|
Oʻquvchilar 8-sinf geometriya kursini oʻrganish natijasida quyidagi bilim va k
|
bet | 6/14 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 437,5 Kb. | | #264548 |
Bog'liq 1-MavzuOʻquvchilar 8-sinf geometriya kursini oʻrganish natijasida quyidagi bilim va kо‘nikmalarni egallashlari lozim.
Bilimlar:
parallelogramm, toʻg‘ri toʻrtburchak, kvadrat, rombni bir- biridan farqlay
olish va asosiy elementlarini bilish;
parallelogramm va uning turlariga oid xossalami bilish;
trapetsiya va uning turlarini farqlay olish va asosiy elementlarini bilish;
koʻpburchak ichki va tashqi burchaklarining xossasini bilish;
simmetriya haqida tushunchaga ega boʻlish;
oʻqqa nisbatan va markaziy simmetriyaning xossalarini bilish;
Fales teoremasi haqida tushunchaga ega boʻlish;
uchburchak va trapetsiya oʻrta chiziqlari ta’riflarini hamda ularning xossalarini bilish;
proporsional kesmalar haqida tushunchaga ega boʻlish;
shaklning yuzini topishning ma’nosini va yuzning asosiy xossalarini bilish;
tengdosh shakllar haqida tushunchaga ega boʻlish;
toʻg‘ri toʻrtburchak, parallelogramm, uchburchak va trapetsiya, koʻpburchakning yuzlarini topish formulalarini bilish;
Pifagor va uning teoremasi haqida tushunchaga ega boʻlish;
aylana vatari va diametrining xossalarini bilish;
markaziy burchak va uning xossalarini bilish;
aylanaga ichki chizilgan burchak ta’rifmi va xossalarini bilish;
tashqi va ichki chizilgan aylanalar ta’rifini va xossalarini bilish hamda tashqi va ichki chizilgan aylanalaming markazlarini, radiuslarini va urinish nuqtasini topa olish;
aylanani kesuvchi toʻg‘ri chiziqlardan hosil boʻlgan burchaklarni oʻlchashga doir xossalarni bilish;
vektor haqida tushunchaga ega boʻlish;
vektor kattalik va uning son qiymati hamda belgilanishini, ikki vektorning tenglik shartini bilish;
vektorlami qoʻshishning “uchburchak va parallelogramm qoidalari”ni hamda qoʻshish qonunlarini bilish;
vektorlarni ayirishni, songa koʻpaytirishni bilish;
vektorning koordinatalardagi ifodasini bilish;
ikki vektor skalyar koʻpaytmasining ta’rifini bilish;
dastur doirasida allomalarimizning geometriya fani rivojiga qoʻshgan hissalari, asarlari haqida tasavvurga ega boʻlish.
|
| |