Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-ketlikda bo‘lishi shartdir. Uchinchidan




Download 1.12 Mb.
bet8/11
Sana17.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#73757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARDA TO’PLAMLARNING TENGLIGI VA TENG EMAS HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANISHI
4самостоятельная работа, 1-SINF HUSNIXAT TO\'GARAKI, 2 5195055642238259208, ADABIYOTLAR, баённома-октябрь, 100dsdsds.203, TOG o\'quv qo\'llanma, Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti, Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari-fayllar.org, 1-Dasturiy injinering mustaqil ish, 5-sinf-informatika-testlar-1, 6-sinf-informatika-testlar, 5-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023, www.idum.uz geografiya 10 rus metodika 2022
Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-ketlikda bo‘lishi shartdir.
Uchinchidan, bola matematik tushunchalarni o‘zlashtirish jarayonini o‘rganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart.
Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. SHuning uchun birinchi bosqichda pedagog (tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni ko‘p talab qilmaydigan masalalarni taklif etish kerak.
Bunda bola sodda matematik tushunchani o‘zlashtirishi, keyin esa bora-bora bolaning o‘zi mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilgunicha matematik tushunchalarni rivojlantirib, murakkablashtirish kerak. Matematik tushunchani o‘zlashtirish jarayonidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shu tushunchaning mazmuniga ham bog‘liq. Har bir tushunchadagi ma’lumotlar matematik tushunchalar va g‘oyalarning mantiqiy tugallangan doirasidir, bu esa tarbiyachi tomonidan faol o‘zlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha o‘ylangan bo‘lishi kerak. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda ta’limning
didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish va uni murakkablashtirish dialektikaning asosiy qonunlaridan biri bo‘lgan inkorni inkor qonuni asosida qurilgan bo‘lishi kerak. Bu qonunga ko‘ra, bir muammoni boshqa bir muammoga almashtirish ular orasidagi aniq bog‘lanishga asoslangan bo‘lishi
kerak. Keyingi va oldingi masalalar orasidagi qonuniy bog‘lanish ularning ichki sifati birligidan kelib chiqadi. Bu sifatiy birlik har bir to‘plam masalalarning qanday maqsad uchun tuzilish strukturasidan kelib chiqadi. Masalalar echishda uddaburonlik bilan xulosalar chiqara olishi, paydo
bo‘lgan muammolarni echishning yo‘llarini topa bilishi ham zarur. Masalalar echishda pedagog (tarbiyachi)larda shakllangan bilimdan to‘liq foydalanishga imkoniyat beradigan eng qulay va sodda masalalarni echishdan ishni boshlash kutilgan natijalarga olib kelishi mumkin.
SHuningdek, bunday ishlarni amalga oshirish tanlangan masalalarning mazmuniga, ularning turli-tumanligiga, echish usullariga, qolaversa, mashg‘ulotning tashkil qilinishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha ta’limda har bir mashg‘ulot tugallanadigan maqsadni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot etarli darajada qoniqarli va muvaffaqiyatli o‘tishligi uchun tarbiyachi mashg‘ulotning umumiy ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish usullarini aniq tushungan va egallagan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotda masalalar echish jarayonida har bir bola uning
fikrla mustaqil shini rivojlantirishga imkon beradigan matematik bilimlar tizimiga, maxsus va umumiy o‘quv ko‘nikma hamda malakalariga, rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasiga erishgan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotning har bir maqsadi aniq bo‘lib, bilimda aniq bir sifat o‘zgarishni ko‘zda tutgan bo‘lishi kerak. Bolada masalalar echish uchun tegishli ko‘nikma va malakalari, mantiqiy hamda ijodiy fikrlash faoliyati, qolaversa, unda axloqiy tarbiyasi ham to‘la shakllangan bo‘lishi kerak. Tarbiyachi savol yordami bilan bolani rag‘batlantirishi, mashg‘ulotlarda uni, muammoli jarayonlar yaratish, erkin ijodiy mashg‘ulotlar tashkil qilishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagi qator shartlarga rioya qilishi kerak va zarur:
— tasodifiy “bo‘shliqqa” yo‘l qo‘ymaydigan mashg‘ulotning borish tezligini saqlab turmoq;
— ishning boshlanishiga qadar barcha tushuntirishlar, buyruq va ko‘rsatmalar aniq qilingan bo‘lishi zarur;
— pedagog (tarbiyachi) o‘z tushuntirishlarida bolalarning individual javoblari vaqtida bolalarning fikrlash faoliyatini doimiy ravishda faollashtirib borishi kerak;
— bolalarning barchasi ishlayotgan paytda ularni ortiqcha gaplar bilan chalg‘itmaslik, xonada aylanib yurmaslik va ayrim guruh bolalariga beriladigan tanbehlar yuqori ovozda aytilmasligi kerak;
— ishning shakli va ko‘rinishi har xil bo‘lishligi;
— muhokama qilinayotgan materialni tahlil qilishda har xil strategik usullarni tashkil qilshdan foydalanish;
— maktabga tayyorlov guruhida ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, bir masalani turli usullar bilan og‘zaki echish bolalarning mantiqiy fikrlashini, uddaburonligini, tezda tiklay olishini, paydo bo‘lgan bar xil muammolarni og‘zaki bajarishning
to‘g‘ri yo‘lini topa bilishlik qobiliyatini yanada rivojlantiradi va shakllantiradi.
Bu esa guruhda bolalarni shartli ravishda ayrim guruhlarga bo‘lish imkoniyatini beradi:
1. Masalani echish uchun aniq ko‘rsatmalarga muhtoj bo‘lgan bolalar guruhi;
2. Masalani echish uchun umumiy ko‘rsatmalarga (mavzu, bo‘lim, echish usuli)
muhtoj bo‘lgan bolalar guruhi;
3. Masalani echish uchun ko‘rsatmalarga muhtoj bo‘lmagan bolalar guruhi.
Bunday turkum masalalarni asta-sekin murakkablashtirib borib, pedagog (tarbiyachi)larda qator natijalarni tezroq olish qobiliyatini ishlab chiqish mumkin. Bunday mazmundagi ishlar tarbiyalanuvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi, kasb-hunarga qiziqtiradi, ularda qiziqish javobgarligini ta’minlaydi va hokazo.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mexnat qilayotgan otaonalarning ijtimoiy faoliyati uchun shartsharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar MTMlari ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga tayyorlashdir.
Bolalar MTMlari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan 12 yo‘nalishli yangi dasturlar ishlab chiqilgani, sinovdan o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi.
MTMlarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi.
Jumladan, maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan MTMda matematika ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishga olib keldi.
MTM bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bulajak tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematika tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.
Yosh avlodii o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha ta’lim tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan katta katta ishlarni bajarishni talab etadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta’limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada oshirdi. YAna shunga bog‘liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda bolalar MTMsida matematika o‘qitish butun tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshiridsi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan MTMda matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
MTM bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.
Bolalar MTMsida matematik ta’lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).

  1. MTMda matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish. (nimani o‘rgatish?). Bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.

  2. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?.

  1. Matematik bilim berish vositalarini darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish).

  2. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish? Mashg‘ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? Mashg‘ulot jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).

Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentlaridir.
Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir.


Download 1.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-ketlikda bo‘lishi shartdir. Uchinchidan

Download 1.12 Mb.