II.BOB.BOLALARDA TOPLAMLARNING TENGLIGI VA TENG EMAS HAQIDAGI




Download 1.12 Mb.
bet6/11
Sana17.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#73757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARDA TO’PLAMLARNING TENGLIGI VA TENG EMAS HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANISHI
4самостоятельная работа, 1-SINF HUSNIXAT TO\'GARAKI, 2 5195055642238259208, ADABIYOTLAR, баённома-октябрь, 100dsdsds.203, TOG o\'quv qo\'llanma, Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti, Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari-fayllar.org, 1-Dasturiy injinering mustaqil ish, 5-sinf-informatika-testlar-1, 6-sinf-informatika-testlar, 5-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023, www.idum.uz geografiya 10 rus metodika 2022
II.BOB.BOLALARDA TOPLAMLARNING TENGLIGI VA TENG EMAS HAQIDAGI
2.1Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishining milliy va xorijiy konsepsiyalari.
Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o‘quv-tarbiya jarayonini shakllantirish uchun pedagog (tarbiyachi), bola haqidagi muhim ma’lumotlarga, ya’ni uning ijodiy faoliyatiga tayyorgarligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi muhimdir. Faoliyat jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va faoliyatning so‘nggi natijalari haqida bilish katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun matematik tushunchalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi axborotning uch shaklini shartli ravishda ajratish mumkin: dastlabki, joriy va so‘nggi. Axborotning ahamiyati shundaki, u oldinda turdagi ishning maqsadini yoki bolaning aniq vazifalarini bajarishga tayyorgarligini to‘g‘ri aniqlashga imkoniyat yaratadi. Pedagogikada dastlabki axborotning quyidagi turlari mavjud:

  • shaxs xususiyatlari;

  • aqliy qobiliyatlar, talab, qiziqish;

  • bilim va bilish darajasi.

Ushbu ma’lumotlar bolaning masalani ijodiy bajarishga tayyorligini aniqlashda muhimdir. SHuning uchun bunday faoliyatni tashkil qilishda quyidagilarni bilish kerak:
a) bilim darajasi, ya’ni bolaning ijodiy faoliyati qanday tushunchalarga asoslanib bajariladi;
b) ijodiy ishlashning qanday shakllanganligi;
d) bolalarda uchraydigan o‘ziga xos qiyinchiliklar;
e) bolaning shaxsiy xususiyatlari.
Bilim jarayonining holatini ta’riflaydigan axborot ham katta ahamiyatga egadir. SHuning uchun pedagog (tarbiyachi) e’tibori bolaning maqsadga qarab harakatlanishini ta’riflaydigan joriy axborot ko‘rsatkichlariga qaratilishi kerak.
N.F.Talizin joriy axborotni quyidagi turlarga bo‘ladi:
- o‘rganuvchi tomonidan dasturlangan faoliyat bajarilayaptimi;
- bajarilishi to‘g‘rimi;
- faoliyat shakli o‘zlashtirishning ushbu bosqichiga mos keladimi;
- umumiylashtirish, o‘zlashtirish, bajarish tezligiga asoslanib faoliyat
shakllanmoqdami.
Har bir aniq holatda joriy axborotning mazmuni bolaga, topshirilgan dasturga bog‘liq bo‘ladi. Joriy axborotning ijodiy ishlashdagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlari quyidagilar:
a) bolaning vazifani bajarish qobiliyati (maqsadga muvofiqlik, to‘g‘rilik, tezlik);
b) ish jarayonida paydo bo‘layotgan qiyinchiliklar va ularning kelib chiqish sabablari;
d) masalani o‘zlashtirish uslubini tanlashda bolaning mustaqilligi;
e) bolaning o‘zini-o‘zi nazorat qilishi.
Har bir ijodiy ish tugab bo‘lganidan keyin olingan axborot muhim o‘rin egallaydi. Ushbu axborot ijodiy ishning borishiga baho berishda va ob’ektiv tahlil qilishda muhim ahamiyatga egadir, chunki olingan natijalar ishning boshida qo‘yilgan maqsadga erishish qay darajada yordam berishini hamda
faoliyat bosqichlarining ketma-ketligi qay darajada to‘g‘ri va maqsadga muvofiqligini aniqlashga imkon beradi.
So‘nggi axborotning muhim ko‘rsatkichlari boshqarishning keyingi turkumiga ta’sir ko‘rsatadi:
a) erishilgan bilim darajasi (to‘liqlik, umumiylik, tezkorlik);
b) bilim va ko‘nikmalarning egallanganlik darajasi;
d) bilim va bilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar;
e) vazifaning bajarilishida ijodning aniqlanishi (javobning mantiqiyligi, ajoyibligi).
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda bolaga alohida yaqindan yondashish ahamiyatga egadir. Tarbiyachi guruh bilan ko‘pincha frontal ish olib boradi. Ushbu frontal ish yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham egadir. Bolalarning faoliyati uchun bir xil sharoit yaratilganligi va vazifani
bajarish imkoniyatlari bolalarda har xil bo‘lganligi sababli materialning o‘zlashtirilishi ham har xil bo‘ladi. Frontal yondashish bolalarning axborot xazinasini to‘liq e’tiborga olishga imkoniyat bermaydi, chunki ular turli bilim qiziqishlariga, qobiliyatlariga va layoqatlariga ega. Mashg‘ulot jarayonida yakka yondashishni amalga oshirishning vositalaridan biri — bu har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga qarab ta’lim berishdir, ya’ni ta’lim berishni individuallashtirishdir. Ta’lim berish psixologik- pedagogik adabiyotda o‘quv jarayonining shunday tashkili tushuniladiki, ta’lim- tarbiya berish uslub va vositalarining tanlanishida bolaning shaxsiy psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi. Ta’limni individuallashtirish bilim va ko‘nikmalarning har bir bola tomonidan ongli, mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlashga, uning aqliy kuchi va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga, bilimni mustaqil topa bilishini shakllantirishga hamda bu bilimni turli amaliy va o‘rgatuvchi masalalarni echishda ijodiy ishlata bilishni o‘rgatishga qaratilgan. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda
ta’kidlanadiki, fikriy uslublarning muhimlaridan biri — bu oldindan aytib berish. Har qanday masalani (turmushda, ishlab chiqarishda, o‘qishda) echishda inson tahlil, sintez, shu vaqtdagi holatni umumiylashtirish asosida harakatlarning borishini oldindan ko‘rishga doim harakat qiladi va keyingi faoliyatini tartibga solib to‘g‘rilaydi, uning natijalarini oldindan ko‘radi. SHuning uchun oldindan ko‘ra bilishni shakllantirish, natijalarni oldindan ko‘rish bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirishning asosiy qismi hisoblanadi. Masalani yechish yo‘lini topish uchun oldindan aytib berishning tahlil, sintez, umumiylashtirish va bir qator uslubiy tavsiyalar bilan birligi bolalarga katta yordam beradi. Oldindan aytib berish — echimini topishning muhim qismi bo‘lib, fikrlashni shakllantiruvchi kuchli vositadir.
2. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi
Tushuncha—bu predmetlar va hodisalarni ba’zi bir muhitni alomatlariga ko‘ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to‘g‘ri chiziq va hokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki hodisalarning bir- biriga o‘xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir.
Predmetlar deganda ob’ektlar nazarda tutiladi. Odatda, ob’ektlar ma’lum muhim va muhim bo‘lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu ob’ektga tegishli va bu xossasiz ob’ekt mavjud bo‘la olmaydigan xossalarga aytiladi . Ob’ektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo‘lmagan xossalar hisoblanadi. Ob’ekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo‘lsa, u holda bu ob’ekt haqida tushuncha mavjud deyiladi.
Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo‘ladi. Ob’ektning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini tashkil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo‘lgan ob’ektlar to‘plami tushuncha hajmini tashkil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin bo‘lgan
ob’ektlar to‘plami ham ekan. Matematik tushunchalar o‘z navbatida insoniyat to‘plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real ob’ektlarning ko‘pgina xossalaridan ko‘z yumgan holda ularni ideallashtirish natijasida hosil
bo‘ladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani o‘rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o‘z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o‘rganish kabi vazifalarni bajarish orqali echiladi.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jihatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:
— ko‘rgazmali dasturli hujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni
shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va hokazo);
— metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar,
masalan, maktabgacha tarbiya to‘g‘risida o‘quv qo‘llanmalar, o‘yinlar va hokazo);
— jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilg‘or tajriba va olimlarning fikrlari.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashkil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga
qaratiladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish — inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi - bolalarni faqat matematikani bilishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, o‘zlarining hayotdagi o‘rinlarini topa olishlariga yordam berishdan
iborat. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
— matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini o‘rganishga tayyorlashni rejalash;
— matematik tushunchalarning
rivojlantirish yo‘llari va shartlarini ishlab
chiqish;
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik
ko‘rsatmalar berish.
Gnedenko o‘z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko‘rsatadi: “Oddiy o‘rta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlang‘ich maktab kursini o‘zlashtirish uchun zamin bo‘lgan) va “o‘rtadan yuqori bo‘lgan qobiliyat”, ya’ni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql echimini
topishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir.

Download 1.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB.BOLALARDA TOPLAMLARNING TENGLIGI VA TENG EMAS HAQIDAGI

Download 1.12 Mb.