Oʻquvchilar 9-sinfda geometriyani oʻrganish natijasida 7-8-sinflarda oʻzlashtirganlari bilan bir qatorda quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallashlari lozim




Download 437,5 Kb.
bet8/14
Sana19.06.2024
Hajmi437,5 Kb.
#264548
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1-Mavzu

Oʻquvchilar 9-sinfda geometriyani oʻrganish natijasida 7-8-sinflarda oʻzlashtirganlari bilan bir qatorda quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallashlari lozim:
Bilimlar:

  • oʻxshash shakllar tushunchasiga ega boʻlish va ularning ta’rifini hamda belgilanishini bilish;

  • uchburchaklar va koʻpburchaklarning oʻxshashlik alomatlarini bilish;

  • oʻtkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi ta’riflarini bilish;

  • ixtiyoriy burchakning sinus va kosinusi ta’riflarini bilish;

• asosiy trigonometrik ayniyatlami bilish;
• uchburchakning yuzini burchak sinusi yordamida hisoblash for-
mulasini bilish;
• sinuslar va kosinuslar teoremasini bilish;

  • koʻpburchakka tashqi va ichki chizilgan aylananing xossalarini bilish;

  • muntazam koʻpburchaklar ta’riflni va xossalarini bilish;

  • muntazam koʻpburchakka tashqi va ichki chizilgan aylanalarni chizish mumkinligini bilish;

  • muntazam koʻpburchakning yuzini uning tomoni bilan tashqi va ichki chizilgan aylanalar radiuslari orqali ifodalovchi formulalarni bilish;

  • aylana uzunligini va uning yoy uzunligini hisoblash formulalarini bilish;

  • burchakning radian oʻlchovini bilish;

  • doira va uning boʻlaklari haqida tushunchaga ega boʻlish, ularning uzunligini topish formulalarini bilish;

  • toʻg‘ri chiziqqa tushirilgan perpendikular, nuqtadan toʻg‘ri chiziqqacha boʻlgan masofa, og‘ma, og‘maning asosi va proeksiyasi haqida tushunchaga ega boʻlish;

• perpendikular, og‘ma va uning proeksiyasi haqidagi teoremalarni bilish;

  • ikki kesmaning nisbati tushunchasini bilish;

  • toʻg‘ri burchakli uchburchakda gipotenuzaga tushirilgan balandlikning xossalarini bilish;

  • kesuvchi vatarlar kesmalarning va kesuvchi kesmalarning xos­salarini bilish;

  • dastur doirasida allomalarimizning geometriya rivojiga qoʻshgan hissalari, asarlari haqida tasavvurga ega boʻlish.


Download 437,5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 437,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻquvchilar 9-sinfda geometriyani oʻrganish natijasida 7-8-sinflarda oʻzlashtirganlari bilan bir qatorda quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallashlari lozim

Download 437,5 Kb.