• Kuzgi shudgor.
  • “Buxoro-6”g’o’za navini etishtirishda agrotexnik tadbirlar




    Download 12.43 Mb.
    bet18/27
    Sana10.04.2017
    Hajmi12.43 Mb.
    #4399
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
    4.1. “Buxoro-6”g’o’za navini etishtirishda agrotexnik tadbirlar.

    “Buxoro-6” g’o’za navini agrotexnologik etishtirishda qo’yidagi jarayonlar kerak bo’ladi.

    A) Kuzgi shudgor.

    B) Erni tekislash.

    V) Tuproq sho’rini yuvish.

    G) Pushtaga ekish uchun pushta olish va zahira suv berish.

    D) Chigitni ekishga tayyorlash. (chigitga kul aralashtirish).

    E) Chigit ekish bilan birga gerbitsid qo’llash.

    J) YAgonalash.

    Z) G’o’zani parvarish qilish.

    L) G’o’zani oziqlantirish.

    M) G’o’zani sug’orish.

    I) G’o’zani Chilpish.

    T) G’o’za zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash

    O) G’o’zani bargini to’kish, Paxtani terib olish.

    Paxtani saqlash va dastlabki qayta ishlash.



    Kuzgi shudgor.Dehqonchilikda eng asosiy ish hosildan bo’shagan maydonlarni shudgor qilishdir. O’z vaqtida sifatli qilib shudgor qilindi. Kuzgi shudgorni ahamyati juda katta bo’lib vegetatsiya davri davomida zichlanib, qotib ketgan haydalma qatlam tuprog’ini a`lo darajada yumshatadi. Ikkinchidan yovvoyi o’t yoki ularning qoldiqlari, urug’lari, hashorat tuxumchalari (g’umbaklari) kasallik tarqatuvchi infektsiyalarni plug etagida tushirib va pulug ag’darmasi ko’targan tuproq bilan qo’shiladi. Tajriba o’tkaziladigan dalani 35-40 sm chuqurlikda haydaldi. Haydov oldidan go’ng “RTO-4” markali sochqichlar bilan 15tonnadan chirigan o’ng solinadi. Ma`danli o’g’itlarda fosforli va kaliyli o’g’itlarni 70-75 % “KSO1-3” markali o’g’it sepuvchi agregatdanfoydalanib shudgor qilinadigan erga solindi va ikki yarusli TYA-3-35 markali tirkama omoch bilan er shudgor qilindi. Omoch o’tgan yo’llar orasida uzulishlar, yopiq va ochiq haydalmay qolgan erlar qolmadi, maydonning barcha qismi, burchaklari, etaklari ham sifatli haydaldi.

    Erni ekishdan oldin sifatli qilib tekislandi. Erni tekislashda P-2,8 A markali keng qamrovli tekislagich bilan tekislandi. Chigit ekish uchun 90 sm kenglikda pushta olindi. Pushtaga zahira suvi olindi. Chigitni ekishdan oldin ekishga tayyorlandi.unuvchanligi 90-95 % dan kam bo’lmagan urug’lik Chigit tanlanib, Chigit maxsus tayyorlangan, betonlangan maydonchalarda 1 tonna Chigitni namlash uchun 600 litr suv sarflandi. Chigit namlanadigan maydonchalarni bo’yi-5 metrni 2,5 metr va balandligi 30-35 sm namlash vaqtida suv oqib ketishining oldi olinadi. Chigitni namlash vaqtida qalinligini 20-25 sm qilib yoziladi.

    Namlash 3 bosqichda birinchisi 4-soat, ikkinchi 4-soat, uchunchisi 6- soat davomida 200 metrdan suv sarflandi. Chigitni to’liq namlashga erishildi. Chigitni ekish oldidan pushtani usti 2 marta barona qilindi.

    Biz o’z tajribamizda Chigitni ekishdan oldin kul bilan ishlov berdik. Chigitni pushtaga tushishiga yordam beradi. Seyalkani teshigiga tiqilib qolmaydi. Ekish chuqurligi 5 sm, ekish me`yori 50 kg qilib, ekildi. Chigit ekish bilan birga “stomp” gerbitsididan gektariga 1,0 kg me`yorda ishlatildi.





    Download 12.43 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




    Download 12.43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Buxoro-6”g’o’za navini etishtirishda agrotexnik tadbirlar

    Download 12.43 Mb.