Mundarija kirish …




Download 12.43 Mb.
bet15/27
Sana10.04.2017
Hajmi12.43 Mb.
#4399
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
G’o’zani sug’orish. G’o’zani rivojlanishida maqbul sug’orish me`yorini va tartibini joriy qilinishi yuqori hosil olishning muhim sharti hisoblanadi. G’o’zalar gullashi boshlangunga qadar 700-800 m3 suv bilan 10-14 soat davomida gullash davrida 900-1100 m3 suv bilan 18-24 soat sug’orildi.

“Buxoro-6” g’o’za navi boshqa navlarga nisbatan suvsizlikka chidamli bo’lib, suvni kamroq talab qiladi. Biz kuzatuv olib borgan fermer xo’jaligida asosan kechasi suvni sharbat oqizib sug’oradi. Bunday sug’orish suvdagi go’ng g’o’zaga oziq berish bilan mulcha vazifasini bajaradi, suvni bug’lanishini kamaytiradi, uni tuproqqa singishini yaxshilaydi. Bunday usulda o’simlik to’yib suv ichadi, eng asosiysi hosil elementlari to’kilmaydi.

G’o’za zararkunanda va xashoratlariga qarshi kurash.

Trips va shira o’simlikning dastlabki o’sish davri uchun juda havfli hisoblanadi. Ularga qarshi o’simlikni chidamliligini oshirish uchun azot, fosfor va kaliyli o’g’itlar aralashmasini yoki ulardan alohida bir turining 1,5-2,5 % eritmasini OVX-28 rusumli traktor purkagichlari yordamida gektariga 200-300 litr suvli suspenziya sarflab ishlatildi.

G’o’za tunlami (ko’sak qurti)nazorat qilish uchun feramon tutqichlari dalaga osib qo’yiladi, va har kuni ertalab olib kechqurun dalaga osib qo’yiladi. Ertalab nazorat qilinganda kapalaklar tutqichga tushgan bo’lsa 3 marta 5 kun oralatib har gektarga 1 gr don trixogramma qo’yib yuboriladi. Brakon dalada qurt paydo bo’lishiga va uning zichligiga qarab 1:5, 1:10, 1:20, nisbatda amalga oshiriladi. Har gektarga 300 tadan -200 tagacha urg’ochi zoti hisobida. Trixogramma va brakon ertalab barvaqt (soat 5-1000 gacha)kechqurun (17-dan 21-gacha) tarqatiladi. Feramon tutqichda bir kechada o’rtaga 20 tadan ortiq kapalak tushsa kimyoviy kurash olib boriladi.

Kimyoviy preparatlardan karate (0,5 l/ga), Nurel-D (1,5 l/ga), tolstar (0,6 l/ga), daltofos (1,5 l/ga) kabi preparatlardan biri ishlatiladi. 200-300 metr ishchi eritmasi hisobida sepiladi.





Download 12.43 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Download 12.43 Mb.