Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Biror bir sodda ob’yektni maketini modellashtiring va uning turli holatdagi
joylahuvida soyasini hosil qiling, turli teksturali xaritalarni material sifatida
ob’yektga qo’llab ko’ring, shaxmat doskasini mustaqil ravishda modellashtiring.
Mavjud shaxmat doskasiga mos ravishda shaxmat donalarini modellashtiring va
ularning animatsiyasini yarating.
195
7 BOB. XARAKAT CHIZIGI. QAXRAMON XARAKTERINI SYUJET BILAN BOYITISH. 3D FOTOREALIZM TAMOYILLARI 7.1. Harakat chizig'i Shaklning asosiy harakatini “harakat chizig’i” aniqlaydi. Harakat chizig’i
qaxramon harakatlarining dramatik samarasini hammadan yaxshiroq belgilab
beradi. Birinchi navbatda, "harakat chizig’ini" o’tkazish uchun nima qilish
kerakligini aniqlab olish zarur, shundan keyingina uning atrofida shaklning boshqa
detallarini qurib olish lozim.
Shaklning xarakterini yaratishda uni uch o'lchovli kichik qismlardan tashkil
topgan birgalikda birlashadigan ob’yekt sifatida qarab o’rganib chiqing. Har bir
qism mul’tfilmning formulasiga ko’ra o’zining qoidasiga ega.
Multfilm qaxramonini yaratishda harakat ketma-ketlik:
1. Ushbu shaklning asosi uchun "harakat chizig'i"ni amalga oshiring.
2. "Harakat chizig'i"ni ko’rsatish uchun aylana yordamida bosh va tana massasini
ko’rsating.
3. Bo'yinning bosh va tana shakli hajmini, tananing va boshning qiyaligini
perspektiv chiziqlarini ko'rsatib kuzatib boring.
4. Kerakli holatda qo’l, oyoq va ko’zlarni joylashtiring.
5. Qo’shimcha detallarni joylashtiring.
Shunday qilib, yordamchi chiziqlar atrofida xarakter chiziladi.
196
197
7.1-rasm. Harakat chizig’i
Noto’g’ri To’g’ri
Noto’g’ri To’g’ri
Noto’g’ri! "Harakat chizig’i" syujetga mos emas.
198
To’g’ri! "Harakat chizig’i" syujetga mos va uni samarali bezab turibdi.
Har qanday multfilm qaxramonini yaratishda uning syujetga mos ravishda
harakat chizig’ini chizishni yaxshilab o’rganib olish maqsadga muvofiq.