Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa




Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/70
Sana11.09.2023
Hajmi1.79 Mb.
#81248
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
Elektron xukumat (2)
2-ma`ruza. Intelektual tizim tasnifi. Intelektual axborot tizimi, Самостоятельная работа (1), Шаблон учун, raqamli texnologiya, eng-xavfsiz-shifrlash-algoritmlari, IBET1243 (1), Intizom Ma `lumot texnologiyalar dars mavzu Microsoft Word da-genderi.org, 126 1684497155, 4-laboratoriya, Baxtiyorov Nodirbek (2), Ishlab chiqarishning[1], 11. Kvadratik formalar (3), Kompyuter viruslari va viruslardan himoya qilish muammolarini hal, Elektron Chaqiruv xati BT, 9-informatika-darslik
Boshlang‘ich ta’limda AKT 
Hozirgi davrda maktabgacha tarbiya hamda boshlang‘ich ta’lim yoshidagi 
bolalar ham bemalol mobil telefoni, noutbuk, planshet va boshqalardan foydalana 
oladilar. Ayrim ota-onalar kelajakda kichkintoylar maktabdagi darslarda ruchka 
va qalamlardan emas, balki faqat klaviaturadangina foydalanadilar deb 


 16 
o‘ylamoqdalar. Ha, albatta, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
ta’lim amaliyotiga faol kirib bormoqda. 
Zamonamiz bolalarining axborot-kommunikativ salohiyatini belgilashga 
xizmat qiluvchi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, masalalarni yechish, xotiralarini 
mustahkamlash, diqqatlarini jamlashga, tasavvurlarini kengaytirish, ularda ijobiy 
shaxsiy xislatlarni shakllantirish, faol fikr yuritishga undovchi turli ta’limiy 
dasturlar tobora ko‘proq ishlab chiqilmoqda. Kompyuter axborotlarni qayta 
ishlashda eng zamonaviy qurilma bo‘lib, ta’limda qudratli texnik vosita hamda 
o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlarida ota-onalar va o‘qituvchi uchun tengi yo‘q 
yordamchi bo‘lishi mumkin. 
Davrimiz jajji bolajonlari ham axborot manbai sifatida kitoblardan ko‘ra 
ko‘proq televideniye, video, kompyuter qurilmalarini afzal biladilar. Keyingi o‘n 
yilliklar mobaynida tug‘ilgan kichkintoylar dunyoni yangi zamonaviy kompyuter 
va mobil telefonlari bilan anglab, o‘sib-ulg‘aymoqdalar. Shaxsning har 
tomonlama barkamol bo‘lib yetishishida zarur bo‘lgan atrofdagilar bilan muloqot, 
faol harakatlanish, kitoblar mutolaasi kabi ta’lim-tarbiyada muhim bo‘lgan 
omillardan tobora kam foydalanilmoqda. 
Ma’lumki, kompyuterdan uzoq vaqt mobaynida foydalanishda inson 
organizmiga ayrim salbiy yuklamalar: aqliy, ko‘rish va jismoniy zo‘riqishni 
keltirib chiqaruvchi ta’sir etadi. Ta’lim jarayonida, xususan, boshlang‘ich 
ta’limda kompyuterdan keng foydalanishda, avvalo, kompyuter texnikasining 
bolalar organizmiga ta’sirini yaxshi anglagan holda ish tutish zarur. Keyingi 
vaqtlarda har bir sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy 
etish davr talabi ekanligini nazarda tutib, mamlakatimiz ta’lim tizimida ham 
ulardan keng foydalanilmoqda. Xususan, dars mashg‘ulotlarida AKT vositalari 
ta’lim samaradorligini oshirayotganligi haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. 
Ayniqsa, Ziyonet axborot ta’lim tarmog‘ida dars mashg‘ulotlarini yanada 
qiziqarli va samarali qilish uchun ko‘plab resurslar taqdim etilmoqda. 
Ma’lumki, ta’lim jarayonida foydalanish uchun quyidagi dasturlardan 
foydalanish tavsiya etilmoqda: 

Kompyuter ta’limiy dasturlar. Mazkur dasturlar bolalarning shaxsiy, 
intellektual va emotsional-rivojlanishlarida katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu 
sohaga mo‘ljallab ishlab chiqilgan: matematika, chet tilini o‘rganish, nutq 
o‘stirish kabi turli fanlarga oid ko‘plab dasturlar mavjud. 

Ko‘ngilochar dasturlar. Bu borada ham talay dasturlar ishlab 
chiqilgan bo‘lib, turli-tuman metodlar yordamida ta’lim samaradorligini 
ko‘tarishda foydalaniladi. 

Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan 
kompyuter o‘quv dasturlari. Mazkur dasturlar bolalar iqtidorini rivojlantirish, 


 17 
chet tillarini o‘zlashtirish, matematik vazifalarni yechish qobiliyatlarini 
shakllantirish va umuman, bolalar dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. 
Bolalar uchun ta’limiy kompyuter dasturlari o‘yin shaklida ishlab 
chiqilgan, sababi aynan o‘yinqaroqlik faoliyati bolalarda yetakchi bo‘lib 
hisoblanadi. Bunda kompyuter vositasida ta’limiy jarayonini asosan tashkil 
etilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Shu sababli ham quyidagi talablarga 
javob bermog‘i lozim: 
1. Ta’lim muassasasi ta’limiy kompyuter o‘yinlaridan foydalanishda 
mutaxassis-metodist bilan kelishilgan holda ish yuritishi zarur. 
2. Dars jarayonida kompyuterdan foydalanishda bolalarga ta’lim 
yuklamalarining psixologik jihatlari ham e’tiborda tutilishi zarur. Tor yaxshi 
yoritilmagan xonalarda kompyuterdan foydalanmaslik shart. 
3. Bolalarni kompyuterda o‘ynashga tayyorlashga ham alohida e’tibor 
qaratish lozim. Dastlabki darslarda bolalarga kompyuter funksiyalaridan 
foydalanish, uni boshqarish qoidalarini tushuntirish zarur. O‘quvchi bolalar 
uchun klaviatura, uning klavishalari qanday amal qilishi, kompyuterni boshqarish 
usullari, ko‘rish-harakatlanishning muvofiqligi, qay holatda qaysi bir zarur 
bo‘lgan klavishani bosish va bir vaqtning o‘zida ekranni kuzatib borish haqidagi 
ma’lumotlarni eslab qolishlariga yordamlashuvchi mashg‘ulotlar o‘tish zarur. 
Bulardan tashqari, bola turli kompyuter dasturlaridan foydalanish 
qoidalaridan ham xabardor bo‘lishi lozim. Bunda, birinchi navbatda, bolaning 
kompyuter bilan muloqotida zarur bo‘lgan: qo‘l va barmoq harakatlarining 
aniqligi, barmoq uchlarining nozik harakatlanishi malakalarni shakllantirish va 
rivojlantirish lozim. O‘quvchi bolalarga o‘rgatishda sabrli bo‘lish zarur, ularni 
shoshirish mumkin emas: mazkur malakalarni shakllantirish murakkab va uzoq 
davom etadigan jarayon bo‘lishi mumkin. 
4. Dars mashg‘ulotlarida kompyuter o‘yinlaridan foydalanishda 
bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida ahamiyat berish zarur. 
Bundan tashqari, vazifalar bolani charchatib, zeriktirib hamda ruhiy zo‘riqtirib 
qo‘ymasligi va uzoq vaqtni qamrab olmasligi e’tiborga loyiq. O‘yin mazmuni 
oddiy, qiziqarli va emotsional jihatdan o‘ziga jalb eta oladigan bo‘lishi shart. 
5. O‘quvchi bolalarning kompyuterda ishlay olishga tayyorligini tekshirish 
ham muhim bo‘lib hisoblanadi. Kompyuter bilan muloqot bolalar uchun alohida 
faoliyat turi hisoblanadi. Bunda ularning diqqatlarini jamlay bilishlari ham 
muhimdir. Kompyuter bilan muloqot qilish faoliyati bolada undan cho‘chish, 
o‘ziga nisbatan ishonchsizlik kabi salbiy holatlarni ham yuzaga keltirishi 
mumkin. Bunday holatlar esa bolaning emotsional sohasiga, intellektual rivoji va 
salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shu boisdan bolani kompyuter bilan 
muloqotga o‘rgatishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 


 18 

Kompyuterlardan 
ko‘proq 
rivojlantiruvchi 
mashg‘ulotlarda 
foydalaniladi. Mashg‘ulot 20–30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi va davomli 
qismlardan: tayyorlov, asosiy va yakuniy iborat bo‘lishi shart. 

Kompyuterdan foydalanib, mashg‘ulot o‘tishda ko‘zlar uchun 
gimnastik mashqlarni ham tez-tez takrorlab turish va bu qoidaga bolalarni 
o‘rgatish lozim. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini 
joriy etib borishda o‘qituvchilar shuni unutmasliklari zarurki, rivojlantiruvchi 
mashg‘ulotlarni o‘tkazishda amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalarga doimo rioya 
qilish hamda bolalarda shu xususiyatni shakllantira bilishlari lozim. 

Download 1.79 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa

Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish