• Koʻnikmalar
  • -sinfda geometriya fani boʻyicha oʻquvchilar egallashlari lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malaka me’yorlari




    Download 437,5 Kb.
    bet5/14
    Sana19.06.2024
    Hajmi437,5 Kb.
    #264548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    1-Mavzu

    7-sinfda geometriya fani boʻyicha oʻquvchilar egallashlari lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malaka me’yorlari:
    Bilimlar:

    • geometrik figuralar. Geometrik kattaliklarni oʻlchash;

    • nuqta, toʻg'ri chiziq, tekislik haqida tasavvurga ega boʻlish;

    • kesmaning xossalarini bilish;

    • burchak va uning turlarini bilish;

    • vertikal va qoʻshni burchaklaming xossalarini bilish;

    • perpendikular va parallel toʻgʻri chiziqlar haqida tushunchaga ega boʻlish;

    • bissektrisa haqida tushunchaga ega boʻlish va uning xossasini bilish;

    • siniq chiziq va koʻpburchak haqida tushunchaga ega boʻlish;

    • uchburchakning asosiy elementlarini bilish;

    • uchburchak va ularning turlarini bilish;

    • uchburchaklaming tenglik alomatlarini bilish;

    • kesma oʻrtasidan oʻtkazilgan perpendikularning xossasini bilish;

    • teng yonli uchburchak bissektrisasining xossasini bilish;

    • ikki toʻgʻri chiziqni uchinchi toʻgʻri chiziq kesganda hosil boʻladigan burchaklami farqlay olish;

    • ikki parallel toʻgʻri chiziqni uchinchi toʻgʻri chiziq kesganda hosil boʻladigan burchaklarning xossalarini bilish;

    • mos tomonlari oʻzaro parallel va perpendikular burchaklar haqidagi teoremalarni bilish;

    • uchburchak burchaklarining yigʻindisi haqidagi teoremani bilish;

    • uchburchak tashqi burchagining xossasini bilish;

    • dastur doirasida allomalarimizning geometriyaning rivojiga qoʻshgan hissalari haqida tasavvurga ega boʻlish.

    Koʻnikmalar:

    • geometrik figuralar. Geometrik kattaliklarni oʻlchash;

    • chizmada, modelda geometrik figuralar (berilgan nuqta, kesma, toʻgʻri chiziq, burchak turlari, aylana, uchburchak)ni koʻrsata olish va ularni tasvir eta olish;

    • chizmada koʻrsatilgan figuralami belgilay olish va oʻqiy olish;

    • teorema va masala shartiga mos keluvchi chizmani chiza olish;

    • hisoblashga va isbotlashga oid masalalarni yechishda asosiy figurani tanlash hamda standart qoʻshimcha yasashlarni bajara olish;

    • kesmalarning uzunligini topa olish va ikki nuqta orasidagi masofani bevosita oʻlchay olish;

    • berilgan uzunlikdagi kesmani berilgan nuqtadan qoʻya olish;

    • sirkul yordamida ma’lum radiusli aylanani yasay olish;

    • burchakni tashkil etuvchi tomonlarni va uchini aniqlay olish;

    • burchakni toʻgʻri oʻqiy olish va yoza olish;

    • transportirdan foydalanib gradus oʻlchovi berilgan burchakni yasay olish;

    • burchak va uning turlarini tasvir eta olish hamda farqlay bilish;

    • chizmadan vertikal va qoʻshni burchaklarni topa olish;

    • vertikal va qoʻshni burchaklardan birining gradus oʻlchoviga koʻra qolganlarining gradus oʻlchovlarini topa olish;

    • berilgan burchakning bissektrisasini yasay olish;

    • uchburchak va uning turlarini tasvir eta olish;

    • teng uchburchaklardan mos elementlarni topa olish;

    • uchburchakning tenglik alomatlaridan uchburchakning tengligini isbotlashda qoʻllay olish;

    • uchburchaklaming tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatni masalalar yechishda qoʻllash olish;

    • sirkul va chizg'ich yordamida eng sodda geometrik yasashlarni bajara olish;

    • figurani tasvirlash uchun burchak kattaligini va kesmalaming uzunligini oʻlchash, geometrik asboblardan foydalanish malakalarini hosil qilish;

    • oʻrganilgan xossa va formulalarni qoʻllab, geometrik kattaliklar (uzunlik, burchak)ni topishga oid murakkab boʻlmagan masalalarni yechish.


    Download 437,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 437,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -sinfda geometriya fani boʻyicha oʻquvchilar egallashlari lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malaka me’yorlari

    Download 437,5 Kb.