|
Mundarija: kirish i-bob. Maktab geometriya kursini oʻqitishning nazariy asoslari
|
bet | 9/14 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 437,5 Kb. | | #264548 |
Bog'liq 1-MavzuKoʻnikmalar:
ikkita oʻxshash uchburchaklardan mos oʻxshash elementlarni topa olish;
oʻxshash uchburchaklar mos (oʻxshash) tomonlarining nisbatlari tengligini toʻg‘ri yoza olish;
uchburchaklaming oʻxshashligini isbotlashda oʻxshash uchburchaklarning alomatlaridan foydalana olish;
ba’zi burchaklarning sinus, kosinus, tangens va kotangensini hisoblay olish;
• toʻg‘ri burchakli uchburchakda tomonlar bilan burchaklar orasidagi munosabatni anglash va uni formulalar koʻrinishida yoza olish;
asosiy trigonometrik ayniyatlami misollar yechishda qoʻllay olish;
uchburchak yuzini ikki tomoni va ular orasidagi burchagi boʻyicha hisoblay olish;
sinuslar, kosinuslar teoremasidan foydalanib hisoblashga doir masalalar yechish;
muntazam koʻpburchaklarni tasvirlay olish;
muntazam koʻpburchaklarning markazi, apofemasi, radiusi, markaziy burchagi haqida tushunchaga ega boʻlish, ularni koʻrsata olish;
muntazam uchburchakka, kvadratga va muntazam oltiburchakka tashqi va ichki chizilgan aylanalaming radiuslarini topa olish, ularga oid masalalar yecha olish;
aylana va yoy uzunligini hisoblay olish;
aylana va doirani bir-biridan farqlay olish;
doira va uning boʻlaklari yuzini formulalar boʻyicha hisoblashga doir masalalar yecha olish;
kesmalarning nisbati va proporsional kesmalarga doir masalalarni yecha olish;
toʻg‘ri burchakli uchburchakda gipotenuzaga tushirilgan balandlikning xossalaridan foydalanib masalalar yecha olish;
kesuvchi vatarlar kesmalari va kesuvchi kesmalarning xossalaridan foydalanib masalalar yechish.
Konferensiya - oraliq nazoratning bir turi boʻlib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular boʻyicha mustaqil yozilgan ishlarning og'zaki ma’ruza koʻrinishidagi taqdimoti.
Tadqiqot - oʻzlashtirish darajasining eng yuqori choʻqqisi, oʻquvchilarning olgan bilimlari asosida hali oʻrganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi, keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida toʻgʻri yoki notoʻg'riligini tekshirish. Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uygʻotadigan muammoni yoki masalani qoʻyish, uni oʻrganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar toʻplash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik toʻgʻriligini toʻplangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish. Endi bu uslublarning ba’zilari ustida batafsilroq toʻxtalamiz.
“Aqliy hujum” usuli ”
“Aqliy hujum” usulidan foydalanilganda, odatda mashgʻulot ikki bosqichdan iborat boʻladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi (aqliy hujumning oʻzi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar oʻrtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.
“Aqliy hujum”ning birinchi bosqichini oʻtkazishga oid tavsiyalar:
Muammoni aniq va ravshan qoʻyish lozim!
“Aqliy hujum” oʻtkazish uchun asos boʻlgan muammoning qisqacha mohiyatini katta qogʻozga (yoki doskaga, oʻquv taxtasiga) katta harflar bilan yozib, hammaga yaxshi koʻrinadigan joyga osib qoʻygan ma’qul.
“Aqliy hujum”-bitta muammo! - har bir “aqliy hujum" faqatgina bitta muammoni hal etishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Shartlashuv - “aqliy hujum”ni oʻtkazish tartibi va shartlari ishtirokchilarning har biri uchun aniq-ravshan, tushunarli boʻlishi kerak. Shartlar asosida mashgʻulotni oʻtkazish tartib-qoidalari tuzilgan va qisqa ifodalangan qoidalarni hammaga koʻrinadigan joyga yozib qoʻyish lozim.
Demokratiya - “aqliy hujum”ga hamma teng huquqli ishtirok etadi. “Aqliy hujum" vaqtida bemalol, erkin ravishda muloqot yuritishni ta’minlash uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya etiladi.
Bemalol, istalgan gʻoyalami taklif qilish va tanqid qilmaslik - “aqliy hujum”ning birinchi bosqichida birorta ham gʻoya muhokama etilmaydi va tanqid qilinmaydi. Kutilmagan gʻoyalar taklif etish qoʻllab-quvvatlanadi. Bu usul yordamida muammo yechimiga oid yetarli darajada ma’lumot toʻplanadi. Qancha koʻp g'oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan gʻoya va fikrlarni toʻldirish va yanada kengaytirishga imkoniyat beriladi.
Asoslamaslik-biror bir gʻoyani taklif etgan kishi oʻz yechimini asoslamasligi va oʻzi ham oʻzgalar fikrini muhokama qilmasligi lozim. Chunki bu holat boshqa gʻoyalar tugʻilishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Rasmiylashtirish - har bir fikr, taklif va gʻoyalar yozib borilishi lozim. Oʻqituvchi birinchi bosqich davomida bildirilgan gʻoyalami yozib boruvchi kotibni belgilashi lozim. Gʻoyalarni doskaga yozib borish lozim. Vaqtni tejash hamda oʻz fikrini bemalol bayon etish uchun ishtirokchilarga oʻz gʻoyalarini qogʻozga yozib, sinf doskasiga skotch yordamida yopishtirib qoʻyishni ham tavsiya etish mumkin. Bunda quyidagi tartibga amal qilish lozim: bir varaq-bitta gʻoya-bitta soʻz (ibora).
Vaqtni chegaralab qoʻyish - gʻoyani ifodalash uchun qisqa vaqt ajratilishi zarur.
Nazorat qilish va tartibga solish-“aqliy hujum” ning birinchi bosqichi odatda kuchli emotsionai-ruhiy vaziyatda oʻtkazilgani uchun, oʻqituvchi mashgʻulotning borishini nazorat qilishi hamda oʻquvchilarning bir-birlari bilan bahslashish, munozara qilish va bir-birining gʻanimi boʻlishga yoʻl qoʻymasligi kerak. Ikkinchi bosqichda, ya’ni gʻoyalarni tahlil qilish bosqichida taklif etilgan yechimlar, qarorlar muhokama etiladi, guruhlarga ajratiladi. Takrorlangan fikrlar birlashtiriladi, eng asosiy 3-4 ta gʻoyalar saralanadi (makrosaralash). Soʻngra tanlab olingan asosiy gʻoyalardari eng maqbullari yana saralanadi (mikrosaralash). Mikrosaralash davomida ajratib olingan qarorlarning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va cheklangan tomonlariga baho berib chiqish mumkin.
“Kichik guruhlarda ishlash” usuli
Oʻquvchi mayda guruhlarda ishlaganda, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida boʻlishga, bir-biridan oʻrganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega boʻladi.
Qoʻllash bosqichlari va ular boʻyicha tavsiyalar:
Faoliyat yoʻnalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bogʻliq boʻlgan masalalar belgilanadi.
Guruhlar belgilanadi. Oʻquvchilar guruhlarga 5-8 kishidan boʻlinishlari kerak.
Oʻquvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak. Aniq koʻrsatmalar beriladi.
Kerakli asos yaratiladi.
Qoʻllab-quvvatlab va yoʻnaltirib turiladi.
Muhokama qilinadi.
Guruhlarda ishlash qoidalari qanaqa?
Ta’lim oluvchilarni guruhlarda ishlashga oʻrgatish oʻta muhimdir. Avvalambor ta’lim oluvchilar, ya’ni guruh a’zolari oʻz majburiyatlarini bilishlari va bajarishlari zarur. Ular quyidagilardan iborat:
har bir a’zo oʻrtoqlari fikrini eshitishi lozim;
har bir a’zo ishda faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan boʻyin tovlamasligi kerak;
har bir a’zo, zarurati boʻlganda boshqalardan yordam soʻrashi mumkin;
har bir a’zo, undan yordam soʻrashganda, boshqalarga oʻz yordamini berishi kerak;
har bir a’zo guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi kerak;
har bir a’zo oʻzining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi kerak;
har biz a’zo konkret vazifani bajarishda, oʻzining vazifasini bilishi kerak.
Tadqiqot va loyiqa usullari
|
| |