Mundarija kirish bob. Kompyuter animasiyasi tarixi. To’liq metrajli animasiya Bob. Animatsiyaning turliligi. Multfilm yaratish texnologiyasi




Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/70
Sana05.02.2024
Hajmi5,92 Mb.
#151504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
61b82c33ed5900.37102788

 
 
 
 
 
 



 
 
 
KIRISH 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli 
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-
tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, 
inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini 
ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, 
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o‘quv 
adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, 
bunda O‘zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o‘quv 
qo‘llanmalari 
nashr 
etilmoqda. 
Axborot-resurs 
va 
axborot-kutubxona 
markazlarining 
moddiy-texnika 
bazasi 
yangilanib, 
zamonaviy 
elektron 
kutubxonalar tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Matbuot, noshirlik va axborot 
sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo‘lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq 
qonunosti hujjati qabul qilingan. 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot 
davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher 
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona 
markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin 
axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda 
“Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota’minoti” majmualari 
tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Ta’lim jarayonida kompyuter grafikasi va animatsion texnologiyalardan 
foydalanish bugungi kun pedagogikasi uchun yangilik emas. Ta’lim sifati
samaradorligini oshirish uchun zamonaviy o’quv jarayonining animatsion 



ko’rinishdagi o’zlashtirish texnologiyalarini har bir pedagog dars jarayonida 
qo’llay bilishi lozim. 
Kompyuter animatsiyasi bu animatsiya yaratishning bir turi bo’lib, 
jonlantirilgan tasvirlarni yaratish uchun ishlatiladigan jarayondir. Kompyuter 
animatsiyasi faqat harakatlanuvchi tasvirlarga nisbatan ishlatilayotgan bo'lsa ham, 
statik va dinamik tasvir sahnalarini o'z ichiga olgan kompyuter tomonidan ishlab 
chiqarilgan tasvirdir. Bugungi kunda animatsiya uch o'lchamli fazoda tobora 
ko'proq foydalanilmoqda, garchi ikki o'lchamli foydalanilsada, u oson va tezroq 
yaratiladi va odatda kamroq joy oladi. Kompyuter animatsiyasi aslida 3D modellar 
bilan an'anaviy animatsiyada ishlatiladigan to'xtash Motion texnologiyasining 
raqamli vorisi va 2D grafikada ishlatiladigan kalit kadrli animatsiya 
texnologiyasidir. 
Animation dunyoda yuzaga kelgan turli jarayonlar, makrokozm, inson tanasi, 
fazoda va hokazolarni ko'rish uchun zamonaviy dunyoda keng qo'llaniladi. 
Kompyuter texnologiyalari rivojlanishi tufayli tarixiy davrda yuz bermagan yoki 
sodir bo'lmagan hodisalarni tasvirlash, shuningdek, rassomning ishini kengaytirish 
va mavjud bo'lmagan dunyo va mamlakatlarni ko'rsatish mumkin bo'ladi. 
Animatsiyani qo'llashning asosiy yo'nalishlari vaqtincha ikkita guruhda - o'yin-
kulgi va ilm-fanda taqdim etilishi mumkin. 
Ushbu o’quv qo’llanma talabalarga kompyuterli animatsiyaning qo’llanilish 
sohalari, turlari, rivojlanish tarixi, animatsion mahsulotlar yaratish usullari 
bo’yicha maxsus bilim va ko’nikmalar hosil qilishga yordam beradi. 

Download 5,92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish bob. Kompyuter animasiyasi tarixi. To’liq metrajli animasiya Bob. Animatsiyaning turliligi. Multfilm yaratish texnologiyasi

Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish