Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta’lim muammolari




Download 1.12 Mb.
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#73757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOLALARDA TO’PLAMLARNING TENGLIGI VA TENG EMAS HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANISHI
4самостоятельная работа, 1-SINF HUSNIXAT TO\'GARAKI, 2 5195055642238259208, ADABIYOTLAR, баённома-октябрь, 100dsdsds.203, TOG o\'quv qo\'llanma, Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti, Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari-fayllar.org, 1-Dasturiy injinering mustaqil ish, 5-sinf-informatika-testlar-1, 6-sinf-informatika-testlar, 5-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023, www.idum.uz geografiya 10 rus metodika 2022
2. Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta’lim muammolari
Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta’lim kata ahamiyatga egadir. Muammoli ta’lim — bu didaktik tizim bo‘lib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli xarakterdagi savollarni echishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar.
Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta’limning asosini tashkil qiladi, muammoni echish uchun sharoit yaratadi. Vaziyat—bu ilmiy bahs-munozara orqali tushunchalarni tartibga solish uchun
zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir.
Muammoli jarayon—o‘zining echilishi uchun izlanishni talab qiladigan anglangan qiyinchilikdir. Berilgan savol qiyinchilik yaratsa va javob berishda pedagog (tarbiyachi)dan yangi bilim va fikriy faollik talab qilinsa, o‘shanda muammoli vaziyat yaratiladi. Muammoli vaziyatda pedagog (tarbiyachi)lar e’tibori savollarning echilishiga to‘liq yo‘naltiriladi, pedagog (tarbiyachi)larning fikrlashi moyil qilinadi (to‘g‘rilanadi). Muammoni echishda ushbu moyillik aniq maqsadga aylanadi. Bola tomonidan asosiy bilim, tushuncha, og‘zaki, masala echish uslublari chuqur va mustahkam o‘zlashtirilgandagina, muammoli ta’lim foydali bo‘lishi mumkin.
Ta’lim olish jarayonidagi muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, bolalar erda “izlanuvchi” va birinchi kashfiyotchidek bo‘lishadi. Bunda muammoli vaziyat bu avval yaratiladi va tahlil qilinadi, muammoni echish uchun qulay usul aniqlanadi, muammo echiladi va xulosa o‘rganiladi. Muammoli ta’limdan foydalanish jarayonida mavzuni muammoli bayon qilish, evristik suhbat va izlanish uslublari to‘plamidan foydalanish mumkin.
Muammoli bayonning mohiyati shundaki, pedagog (tarbiyachi) o‘zi masalani beradi va og‘zaki echish yo‘llarini ko‘rsatadi. Evristik uslubning mohiyati esa pedagog (tarbiyachi) tomonidan bolalarni aniq izlanishlarga yo‘naltiruvchi savollar tizimi avvaldan o‘ylab qo‘yilishida ifodalanadi. Izlanish uslubi bolalarda atrofdagi olamga katta qiziqishni uyg‘otadi, u o‘ylashga, mulohaza qilishga harakat qiladi, atrofdagi voqealarni o‘rganadi, o‘zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda va masalani echishda foydalanadi. Izlanish uslubida pedagog (tarbiyachi) muammoni qo‘yishi mumkin, farazlar keltiradi, asosiy
g‘oyani aniqlaydi, kuzatishlar o‘tkazadi, taqqoslaydi va umumiylashtiradi, tahlil qiladi, butunni tarkibiy qismlarga bo‘ladi va xulosa chiqaradi. L. S. Vigotskiy xayol qilish (faraz qilish) bilan reallik orasidagi to‘rtta bog‘lanish shaklini aniqladi. Bu bog‘lanish shakllari bolada matematik tushunchalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir.
Birinchi bog‘lanish shakli. Ushbu shaklda bolalarning faraz qilish faoliyati ifodalanadi. Bu shaklning mohiyati haqiqatan ham olingan matematik tushunchalar asosida xayol qilishda ifodalanadi. Faraz qilishning ijodiy faoliyati bolaning avvalgi tajribasining boyligi va xilma-xilligiga bog‘liqdir. CHunki fantaziya tajriba bergan material asosida tuziladi. Qanchalik tajriba boy bo‘lsa, shuncha faraz qilish uchun ko‘p material bo‘ladi.
Ikkinchi bog‘lanish shakli. Faraz qilishning reallik bilan ikkinchi bog‘lanish shakli tajribaning faraz qilishiga tayanadi. (Fantaziyaning tayyor mahsuloti va haqiqiy voqealari o‘zgalarning tajribasiga asosan bog‘lanadi), chunki farazlar ushbu holatda erksiz bo‘lib xizmat qiladi, ammo o‘zgalar tajribasi orqali yo‘naltiriladi, o‘zgalarning ko‘rsatmasi bilan harakatlangandek, faqat shunga asoslanib haqiqiy reallik bilan mos kelish natijasiga erishish mumkin.chinchi bog‘lanish shakli. Farazning emotsional (his-hayajonli) haqiqat qonunidir. Qonunning mohiyati shundaki, fantaziyaning har qanday tuzilishi bizning his-hayajonlarimizga teskari ta’sir qiladi, agar fantaziyaning ushbu tuzilishi haqiqatga mos kelmasa, unda chaqirilgan his-hayajon haqiqat, amaliy haqiqatda boshdan kechiriladigan, bolani qiziqtiradigan tuyg‘u bo‘ladi. Ijodiy faraz faoliyatida his-hayajonli (emotsional) o‘zlashtirishning ahamiyati, shubhasiz, kattadir. SHuning uchun sezgi xuddi fikrdek insondagi ijodni harakatga soladi. Bu faraz faoliyati va haqiqat o‘rtasidagi to‘rtinchi qonunidir.
Masalani echish jarayonini batafsil ko‘rib chiqamiz. “Masalani echish” atamasi — psixologik-pedagogik adabiyotda turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Turli matnlarda masalani echish deganda turlicha tushuniladi:
— masalaning maqsadiga etganda olingan natija;
— shu natijaga olib keladigan, mantiqiy o‘zaro bog‘langan harakatlarning ketma-ketligi; bunda ketma-ketlik imkoniyat boricha, tejamli bo‘lib, hech qanday yo‘naltiruvchi mulohazalarsiz taxmin etiladi (mantiqiy tugatilmagan echim):
— shaxsning masalani qabul qilib olganicha natijaga erishguncha bo‘lgan jarayondir. Bunda natija masala maqsadi (echish jarayoni)dir.
SHunday qilib, uslubiy adabiyotda masalani echish deganda, shu masala bilan bog‘liq bo‘lgan butun faoliyat shu masalani qabul qilishdan boshqa masalaga o‘tish yoki umuman boshqa ish turiga o‘tishgacha bo‘lgan faoliyat tushuniladi. “Masalani echish” atamasini to‘la tushungandagina masala ustida ishlashning ma’lum bo‘lgan to‘rt bosqichga ajratilishi mantiqqa egadir. Ushbu bosqichlarni qisqagina ta’riflab o‘tamiz.irinchi bosqich — axborotni qabul qilishda, masalaning shart va maqsadlarini anglashda ifodalanadi. Ushbu bosqichni masalani tahlil qilish bosqichi deb ham atashadi.

Download 1.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta’lim muammolari

Download 1.12 Mb.