• Kalit so’zlar
  • -ma’ruza. AKT bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa




    Download 1.79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/70
    Sana11.09.2023
    Hajmi1.79 Mb.
    #81248
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
    Bog'liq
    Elektron xukumat (2)
    2-ma`ruza. Intelektual tizim tasnifi. Intelektual axborot tizimi, Самостоятельная работа (1), Шаблон учун, raqamli texnologiya, eng-xavfsiz-shifrlash-algoritmlari, IBET1243 (1), Intizom Ma `lumot texnologiyalar dars mavzu Microsoft Word da-genderi.org, 126 1684497155, 4-laboratoriya, Baxtiyorov Nodirbek (2), Ishlab chiqarishning[1], 11. Kvadratik formalar (3), Kompyuter viruslari va viruslardan himoya qilish muammolarini hal, Elektron Chaqiruv xati BT, 9-informatika-darslik
    1-ma’ruza. AKT bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa 
     
    Reja: 
     
    1. Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari. 
    2. AKT va ta’lim 
    3. AKT sohasida kadrlarni tayyorlash 
    4. Sog’liqni saqlashda AKT 
    Kalit so’zlar: Mingyillik rivojlanish maqsadlari, Gender va ta’lim, 
    ekologik barqarorlik, global hamkorlik, AKT va ta’lim, kadrlar tayorlash, 
    Sog’liqni saqlashda AKT. 
     
    1. Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari. Mingyillik Sammiti 
    2000 yilda jahon tarixida va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida muhim 
    voqea bo’ldi. Mingyillik Sammiti muhim global chaqiriqlarga e’tiborni qaratish 
    uchun 189 mamlakat rahbarlarini to’pladi. Ular ushbu dunyoni butun insoniyat 
    uchun yaxshiroq qilish majburiyatini o’z zimmalariga oldilar. Davlatlar 
    qashshoqlikka qarshi kurashish, asosiy xizmatlardan asosiy turlaridan bahramand 
    bo’lishni yaxshilash, kasalliklar tarqalishini kamaytirish va atrof muhitni 
    himoyalash uchun kuch-g’ayratni birlashtirish borasida noyob imkoniyatga ega 
    bo’ldilar. Mingyillik Deklaratsiyasi 21 asrga mo’ljallangan Global kun tartibini 
    belgilab berdi hamda Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) sifatida ma’lum 
    bo’lgan sakkizta aniq maqsadga erishishga qaratilgan vazifalarni qo’ydi. 
    SHunday qilib, Mingyillik Deklaratsiyasi jahon yetakchilarining azmu qarorlarini 
    aks ettiradi, 2015 yilgacha bo’lgan davrda rivojlanishning xaritasi hisoblanadi. 
    Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari nima? 
    Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari jahon yetakchilari qashshoqlik 
    darajasini pasaytirish va kishilar farovonligini oshirish bo’yicha muhim 
    harakatlarni o’zaro kelishib olgan doira. U rivojlanishning bir-biri bilan o’zaro 
    bog’liq, aniq muddatlar, vazifalar hamda ko’rsatqichlarga ega bo’lgan sakkiz 
    maqsadini ko’rsatib beradi-ki, ularga qarab maqsadlarga qanchalik erishilganini 
    aniqlash mumkin. MRM jahon hamjamiyati sa’y-xarakatini kishilar hayotini 
    jiddiy va o’lchab bo’ladigan darajada yaxshilashga erishishga yo’naltiradi hamda 
    erishilgan natijalarni baholash mezonlarini belgilab beradi. Bular:
    1-Maqsad - O’ta qashshoqlikka va ochlikka barham berish 
    2-Maqsad - Umumiy boshlang’ich ta’limga erishish 


     6 
    3-Maqsad - Ayollar va erkaklar tengligini rag’batlantirish va ayollarning 
    huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish 
    4-Maqsad - Bolalar o’limini qisqartirish 
    5-Maqsad - Onalar salomatligini yaxshilash 
    6-Maqsad - OIV/OITSga, bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash 
    7-Maqsad - Ekologik barqarorlikni ta’minlash
    8-Maqsad - Rivojlanish maqsadida global hamkorlikni shakllantirish 
    Dastlabki yetti maqsad barcha ko’rinishlardagi: ochlik, daromadning 
    yetarli darajada bo’lmasligi, ta’lim va tibbiy xizmat sifati pastligi, gender 
    tengsizlik va atrof muhit ahvolining yomonlashuvi ko’rinishidagi kambag’allik 
    darajasini pasaytirishga qaratilgan. Bu maqsadlarga majmu holda erishilsa, 
    kambag’allikni kamaytirishga keng qamrovli yondashuv ta’minlanadi. 
    Sakkizinchi maqsad dastlabki yetti maqsadga erishish vositasidir. U 
    birinchi navbatda rivojlangan mamlkatlar oldiga vazifalar qo’yib, ularni 
    kambag’al mamlakatlar qarzlarini kamaytirish hamda ularning rivojlanishiga 
    ko’maklashish bo’yicha qo’shimcha choralar ko’rishga da’vat etadi. 
    Muvaffaqiyatlarimizni MRM bilan qiyoslaganda 
    O’zbekiston Mingyillik Ma’ruzasini imzolagan mamlakat sifatida MRMga 
    erishish bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmoqda. Hukumat bu maqsadlarning 
    milliy rivojlanishda muhimligi hamda dolzarbligini e’tirof etgani holda, donor 
    tashkilotlar va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda o’z milliy vazifalari hamda 
    MRM bo’yicha ko’rsatqichlarini ta’riflashga kirishdi. Milliy ekspertlar guruhi 
    tegishli vazifalar va ko’rsatqichlarni belgilash yo’li bilan har bir maqsad bo’yicha 
    rivojlanish yo’nalishlarini tahlil qilish uchun muhim qadamlar qo’ydi. Sakkiz 
    milliy MRM quyidagicha berilgan: 
    1-Maqsad - Kam ta’minlanganlikni va qoniqarsiz oziqlanishni qisqartirish 
    2-Maqsad - Boshlang’ich va o’rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish 
    3-Maqsad - Ayollar va erkaklar tengligini rag’batlantirish hamda 
    ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish 
    4-Maqsad- Bolalar o’limini qisqartirish 
    5-Maqsad - Onalar salomatligini yaxshilash 
    6-Maqsad- OIV/OITSga, sil kasalligiga va bezgakka qarshikurash 
    7-Maqsad - Ekologik barqarorlikni ta’minlash 
    8-Maqsad- O’zbekiston va rivojlanish maqsadida global hamkorlik 
    Hukumatning MRM muhimligini e’tirof etishi, jumladan, MRMni Aholi 
    farovonligini oshirish strategiyasi bo’yicha oraliq xujjat (AFOSOH)ga 
    muvaffaqiyat bilan moslashtirib va qo’shib borilayotgani bilan tasdiqlanadi. Zero, 
    olib borilayotgan ishda monitoring va hisobot tizimlarini yaratish uchun 
    qo’shimcha choralar zarur. Milliy MRM ham, AFOSOH ham aholi turmush 


     7 
    darajasini oshirishga yo’naltirilganligi munosabati bilan ularning ta’riflari bir-
    birini to’ldiradi. 
    O’zbekistonda MRM bo’yicha ilk asosiy tadqiqot MRMni mamlakatning 
    rivojlanish xususiyatlariga moslashtirish jarayonida tayyorlangan edi. Unda yetti 
    MRMdan har biri O’zbekiston sharoitiga tatbiqan ko’rib chiqiladi, MRMni 
    ro’yobga chiqarishning va erishilgan natijalarni monitoring qilishning ehtimol 
    tutilgan muammolari belgilanadi. 
    Aholining MRMdan xabardorligini oshirish bo’yicha kampaniyani 
    o’tkazish O’zbekistonda ularni ro’yobga chiqarishni ta’minlash shartlaridan 
    biridir. Bu borada asosiy e’tibor davlat institutlariga, fuqarolik jamiyatiga, OAV 
    va keng jamoatchilikka qaratiladi, bunda siyosatchilarga ham, oddiy fuqarolarga 
    ham teng darajada tayaniladi. 

    Download 1.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




    Download 1.79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ma’ruza. AKT bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa

    Download 1.79 Mb.
    Pdf ko'rish