AKT sohasida kadrlarni tayyorlash




Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/70
Sana11.09.2023
Hajmi1.79 Mb.
#81248
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
Elektron xukumat (2)
2-ma`ruza. Intelektual tizim tasnifi. Intelektual axborot tizimi, Самостоятельная работа (1), Шаблон учун, raqamli texnologiya, eng-xavfsiz-shifrlash-algoritmlari, IBET1243 (1), Intizom Ma `lumot texnologiyalar dars mavzu Microsoft Word da-genderi.org, 126 1684497155, 4-laboratoriya, Baxtiyorov Nodirbek (2), Ishlab chiqarishning[1], 11. Kvadratik formalar (3), Kompyuter viruslari va viruslardan himoya qilish muammolarini hal, Elektron Chaqiruv xati BT, 9-informatika-darslik
3. AKT sohasida kadrlarni tayyorlash 
Bugun axborot texnologiyalari iqtisodiyot sohalarining rivojlanish asosiga 
aylanib ulgurgan. Bu esa jamiyatning intellektual salohiyati, taraqqiyoti bevosita 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
mutaxassislarining 
bilim 
va 
ko‘nikmalariga daxldorligini anglatadi. AKT sohasi mutaxassislarining 
iqtisodiyot va davlat rivojidagi muhim hissasi, ularga bo‘lgan talab va ehtiyojni 
inobatga olib, mamlakatimizning soha uchun kadrlar tayyorlash tizimi xalqaro 
talablardan kelib chiqib muntazam takomillashtirilmoqda, bu yo‘nalishda ilg‘or 
loyihalar amalga oshirilmoqda. Matbuot anjumanida ayni shu jihatlarga e’tibor 
qaratildi. 
Bugungi kunda yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi 
uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha 
universiteti kabi ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlanmoqda. 
Matbuot anjumanida ikkala oliy ta’lim muassasacining o‘quv tizimini 
takomillashtirish yuzasidan amalga oshirayotgan so‘nggi loyihalari, chora-
tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universitetida har yili fakultetlari talabalari tomonidan yaratilgan dasturiy 
mahsulotlar, veb-ishlanmalar va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etib 
kelinmoqda. 
Ta’lim muassasasi qoshidagi Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind 
axborot texnologiyalari markazi modernizatsiya qilinib, homiylar hisobidan 500 
ming AQSh dollari miqdoridagi grant evaziga multimedia xonasi to‘liq 
jihozlandi. 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU axborot-resurs markazidagi 
darslik va kitoblar soni ayni kunda 320 mingtadan oshadi. Ularning 191 
mingtasini o‘quv kitoblari, 15 mingtasini xorijiy tillardagi kitoblar tashkil qiladi. 


 19 
So‘nggi 3 yilda universitetning 490 nafar professor-o‘qituvchilari malaka oshirish 
kurslariga jalb qilingan.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida “elektron hukumat” tizimini 
samarali joriy qilish, boshqaruv va faoliyatda AKTni tatbiq etish xodimlarning bu 
yo‘nalishdagi bilimlarini oshirib borishni taqozo qiladi. Ayni shu maqsadda 
TATU qoshida davlat muassasalari xodimlarini o‘qitishga ixtisoslashgan 
“Elektron hukumat” o‘quv markazi tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar bu 
yerda 38 mingdan ziyod mutaxassislar o‘qitilgan. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari 
qoshidagi oliy o‘quv muassasalari qoshida 12 ta o‘quv markazlari faoliyati yo‘lga 
qo‘yildi. Ushbu markazlarning ixtisoslashtirilgan kurslarida turli tashkilot-
idoralarning 2 mingdan ziyod mutaxassislari malaka oshirdilar. 
Toshkent shahridagi Inha universitetida ayni kunda 358 nafar talaba 
kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Har yili qabul 
imtihonlarida yuqori ball to‘plagan 10 nafar talabaga homiylar hisobidan grant 
asosida o‘qish imtiyozi berilmoqda. Ular kelajakda universitet ta’sischisi bo‘lgan 
yoki boshqa nufuzli muassasalarda 5 yillik mehnat faoliyatini o‘taydilar. 
Shu bilan birga, talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida, semester yakunida har bir kursdan eng yuqori natija 
ko‘rsatgan 10 nafar talaba shartnoma pulini to‘lashdan qisman yoki to‘liq ozod 
etiladi. 
Universitet 2016-2017 o‘quv yilida 250 nafar talabani qabul qilishni 
rejalashtirgan. Shuningdek, yangi o‘quv yilida ta’lim muassasasida yangi – 
logistika yo‘nalishi bo‘yicha ham fakultet o‘z faoliyatini boshlaydi. 
Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilgan 
Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalari markazi universitetning ilmiy-tadqiqot 
va innovatsion salohiyatini oshirish, ilmiy ishlanmalarning hayotga tatbiq etilishi 
yuzasidan hamkorlik qilish, universitet talabalarini dasturiy mahsulotlar 
yaratishga jalb qilish, ilg‘or g‘oyalarni ichki va xalqaro bozorga olib chiqishni 
rag‘batlantirish orqali ularning ilmiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, nazariy 
bilimlarni amaliyotga tatbiq etishlariga ko‘maklashish uchun imkon yaratish 
maqsadida tashkil qilingan. 

Download 1.79 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish