266
Biror bir mul’tfilm qaxramonini bosh qismini modellashtring. Boshning
sodda harakatini yarating. Mul’tfilm qaxramoni
skeletini yarating va uni
harakatlantiring.
XULOSA
Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual
salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim
muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk
asarlarini
saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil
etilmagan.
Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda
yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish
tizimi sust rivojlangan,
shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatishda elektron kitob shakllaridan keng
foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Ta’lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar
yetarli darajada mavjud bo‘lgan manbalar hisobidan jalb etilmayapti,
kitob
sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim muassasalari, kutubxonalar va
mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish,
shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga
qaratilgan tadbirlar yetarli emas. Shu sababli yosh avlodga ma’naviy
va ilmiy
bilimlarni berishda adabiyotlarning o’rni beqiyosdir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini
ta’minlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari
faoliyatini yanada
takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va innovatsion
faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bunday
turdagi o’quv qo’llanma va darsliklarni yaratish maqsadga muvofiqdir.
267
Ushbu “Kompyuterli animatsiya” fani bo’yicha tayyorlangan o’quv
qo’llanmani o’zlashtirish natijasida talabalar kompyuter grafikasi va uning turlari
va mul’timedia vositalari yordamida animatsion mahsulotlar yaratishni, uch
o’lchovli sodda va murakkab ob’yektlarni modellashtirish va
ularning dinamikasini
yaratish usullarini, animatsiyaning asosiy tamoyillarini, mul’tfilm
yaratish
texnologiyalarini, animatsion mahsulotlar yaratishga mo’ljallangan yuqori sifatli
texnologiyalar Rigging, Morhfing, Motion capture texnologiyalari imkoniyatlari va
turlarini o’rganishlari mumkin. Bundan tashqari 2D va 3D grafikaga asoslangan
animatsion mahsulotlar ishlab chiqish bo’yicha maxsus bilim va ko’nikmalar egasi
bo’lishlari
mumkin.