Maktabgacha yosh davrida iqtisodiy




Download 43.6 Kb.
bet4/7
Sana27.10.2022
Hajmi43.6 Kb.
#28313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MTT MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA
TAVSIYANOMA, 1028835 10A 19 web manual B570QE 2019-09 TR (1), IQTISODIYOT NAZARIYA Orifjonov Saidalo, 6-mavzu tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari reja, 5ab46b9f2722b2c17191e0267ccba511, Umumiy test 2, Qalqon, Yuklamalarning tuzilishiga ko\'ra turlari (2), Yordamchi so\'zlarning grammatik xususiyatlari, turlari, «Umumiy pedagogika» fanidan test topshiriqlari-fayllar.org, metodik (1), Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent, KIS22 04 Akramov Jamshid, Test
1.3 Maktabgacha yosh davrida iqtisodiy
tarbiyaning takomillashuvi
Rasm mashg`ulotida tarbiyacha bolalarning rasm qog`oziga bulut va yomg`ir, daraxtlar, avtomobil, uy, quyosh nuri, qush, gul, baliq, inson, zavod rasmlarini chizib qo`yadi. Bolalarga qaysi narsalar yerni, havoni, suvni ifloslantirsa ularni aylana ichiga oling yoki yoniga yulduzcha yasang topshig`ini beradi.
Har bir guruhda inson himoyachisi obrazini yumshoq o`yinchoq qilib tayyorlash va undan kundalik faoliyatda foydalanish lozim. Uni shunday tayyorlash kerakki, og`zi, ko`zi, qulog`I o`zgartirilib xursand yoki xafa holatiga tushsin. Yashaydigan joyning toza bo`lishi uchun o`yinchoqlarni sindirib chiqindiga aylantirmaslik, gullarni changini artish, bargini gulini uzmaslik, payhon qilmaslik, daraxt shohini sindirmaslik, ularni parvarish qilish jonivorlarga ozor bermaslik foydali ekanligi tushuntiriladi. Inson himoyachisining bunday ishlarni ya`ni yaxshi ishlarni ko`rganda xursand, yomon ishlarni ko`rganda hafa bo`lishi bilan bog`langan holda bolalarga topshiriq beriladi. Masalan, inson hi,oyachisi obrazini quloqlari shalpayib pastga qaragan, lunjlari osilib hafa holati tarbiyachi tomonidan ko`rsatilsa, bolalar, daraxt shohini sindirayotgan, qushlarga tosh otayotgan bolalar rasmi tushirilgan kartochkalarni topib ko`rsatishi kerak yoki aksincha.
Shuningdek, mumkin, bo`lmagan ishlar bilan bog`liq bo`lgan rasmlar qator qilib qo`yiladi. Bolalar qaysi birini qilish mumkin emas bo`lsa, shu rasmning tagiga ikkita tayoqchani ayqashgan ko`rinishda (X) qo`yib chiqadi va bajargan ishlarni gapirib beradi. Masalan, jo`mrakdan suv oqayotgan rasmning tagiga ikkita tayoqchani ayqashgan ko`rinishda (X) qo`yadi, qushlarga in qurayotgan bola tasviri tushirilgan rasmning tagiga esa hech narsa qo`yilmaydi va hakozo.
Tarbiyachi bunday usullar orqali O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidagi “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar”, “yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” degan 50-55 moddalarning mazmunini bolalar ongiga singdiriladi.
Bolalarga ekologik tarbiya berishda ularning yosh xususiyatlari nazarda tutiladi. 4-5 yoshdagi bolalarda mashinalar havoni ifloslantirishi velosiped esa ifloslantirmasligi to`g`risida tasavvur hosil qilinadi. Mustahkamlash uchun mashina va velosipedlarning rasmli kartochkalar har qaysi bolaga tarqatiladi.
Qaysi biri havoni ifloslantirsa o`ng qo`lda, ifloslamaydiganini esa chap qo`lda yuqoriga ko`tarib ko`rsatish topshirig`I beriladi. 6-7 yoshli bolalarga bir muncha murakkablashtiriladi. Kartochkaga birinchi qatorda 6 ta yengil mashina, ikkinchi qatorda bitta avtobus, uchinchi qatorda 8 ta velosiped rasmlari tasvirlanadi. Bu transport vositalarining havoni ifloslantirishiga ko`ra 1,2,3 raqamlarini qator boshiga qo`yish topshirig`I beriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik tarbiyaning shu tarzda boshlang`ich elementlari hosil qilinsa, kelajakda albatta o`z samarasini bermasdan qolmaydi.

Iqtisodiy tarbiya boshlang’ich sinf o`quvchisi tarbiyasining muhim muammolaridan biridir. “Iqtisodiy o’zgarishlarni ustivor deb hisoblayotganimiz, taqsimotning ma’muriy buyruqbozlik tizimidan butkul voz kechayotganimiz hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy mnosabatlarni shakllantirayotganimiz jamiyatni isloh qilishga qat’iy yondoshishimizning ifodasidir”, degan edi muxtarama Birinchi prezidentimiz I.Karimov.


O'quvchilar ongida iqtisodiy ta'limning asosiy tushunchalarini singdirishda mehnat tarbiyasidan foydalanish, o’quvchilarning mustaqil fikrlovchi komil insonni shakllantirish to’g’risida fikrlar asoslab berilgan.
Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish eng avvalo oiladan boshlanadi va maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda davom ettirilishi, iqtisodiy tarbiyaning mazmuniga sharq mutafakkirlari katta e’tibor qaratib kelganliklari, oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, bolalarda o’z ehtiyojlarini to'laroq qondirishga bo’lgan izlanishlarda mehnatga yo’nalganlikni tarbiyalash haqida batafsil yoritib berilgan.
Ma’lumki, «iqtisod» so’zining ma’nosi keng bo’lib, chuqur mazmunga ega. Ko’p urindi bu so’z xalq ichida «tejamkorlik» so’zining sinomini sifatida qo’llaniladi. Tejamkorlik haqida so’z ketganda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikki tushunamiz.
«Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o’zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur.

Download 43.6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 43.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yosh davrida iqtisodiy

Download 43.6 Kb.