10
ishlarini tashkil etish uchun mo„ljallangan dasturlar majmui va til
vositasidir.
Ma‟lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi
elementlar bilan chambarchas bog„liq .
Maydon – bu ma‟lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar
birligi bo„lib, u axborotni eng kichik va bo„linmas birligi bo„lgan
rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan
foydalaniladi:
Maydon nomi, masalan familiyasi, ismi, tug„ilgan sana, lavozimi, ish
staji, mutaxassisligi.
1-maydon
nomi
2-maydon
nomi
3-maydon
nomi
. . .
N-maydon
nomi
Yozuv
Yozuv
Yozuv
Yozuv
Yozuv
Ma‟lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari
Maydon turi – bu kiritilgan yozuvning qaysidir tipga tegishli
ekanligi bilan ifodalanadi. masalan, sonli, belgili (simvolli), sana/vaqt,
satrli, mantiqiy va hokazo bo`lishi mumkin.
Maydon uzunligi – bu maydondagi yozuvning simvollar
yig`indisidir.
Yozuv – bu mantiqiy bog„langan maydonlar to„plami. Yozuv
tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi
ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar
yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob‟ektning biror bir elementi
haqida to„liq ma‟lumotni ifodalaydi.