• Ishning vazifalari.
  • Ishning tuzilishi.
  • Mundarija: kirish i-bob. Maktab geometriya kursini oʻqitishning nazariy asoslari




    Download 437,5 Kb.
    bet2/14
    Sana19.06.2024
    Hajmi437,5 Kb.
    #264548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    1-Mavzu

    Ishning maqsadi. Umumta’lim maktablarida geometriya kursini oʻqitishda, oʻquv jarayonida an’anaviy oʻqitish usuliga muvofiq holda ya’ni pedagogik innovatsion texnologiyalardan foydalanishni samarali yoʻlga qoʻyish, oʻquvchilarga puxta va chuqur bilimlarni egallashlarida imkon beruvchi dars ishlanmalarini ishlab chiqish va joriy qilish.
    Ishning vazifalari. Umumta’lim maktablarida geometriyani oʻrgatishda oʻquvchilar bilim va koʻnikmalarini tekshirish usullari.

    • Oʻquvchilarning mustaqil ishlarini pedagogik innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish usullari.

    • Umumta’lim maktablarida geometriyani oʻqitishda pedagogik innovatsion texnologiyalar va turlari.

    • Pedagogik va innovatsion texnologiya usullari.

    • Darsda va darsdan tashqari mashgʻulotlarda mustaqil ishlarni tekshirish, uy vazifalari va individual mustaqil ishlarini muvofiqligini ta’minlash.

    Ishning tuzilishi. Ish kirish, 2 ta bob, toʻrtta paragraf, xulosa va foнdalanilgan adabiyotlardan iborat boʻlib, ishning hajmi 66 betdan iborat.


    I-BOB. MAKTAB GEOMETRIYA KURSINI OʻQITISHNING NAZARIY ASOSLARI
    1.1.Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari
    “Yangi” tushunchasi innovatsion pedagogikada asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Agarda birinchi – “birinchi yaratilgan” iborasi ilgari umuman ma’lum boʻlmagan biror narsa haqida tasavvur bersa, “yaqindan beri” va ayniqsa “yangitdan ochilgan” iboralari yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi, ilgari boʻlgan biror narsa borligini ifodalaydi. S.I.Ojegov lugʻatida “yangi”-“birinchi marotaba yaratilgan yoki qilingan, oldingisi oʻrniga yaqinda paydo boʻlgan, yaqin oʻtmish yoki hozirgi vaqtda qaytadan ochilgan, yaxshi tanish boʻlmagan” deyilgan.
    O.G.Xomeriki, M.M.Potashnik, A.V.Lorensov tadqiqotlarida ishlab chiqilgan innovatsiyalar tasnifi umumta’lim muassasalari rahbarlari uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga koʻra mualliflar ta’limdagi yangiliklarni quyidagi asosiy belgilar boʻyicha tasniflashni taklif etadilar:
    -yangilikni ta’lim-tarbiya jarayonining u yoki bu qismiga tegishliligiga qarab;
    -yangilikni oʻzgarish hajmi, miqyosiga qarab;
    -yangilikning innovatsion imkoniyati turiga qarab;
    -yangilikning oʻzidan oldingisi bilan aloqasiga qarab.
    Qayd etilgan har bir belgiga turli yangilik mos keladi. Oʻquv-tarbiya jarayonining u yoki bu qismiga mos keladigan yangiliklar quyidagicha:
    -ta’lim mazmunida;
    -oʻquv jarayonining metodikasi, texnologiya, shakl, metod, uslub, vositalarida;
    -oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda;
    -ta’lim muassasasini boshqarishdagi yangiliklar.
    Yangliklar koʻlami va hajmiga koʻra quyidagicha boʻlinishlarga ega:
    -xususiy (bir-biri bilan bogʻliq boʻlmagan lokal, yakka);
    -modulli (aniq bir yosh guruhi yoki predmetlar guruhiga aloqador boʻlgan, bir-biri bilan bogʻliq xususiy yangiliklar majmui);
    -tizimli (ta’lim muassasasini butunlay qamrab oluvchi) yangiliklar. Yangilikning salohiyati, imkoniyatiga koʻra u zamonaviylashtirilgan, kombinator va radikal yangiliklarga boʻlinadi.
    Zamonaviylashtirilgan yangiliklar takomillashtirish, koʻrinishini oʻzgartirish, dasturi, metodikasi, tarkibi, algoritmi, ishlanmasi zamonaviylashtirilishidan paydo boʻladi.
    Kombinator yangilikda oldindan ma’lum boʻlgan metodika elementlari yangicha talqinda ishlab chiqiladi.
    Radikal yangilik keskin oʻzgarishlarga olib keladigan tubdan oʻtkaziladigan islohatlar natijasida vujudga keladi.
    Oʻzidan oldingisi bilan aloqasiga koʻra aniqlanadigan yangiliklarni quyidagi turlarga ajratadilar:
    -oʻrnini almashtiruvchi (qandaydir eskirgan vosita oʻrniga boshqasi kiritiladi); -bekor qiluvchi (faoliyatning biror-bir qismi, shakli yoki dasturini boshqasi bilan almashtirish);
    -boshlovchi (oldindan mavjud boʻlmagan yangi dastur, texnologiya, ta’lim xizmati v.b.larni ochish);
    -retro (qachonlardir dolzarb boʻlgan, ta’lim amaliyotida ishlatilgan, lekin shu kunda ta’lim muassasasi uchun yangi).
    V.A.Slastenin, L.S.Podimovalar tadqiqotlarida yangilik absolyut, nisbiy, psevdo, sub’ektiv yangiliklarga ajratilgan (1-jadval).

    Download 437,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 437,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: kirish i-bob. Maktab geometriya kursini oʻqitishning nazariy asoslari

    Download 437,5 Kb.