.

    Haydovchisiz avtomobillar
    Tesla, Uber va Google o‘z texnologiyalaridan yo‘llarda foydalanishga shay. Yo‘l belgilarini hisoblaydigan haydovchisiz avtomobillar esa kun kelib qo‘lda boshqariladigan harakatlanish vositalarini siqib chiqaradi. Biroq aqlli shaharda bari o‘zgacha ishlashi ham mumkin: bunday avtomobillar tarmoqqa birlashtiriladi va marshrutni rejalashtirishda joylashuvdan kelib chiqish ish ko‘riladi. Bu ancha xavfsiz bo‘lishi lozim. Haydovchisiz avtomobillar yo‘ldagi avariya holatlari va to‘xtash joylaridagi bo‘sh o‘rinlar haqida ham oldindan ma'lumot olishlari mumkin.
    Aqlli to‘xtash joylari
    Amerika intellektual transport jamiyati tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, tirbandliklarning 30 foizi avtomobil ishqibozlarining to‘xtash joyini uzoq qidirishi natijasida paydo bo‘lar ekan. Aqlli shahar konsepsiyasi esa bu jarayonni ilova yordamida osonlashtiradi. Maxsus datchiklar to‘xtash joyi vaqtini soniyasigacha aniqlikda o‘lchay oladi: pul miqdori ham kartadan avtomatik ravishda yechib olinadi. To‘xtash joyi sensorlaridan AQSh va Yevropaning ko‘plab joylarida foydalanishadi: tizim birinchilardan bo‘lib Parij va Kanzas-Sitida tatbiq etilgan.
    Aqlli yoritgich
    Biz qorong‘u tushganida ishga tushadigan ko‘cha fonuslari haqida aytdik. Biroq aqlli uy konsepsiyasi bundan ham qiziqroq ssenariylarni ko‘zda tutadi. Masalan, Amerikaning San-Antonio shahrida yomg‘irdan keyin transport arteriyalari bo‘ylab qo‘yilgan fonuslar yorug‘roq nur taratadi. Shu tariqa haydovchilar sirpanish ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘lni yaxshiroq ko‘ra olishadi.

    Download 1.47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg'ona filiali dasturiy injineringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti Axborot xavfsizligi kafedrasi

    Download 1.47 Mb.