• 1.2.Maktab geometriya fanini oʻrganishning mazmuni va qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalar
  • Mundarija: kirish i-bob. Maktab geometriya kursini oʻqitishning nazariy asoslari




    Download 437,5 Kb.
    bet4/14
    Sana19.06.2024
    Hajmi437,5 Kb.
    #264548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    1-Mavzu

    Yangilik ilmiy pedagogik tadqiqotlar hamda ilgʻor pedagogik tajribalar uchun birdek ahamiyatga ega boʻlgan mezon sanaladi. Innovatsion faoliyatni amalga oshirmoqchi boʻlgan oʻqituvchi uchun tavsiya etilayotgan yangilikning mohiyati nimada, uning yangilik darajasi qanday ekanligini aniqlash muhim. Har bir alohida olingan oʻqituvchining psixologik xususiyatlari, xohish-irodasidan kelib chiqqan holda uni innovatsion faoliyatga jalb etish lozim, chunki kim uchundir yangilik
    boʻlgan, boshqa birov uchun bunday boʻlmasligi mumkin.
    Pedagogik innovatsiyalar samaradorligi mezonlaridan optimallik-ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning natijaga erishishdagi vosita va kuchlari sarfini bildiradi. Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni qoʻllash va yuqori natijalarga ershishda eng kam jismoniy, aqliy va vaqt sarfi uning optimalligini bildiradi.
    1.2.Maktab geometriya fanini oʻrganishning mazmuni va qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalar
    Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti oʻquvchilar umumta’lim tayyorgarligiga qoʻyiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. Bu bilan oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, metodik tavsiyalar va boshqa oʻquv- metodik adabiyotlar uchun asos boʻldi.
    Matematika oʻsib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda oʻquv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. Matematik tafakkur ob’ektlari va ularni yasash haqida mantiqiy xulosalar chiqarish, mulohazalarni shakllantirish, asoslash va isbotlash koʻnikmalarini shakllantiradi va bu asosda mantiqiy tafakkur rivojlanadi. Bundan tashqari algoritmik tafakkurni shakllantirish, ma’lum bir algoritm boʻyicha faoliyat koʻrsatish va yangilarini qurish koʻnikmasini tarbiyalaydi. Matematikadan misol va masalalarni yechish jarayonida tafakkurning ijodiy va amaliy qirralari rivojlanadi.
    Matematik isbotlardagi aniq, qisqa, ravon fikr yuritish, geometrik shakllarni tasavvur qilish, ulardagi simmetriya, qat’iy qonuniyatlar asosida goʻzallikni koʻra olishga oʻrgatish orqali oʻquvchilarga estetik ta’lim-tarbiya beriladi.
    Ulugʻ allomalarimiz Al-Xorazmiy, Abu Nosir Farobiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Vafo Buzjoniy, Gʻiyosiddin al-Koshiy, Umar Xayyom, Nasriddin at-Tusiy, Mirzo Ulugʻbeklarning matematikaga qoʻshgan hissalarini oʻrganish jarayoni oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalaydi.
    Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning muhim sharti oʻqituvchilarning oʻqitish usuli va yoʻllarining maqbul tizimini tanlashdan hamda oʻquvchilarning yosh xususiyatlari, ularning matematik tayyorgarlik darajasi, umumiy oʻquv koʻnikmalarining rivojlanganligiga, hal etilayotgan ta’lim-tarbiyaviy masalalarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uygʻunlashtirishdan iborat.
    Matematikadan darslarni rejalashtirish va tashkil etishda oʻtilgan mavzularni amaliy mashgʻulotlar jarayonida oʻquvchilar koʻproq anglab olishi va oʻzlashtirishiga qaratish muhim. Buning uchun esa ham nazariyani oʻrganishda, ham masalalar yechishda, ogʻzaki va yozma koʻrinishdagi ishlarni ratsional tarzda olib borish lozim.

    Download 437,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 437,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: kirish i-bob. Maktab geometriya kursini oʻqitishning nazariy asoslari

    Download 437,5 Kb.