• Eksperiment
  • Konkretlashtirish
  • Deduksiya
  • Mantiqiylik
  • Muhandislik-texnologiya




    Download 2,19 Mb.
    bet190/193
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,19 Mb.
    #256562
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193
    Bog'liq
    Muhandislik-texnologiya

    Mutlaq haqiqat - borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi to’liq aniq mukammal bilimlardir.
    Kuzatish - harakat o’zgarish va rivojlanishdagi ma’lum ob’ektni tabiiy sharoitda u qanday bo’lsa, shu holicha diqqat bilan, belgilangan vaqt ichida, ma’lum maqsad asosida ko’zdan kechirib borishdir.
    Eksperiment - o’rganilayotgan predmet yoki hodisani o’z holicha, lekin sun’iy yaratilgan sharoitda kuzatishdir.
    Analiz - bir butunni qismlarga, bo’laklarga, tomonlarga va elementlarga ajratib, ularning har biri nima ekanligini bilishdir.
    Sintez - analiz tufayli ajratilgan bo’laklar tomonlar, qismlar, elementlarni o’zaro biriktirib, ularni bir butun holiga keltirishdir.
    Umumlashtirish - tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo’lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo’lgan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir.
    Konkretlashtirish - oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan bog’lab shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir fikr hosil qilishdir.
    Induksiya - tadqiqotchi o’z tafakkuridan tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to’g’risidagi bir qancha juz’iy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimni hosil qiladi.
    Deduksiya - fikrda umumiy bilimlarda juz’iy, qisman bilimlarga kelishdir.
    Тarixiylik - o’rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo bo’lish, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini uning tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariy bilishga oid usuldir.
    Mantiqiylik - tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi umumlashtirilgan, abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan, qisqargan, tasodiflardan tozalangan abstrakt- konkretlik shaklida ifodalanishidir.
    Formallashtirish - tekshirilayotgan predmet yoki hodisalarning ma’lum konkret tomonlari, xossa va xususiyatlarining mazmunini mavhumlashtirib, uni ma’lum abstrakt ifoda, formula yoki sxemalar bilan ifodalashdir.

    Download 2,19 Mb.
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193




    Download 2,19 Mb.