Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari




Download 1.12 Mb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#73757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARDA TO’PLAMLARNING TENGLIGI VA TENG EMAS HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANISHI
4самостоятельная работа, 1-SINF HUSNIXAT TO\'GARAKI, 2 5195055642238259208, ADABIYOTLAR, баённома-октябрь, 100dsdsds.203, TOG o\'quv qo\'llanma, Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti, Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari-fayllar.org, 1-Dasturiy injinering mustaqil ish, 5-sinf-informatika-testlar-1, 6-sinf-informatika-testlar, 5-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023, www.idum.uz geografiya 10 rus metodika 2022
Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari.
Matematikadan mashg‘ulotlar haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan
darajada bo‘lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi.

Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi:



  • bolalar birinchi mashg‘ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar;

- ikkinchi mashg‘ulotda bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘ati aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi mashg‘ulotda bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik shakllarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rnatishadi.
Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha (uch-olti) mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg‘ulotdan mashg‘ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Yangi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda yangi mavzuni uch—besh mashg‘ulot davomida, oldin uniig birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv yili oxiriga qadar
tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak. O‘rgatishning hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin bo‘ladi. Matematika o‘qitishda mashg‘ulotning har xil turidan foydalaniladi. Mashg‘ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganishga yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator mashg‘ulotlarning materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag‘ishlanadi.
O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni oladi, ularning birinchi qismida 8—10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi, ikkinchi qismida (9—12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3—4 daqiqa takrorlatiladi. Yangi materialni o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq zo‘riqishni talab qiladi. Shu sababli mashg‘ulot oxirida tanish materialni kiritish bir oz bo‘shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarning birinchi qismida 5 sonining o‘zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima o‘zgardi?» o‘yinida buyumlarto‘plamini sanash (masalan, samolyotlar zvenolari nechtaligini, har qaysi zvenoda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotning tuzilishi (strukturasi) dastur bo‘limlarining hajmi, mazmuni, ko‘rgazmaliligi, tegishli bilim va ko‘nikmalarniig o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog‘liq. CHunonchi, kichik guruhda bir yoki ikki mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadga muvofiq. SHu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu bo‘yicha birinchi mashg‘ulot, odatda, to‘liq o‘rganishga bag‘ishlanadi, takrorlash yangi materialning o‘tilishi munosabati bilan yoki mashg‘ulotning oxirida o‘tkaziladi. Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg‘ulotlar berilgan mavzu bo‘yicha ham, oldingi mavzular bo‘yicha ham materialni mustahkamlashga bag‘ishlanadi.


XULOSA
SHundan keyin o‘lchov sifatida nimalardan foydalanish mumkinligi aniqlanadi. Masalan: tayoq, qanot, lenta, qo‘l barmoqlaridan o‘lchov sifatida foydalanish mumkin.
Buyumning uzunligini, kengligini aniqlashda o‘lchovdan qanday to‘g‘ri foydalanish ko‘rsatnladi. Bunda bolalarning e’tibori uzunlikni aniq bir qirradan boshlab ikkinchi chekkadagi qirrada tamomlash, o‘lchovni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qo‘yish kerakligiga qaratiladi.
SHunday qilib, bolalar har xil taqqoslash usullaridan, shuningdek bevosita taqqoslashdan, ya’ni o‘lchashdan foydalanib, buyumlarni taqqoslashni o‘rganadilar.
Tarbiyachi shartli olingan o‘lchovdan foydalanib, bolalarni buyumlarnishg nisbiy kattaliklarini aniqlashga o‘rgatadi. Buyumlarning nisbiy kattaliklarini topishga bevosita va bevosita taqqoslash usullarini qo‘llab bo‘lmaydigan vaziyat vujudga keltiriladi. Masalan, shkaf yoki eshik baland ekanini aniqlash. SHartli olingan o‘lchov (qog‘oz bo‘lak, lenta, tayoq va b.) dan foydalanib, shkaf va eshikning balandliklari o‘lchanadi. Bolalar shartli olingan o‘lchov shkafning balandligiga 6 marta, eshikning balandligiga 7 marta joylashganligi uchun eshik shkafdan baland degan xulosaga keladilar.
Katta guruhda bolalar uzunlik va balandlikni aniqlagan mashg‘ulotning bir qismini keltiramiz.
Tarbiyachi. Bugun katta guruh bolalari katta uy qurishadi, ular ko‘p qurilish materiallariga ega bo‘lishlari kerak. Ularga ayniqsa, uzunligi 3 shartli o‘lchovga, balandligi esa 1 shartli o‘lchovga teng bo‘lgan tayoqchalar (taxtachalar) kerak. Har biringizning oldingizda o‘lchov va tayoqchalar turibdi. Ularni o‘lchang va keraklilarini ajrating.
Tarbiyachi.Tayoqchaning uzunligiga nechta shartli o‘lchov joylashishi kerak?
Bolalar. Uchta shartli o‘lchov.
Tarbiyachi. Tayoqchaning balandligiga nechta shartli o‘lchov joylashishi kerak?
Bolalar. Bitta shartli o‘lchov.
Tarbiyachi. Ulchovlarni oling va ular bilan tayoqchalarni o‘lchang, kerakli tayoqchalarni ajrating. (Bolalar topshiriqlarni bajarishdi, tarbiyachi ba’zi bolalarga yordam berdi).
Miqdorip bahoni tarknb topishi jarayonida bolalarda ko‘z bilan chamalash rivojlanadi. SHu maqsadda bolalarni idrok qilinadigan o‘lchamlarning kattaliklari yaxshi ma’lum buyumlar yoki harakatlar bilan taqqoslash (uch qadamga teng uzunlik, odam bo‘yicha balandlik va b.) ga o‘rgatish lozim.
SHu vaqtning o‘zida tarbiyachi bolalarning e’tiborini buyumlarning uzunlik, balandlik, qalinliklari bo‘yicha o‘zgarishlariga qaratadi. Bu o‘zgarishlarni «bu kalta», «qalinroq bo‘ldi», «balandroq bo‘ldi» kabi so‘zlar bilan to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatishi kerak.
Tarbiyachi ta’lim jarayonida bolalar kattaliklarning miqdoriy bahosi borasida o‘zlashtirgan bilim va malakalarini taqqoslashga, har xil hayotiy vazyyatlarda ulardan foydalanishga o‘rgatishga harakat qiladi. Bolalarning ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlanishiga alohida e’tibor berish kerak. Sayllarda bolalar e’tiborini masalan, yo‘l va yo‘lkalarning (qishloq sharoitida), ko‘chalarning o‘tish joylari va trotuarlarning (shahar sharoitida) kengligiga; balandliklari bo‘yicha teng yoki har xil bo‘lgan daraxt va uylarga, yo‘g‘onroq yoki ingichkaroq daraxtlar tanalariga va boshqa predmetlarga qaratish mumkin.
Ta’lim jarayonida bolalar e’tiborini miqdoriy baholarning nisbiyligiga, ularning taqqoslanayotgan buyumlarning kattaliklariga bog‘liq ekaniga qaratish kerak. Bu kattalik bahosini ayni matematik jihatdan tushunish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, biror amaliy topshiriq shaklida berilgan taqqoslashlarni, masalan, ma’lum uzunlikdagi, kenglikdagi, balandlikdagi buyumlarni taqqoslash, yoki tanlash uchun juftini topish kabi topshiriqlarni bolalar katta qiziqish bilan bajaradilar.


Download 1.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari

Download 1.12 Mb.